APL. Mavsum futbolchisi aniqlandi
12 may 2019 16:18
Yangiliklar


APL. Mavsum futbolchisi aniqlandi
Joriy mavsum Angliya premer-ligasining eng yaxshi o'yinchisi nomi elon qilindi.
So'rovnoma natijasiga ko'ra, "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk 2018/2019 yilgi mavsumda APLning eng yaxshi o'yinchisi deb etirof etildi.
27 yoshli gollandiyalik ushbu sovrin uchun kurashda Rahim Sterling, Eden Azar va jamoadoshi Muhammad Salohni ortda qoldirdi.
Van Deyk "Liverpul" klubiga 2018 yili yanvarda 75 million funt (95 mln. dollar) evaziga "Sautgempton"dan o'tgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar