So’nggi yangiliklar

19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  11 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   3 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  21 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

APL. "Manchester Yunayted" autsayder maydonida bir ochko ishladi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" autsayder maydonida bir ochko ishladi

APLning 19-turidan o'rin olgan "Nyukasl" - "Manchester Yunayted" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Nyukasl – Manchester Yunayted 1:1

28 dekabr, 01.00, "Sent-Jeyms Park"

Gollar: Alan Sen-Maksimen (7), Kavani (71).

Nyukasl – Dubravka, Mankilo, SHer, Lassels, Kraft, Freyzer (Almiron, 74), Sen-Maksimen (Geyl, 83), SHelvi, Longstaff, Uilson (Merfi, 45+5), Joelinton.

Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Maguayr, Telles, Fred (Sancho, 46), Brunu Fernandesh, Maktomini (Matich, 78), Ronaldu, Reshford, Grinvud (Kavani, 46).

Ogohlantirish: Ronaldu (57), Fernandesh (66), Kraft (66), Maguayr (68), Joelinton (70), Mankilo (90+5).

Newcastle United

Allan Saint-Maximin - 7'

Premier League . 19-tur

28/12/2021, 00:00

1
:
1
Tugadi

Manchester United

Edinson Cavani - 71'

Stadion: St James' Park, 52178 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
7'  Allan Saint-Maximin
7'  Sean Longstaff
45'  Callum Wilson (Jacob Murphy)
66'  Emil Krafth
70'  Joelinton
75'  Ryan Fraser (Miguel Almiron)
83'  Allan Saint-Maximin (Dwight Gayle)
90'  Javier Manquillo
46'  Mason Greenwood (Edinson Cavani)
46'  Fred (Jadon Sancho)
57'  Cristiano Ronaldo
66'  Bruno Fernandes
68'  Harry Maguire
71'  Edinson Cavani
78'  Scott McTominay (Nemanja Matic)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" 19-o'rinda borayotgan jamoani mag'lub etishni uddalay olmadi.

90+3. UXXXXXXXX!!! Dubravka o'z jarima maydonchasida to'pni ushlab ololmadi va to'pni Sancho olib qo'ydi. Kavanining zarbasini esa himoyachilar qaytarib yubordi.

90+1. UXXXXXX!! Varan o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan qaytargandek. Yo'q. Takroriy lavxada vaziyat "16"ning tashqarisidan bo'lganini ko'rdik. Aks holda, penalti bo'lardi.

Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. So'nggi daqiqalarni "Nyukasl" to'liq hujumda o'tkazmoqda. MYU esa to'pni ushlab tura olmayapti.

88. ZARBAAAAAA!!! DE XEAAAAAA!!!! Dastlabki zarba darvozaning ustuniga tegdi. Ikkinchisini esa De Xea to'qqizlikdan qaytarib qoldi. SHunchaki go'zal manzara.

84. SHelvi uzoq masofadan bergan zarbasi orqali De Xeani "sinovdan o'tkazdi". David sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi.

81. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Dalotning qanotdan oshirgan to'pini Kavani darvoza tomon yo'llay olmadi.

78. Maktomini almashtirilishi oldidan kichik jarohat orttirib olgandek.

75. UXXXXXX!!! Kavani dublga erishishi mumkin edi. Urugvaylikning zarbasi Dubravkadan o'tgandi. Ammo Lassels to'pni qaytarib yubordi.

71. GOOOOOOOOLLLLLL!!!! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Kavani darvozaga kiritdi. Dastlabki zarbani himoyachilar qaytargandi. Ikkinchisi esa darvozaga kirib ketdi.

68. O'yindagi follar ko'payib ketmoqda. MYU esa kutilganidek yaxshi o'yin ko'rsata olmayapti.

66. Joelintonning zarbasini De Xea qaytardi.

63. ZARBAAAAAAAAA!!! Freyzer hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishiga bir oz qolgandi. De Xeadan yana bir seyv!

61. Reshfordning jarima maydonchasi ichiga oshirmoqchi bo'lgan pasi o'xshamadi. SHunchaki o'ta omadsiz kun.

55. UXXXXXX!! Sanchoning pasidan keyin Kavani qulay imkoniyatni yo'qqa chiqardi.

52. Ronalduning zarbasi noaniq ketdi.

49. ZARBAAAAAAAA! Reshfordning kuchli zarbasini Dubravka qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi.

47. ZARBAAAAAAA!! Gol bo'lishiga, Sen-Maksimen dublini rasmiylashtirishiga bir bahya qoldi. De Xea buni istamadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Kallum Uilson yana bir bor jarohat oldi va almashtirildi. Ammo Pouson taymni tugatish niyati yo'q.

Taym so'ngi zerikarli o'tdi. MYU birorta hujum qila olmagani etmaganidek, paslarda ham noaniqliklar judaaaa ko'p.

Taymga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Nyukasl" futbolchisi jarohat oldi va maydonda yotibdi.

43. ZARBAAAAAAAA!!! Ronalduning pasidan keyin Fernandesh raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Dubravka to'pni ushlab oldi.

41. UXXXXXX!! Jarimadan to'p tezkorlik bilan oshirib berildi. Grinvudning zarbasidan keyin Dubravka to'pni qaytardi.

40. MYU jarima zarbasiga ega bo'lmoqda. Ko'ramiz.

38. UXXXXXXX!!! "Nyukasl" ikkinchi golni urdi. Qanot hakami offsayd qayd etdi. Ha, bu erda Kallum Uilson offsaydda qolib ketgandi.

33. Fernandeshning to'p uzatishidan keyin himoyachi to'pni burchakka chiqarib yuborayotgandi. Ronaldu esa tayyor burchak zarbasini yo'qqa chiqardi. Uning zarbasi oyog'iga emas, ko'kragiga tegib, maydonni tark etdi.

31. Reshfordning to'p uzatishi raqibining qo'liga tekkandek ko'rindi. Ammo VARdagilar indamadi va o'yin davom ettirildi.

29. Grinvudning Fernandesh tomon mo'ljallangan pasiga Dubravka peshvoz chiqdi va to'pni autga tepib yubordi.

25. "Nyukasl" qanotdan aut otish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Biroq Lassels to'p uchun kurashda raqibini itarib yubordi.

23. ZARBAAAAAAA!! Fredning xatosidan keyin SHelvi to'pni egallab olib, uzoq masofani bosib o'tdi va 25 metrlardan zarba yo'lladi. De Xea zarbani qaytardi.

21. "Yunayted" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. Hozircha mankunianliklar "bey, begi" tizimida futbol o'ynashmoqda.

17. UXXXXXX!! Grinvudning ajoyib to'p uzatishidan keyin Ronaldu to'pga biroz eta olmadi.

15. MYU futbolchilari ikki marta yiqitildi. Ammo bosh hakam o'yinning davom ettirilishi kerakligini takidladi.

12. MYU hujum uyushtirayotgandi. Fredning pasidan keyin esa hujum qilish mezbonlar tomoniga o'tib ketdi. Joelintonning zarbasi noaniq ketdi.

9. UXXXXXX!!! Sen-Maksimenning xavfli to'p uzatishini Uilson to'xtata olmadi.

7. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Alan Sen-Maksimen MYU himoyasini osonlikcha ortda qoldirdi va chiroyli zarbasi bilan hisobni ochdi.

2. Maguayr so'nggi chiziqda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Raqibi to'pga etib olib, darvoza yoniga oshirdi. Varan xavfni bartaraf qildi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bir necha daqiqalardan so'ng "Sent-Jeyms Park" stadionida "Manchester Yunayted" mehmon bo'layotgan bahs start oladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика