So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  39 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  0 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  3 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  22 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  0 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 23:19Бир-икки, бир-икки...  7 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1

APL. MYU – "CHelsi", "Arsenal" – "Lester" va boshqa o'yinlar uchun prevyu Yangiliklar

APL. MYU – "CHelsi", "Arsenal" – "Lester" va boshqa o'yinlar uchun prevyu

Teglar :  APL Prevyu
6-turga oid malumotlarni etiboringizga havola etamiz.

CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasi bahslaridan so'ng darhol APL 6-tur o'yini boshlanib ketdi. Kecha "Aston Villa" o'z maydonida "Lids"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Endi bugun, ertaga va indinga bir nechta uchrashuvlar o'tkaziladi.

Turning asosiy intrigalari

"Vest Xem" yana bir qahramonlikka qodirmi?

"Vest Xem" transfer oynasini ehtiyotkorlik bilan o'tkazdi va chempionatni dahshatli boshladi. Ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan so'ng, Devid Moyes yangi yil oldidan ishsiz qoladigandek tuyulgandi. SHunday o'ylashga "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyat emas, balki qiyin taqvim sabab bo'ldi, chunki "bolg'achilar"ni navbatda "Vulverxempton", "Lester", "Tottenxem" va "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvlar kutayotgandi. 

"Vest Xem" o'tkazilgan 3 ta o'yinda 7 ochkoni qo'lga kiritdi: "Tottenxem" bilan 3:3, "Lester" bilan 3:0 va "Vulverxempton" bilan 4:0 hisobi qayd etildi. "Tottenxem" bilan o'yindagi kambekka Moyes o'z munosabatini bildirarkan, jamoada xarakter borligini aytib o'tdi. 

SHu o'rinda Maykl Antonioni alohida etirof etish lozim. Yaqinda CIES Observatory mavsum boshida Evropa top-5 ligasida kimga nisbatan eng ko'p qoida buzishlar kuzatilayotgani bo'yicha reytingni elon qildi. Unda "Vest Xem" yarim himoyachisi kuchli 10 likka kirdi. Antonioga nisbatan o'rtacha har 24:36 daqiqada qo'pollik qo'llanilgan. Taqqoslash uchun ushbu ro'yxatning etakchisi Neymarni har 20:39 daqiqada yiqitishadi. 

Ushbu ro'yxatda "Vest Xem" bilan o'ynaydigan "Manchester Siti" futbolchilari topilmadi. Bundan tashqari, "shaharliklar" hafta o'rtalarida CHempionlar Ligasida bir o'yin o'tkazdilar hamda Lyaport va de Bryuyne endigina tiklanishmoqda. Keyingi sensaciyani kutsak bo'ladimi?

"Liverpul" van Deyksiz qanday o'ynaydi?

Taqdir Yurgen Kloppni birin-ketin sinovdan o'tkazmoqda. Nemis o'ziga ishongan holda yangi futbolchilarning ommaviy xaridi bo'lmasligini elon qilgan. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa mavjud resurslar bilan o'ynashga qodir. SHunday bo'lsa-da, "Liverpul" ikkita yirik transferni amalga oshirib, hujum va yarim himoyadagi o'zgaruvchanlikni kengaytirdi. Muammolar esa himoya va hujumda yuzaga keldi. 

Alisson jarohat oldi, uning o'rnini Adrian egalladi.  Kloppning muammolari braziliyalik darvozabonni yo'qotish bilan tugamadi. "Everton" bilan derbi paytida Pikford van Deykning tizzasiga borib urildi, shundan so'ng himoyachi o'yinni davom ettira olmadi. O'yindan so'ng dahshatli mish-mishlar tarqaldi – niderlandiyalik olti oyga safdan chiqdi. Biroz vaqt o'tgach, bu xabar rasman tasdiqlandi.

Endi Kloppda 3 ta nominal markaziy himoyachi qoldi. Matip ozgina shikastlangani sababli "Ayaks" bilan o'yinni o'tkazib yubordi. Murabbiy Fabinoni markaziy himoyaga qo'yishiga to'g'ri keldi. Braziliyalik bu joyda o'tgan mavsumda o'ynashga ulgargan. Aftidan, van Deyk tiklanguniga qadar yoki yanvar oyida boshqa bir himoyachi sotib olinmaguncha, xavbek himoyadagi "teshik"ni yopib turishi lozim bo'ladi.    

Premer-ligada ketma-ket 93 uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan nilerlandiyalik futbolchini almashtirish juda qiyin bo'ladi, albatta. Buni "Liverpul"ning van Deyk bilan va usiz o'yinlari statistikasi bemalol tasdiqlaydi.

"Brayton" qachon o'yin sifatini natijalarga "ko'chiradi"?

Omadsizlik – mavsum boshidagi "Brayton" uchun eng mos tarif. Hammasi "CHelsi"ga qarshi o'yin (1:3) bilan boshlandi. Mezbonlar yaxshiroq o'ynashdi, ammo mehmonlar tez-tez gol urishdi. Hamma narsa "Nyukasl"ga qarshi navbatdagi o'yinda, "Sent-Jeyms Park"da sodir bo'ldi, jamoa raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to'p kiritdi. So'ngra hakamlar qaroriga ko'ra, o'yindan keyin belgilangan penalti tufayli "Manchester Yunayted" bilan 2:3, "Everton" bilan 2:4 va so'nggi turda "Kristal Pelas" bilan durang (1:1) o'ynaldi. Ayniqsa, oxirgi natija juda alamli, chunki "Brayton" yana bir bor raqibdan yaxshiroq o'ynab turib, yutqazdi. Adam Lallana ajoyib o'yin ko'rsatdi, ammo so'nggi daqiqalarga qadar to'p darvozaga kirishdan bosh tortdi.   

Agar statistikaga murojaat qilsak, "Brayton"da ijod nuqtai nazaridan hammasi tartibli yo'lga qo'yilgan.

"Vest Bromvich" bilan o'yin "Brayton" uchun ajoyib imkoniyat va bu yo'lda MYU hamda "Arsenal" sobiq forvardi Denni Uelbekning yordami muhim ahamiyatga ega.

"Vest Xem" – "Manchester Siti" (24.10 16:30)

"Manchester Siti" asta-sekin yaxshi formaga kirib boryapti – asosiy o'yinchilar safga qaytmoqdalar. Serxio Agueroning ortidan Emerik Lyaport va Kevin de Bryuyne jarohatdan tiklanishdi. Bu Gabriel Jezus va Fernandinoni yo'qotgan Gvardiolaning ruhini ko'tarishi aniq. Ispaniyalik jurnalistlarning "Ake, Lyaport va de Bryuyne maydonga tushadimi?" degan savollariga to'g'ridan to'g'ri javob bermadi, bugun uchalasi yoki ulardan biri maydonda ko'rinishi mumkin .

"Vest Xem"da Maykl Antonio va Sebastyan Aller maydonga tushishi shubha ostida, biroq ular o'yinga tayyor bo'lishsa kerak. "Bolg'asilar" etakchilarining ajoyib formasi va "Manchester Siti"ning beqaror natijalari ham mezbonlarni mag'lubiyatdan qutqara olmasligi ehtimoli yuqori.

"Manchester Yunayted" – "CHelsi" (24.10 21:30)

Ikkala jamoaning yangi mavsumdagi natijalari "bir tekis" emas. "CHelsi" ro'y berishi mumkin bo'lgan deyarli barcha scenariylardan o'tdi. Yirik g'alaba, hayratlanarli kambek, mag'lubiyat. SHunga o'xshash holatlar "Manchester Yunayted"da ham kuzatildi. "Qizil iblislar" oktyabr oyida "Tottenxem"dan qaqshatqich mag'lubiyatni qabul qilib olgan bo'lishsa, "Nyukasl"ni yirik hisobda yutdilar. Barqarorlik kafolatini xohlaysizmi? Bu Lempard va Sulsher jamoalariga taalluqli emas.  

Himoya va darvozabon o'z murabbiyiga muntazam ravishda pand beraversa, qanday kafolat haqida so'z borishi mumkin?!  "CHelsi" APLda 9 ta gol o'tkazib yubordi. Hattoki 19-o'rinda joylashgan "SHeffild Yunayted"da kamroq (7 ta).

SHuni ham yodda tutish kerakki, "CHelsi" ketma-ket 7 o'yindan beri "Old Trafford"da g'alaba qozonish nima ekanligini bilmay kelyapti. Yaqinda bo'lib o'tgan Angliya kubogidagi g'alaba hisobga olinmaydi, chunki o'yin "Uembli"da bo'lib o'tdi. Londonliklar so'nggi marta Manchesterdan etti yil oldin – Lempard futbolchiligi davrida g'alaba bilan qaytgan. Lempard APLda murabbiy sifatida hali "Manchester Yunayted"ni mag'lub eta olmadi. Ikki uchrashuv – umumiy 0:6 hisobidagi mag'lubiyat. Bundan tashqari, mankunianlar 1965 yildan buyon birinchi marta "CHelsi" ustidan ketma-ket uch marta g'alaba qozonishdi.

"Liverpul" – "SHeffild Yunayted" (24.10 23:59)

"Liverpul" van Deyksiz, shuningdek, maydonga qaytgach, allaqachon CHempionlar Ligasi o'yinini o'tkazib yuborgan jarohatlarga moyil Matipsiz yashashni o'rganmoqda. So'nggi o'yinlarda "Liverpul" "mehribon". Mersisaydliklar so'nggi 7 ta o'yinning atigi 3 tasida gol o'tkazib yubormadilar.

"Liverpul" APLning oxirgi 28 o'yinidan 27 tasida g'alaba qozongan. "SHeffild Yunayted" 7 marta safar uyushtirib, shulardan 6 tasida yutqazgan. Qolaversa, "qizillar" 26 uy o'yinida kamida 2 ta gol o'tkazib yuborishgan.

"Arsenal" – "Lester" (25.10 23:15)

Har ikki jamoada ham Evropa Ligasi o'yinlaridan keyin tiklanish vaqti cheklangan. Avstriyada safar uchrashuvini o'tkazgan "Arsenal"ga biroz qiyinroq bo'ladi. "Kanonirlar" o'rtasidagi qarshilik darajasi "Lester"ga qaraganda ancha yuqori edi. "Lester" "Zarya"ni bemalol mag'lubiyatga uchratdi (3:0), lekin "Rapid" "chaqilmas yong'oq" bo'lib chiqdi. Avstriyaliklar hisob ochishdi va "Arsenal" Obameyang va Belerinni maydonga tushirish evaziga raqibni engishga muvaffaq bo'ldi.

Arteta "Rapid"ga qarshi o'ynamagan Villian va Sebalosning xizmatiga umid bildirmoqda. Brendan Rojers esa Jeymi Vardidan foydalanishdan umidvor. Ndidi, Pereyra, Soyunju va Amarti aniq o'ynashmaydi. "Lester" murabbiyida ham yoqimli holatdar bor – "Zarya" bilan o'yinda qatnashgan Meddison va Underning o'yini asta-sekin shakllanib boryapti.

Jamoalar so'nggi uchrashuvlarda ko'plab gollari bilan ajralib turgani yo'q. "Lester" so'nggi 5 ta uchrashuvning 3 tasida gol urolmadi. "Arsenal"da 2 ta shunday uchrashuv bor. "To'pchilar" Premer-ligada ketma-ket 11 ta o'yindan beri o'z uylarida yutqazishmayapti.

SHuningdek, ushbu turda quyidagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi: 

24.10 19:00 "Fulxem" – "Kristal Pelas"  

25.10 18:00 "Sautgempton" – "Everton" 

25.10 20:30 "Vulverxempton" – "Nyukasl"

26.10 21:30 "Brayton" – "Vest Bromvich"

26.10 23:59 "Byornli" – "Tottenxem"


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика