So’nggi yangiliklar

01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  0 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  0 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:59Миллатлар лигаси. Франция - Италия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  4 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  7 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   31 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  6

APL. Mane "shporlar"ni tiz cho'ktirdi, "Terf Mur" mo'jizasi. 25-tur sharhi Yangiliklar

APL. Mane "shporlar"ni tiz cho'ktirdi, "Terf Mur" mo'jizasi. 25-tur sharhi

Teglar :  APL
Kecha tunda Angliya Premer-ligasi 25-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi.

Turni "Arsenal" - "Xall Siti" uchrashuvi ochib berdi. Ikki turdan buyon mag'lubiyatga uchrayotgan Arsen Venger shogirdlari nihoyat o'z hisoblariga uch ochko yozib qo'yishdi. Aleksis Sanchesning qo'l bilan va penaltidan kiritgan gollari "to'pchilar"ga g'alabani taqdim qildi. Sanches esa o'z hisobidagi gollar sonini 17taga etkazib, to'purarlar poygasida peshqadam bo'lib oldi.

"Vest Xem" esa o'z maydonida "Vest Bromvich" bilan ochkolarni bo'lishib olishdi. Slaven Bilich shogirdlaridan Sofian Feguli va Lanzinilar kiritgan gollarga mehmonlardan Makoli va SHadli javob qaytarishdi.



O'tgan tur "Kristal Pelas" maydonidan 4:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan "Sanderlend" bu safar o'z maydonida "Sauigempton"dan huddi shu hisobda engildi. "Avliyolar"ning yangi hujumchisi Gabbiyadini o'z dubli bilan g'alabaga katta hissa qo'shdi. Aytib o'tish joiz, bu italiyalik futbolchining ikkinchi o'yindagi uchinchi goli. SHuningdek, Long va Denayerning o'z darvozasiga kiritgan gollari hisobning yirik ko'rinish olishini taminladi.

"Stok Siti" o'rtamiyona jamoalar bilan yaxshi natijalar qayd etishga o'rgangan jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi. Mark Xyuz shogirdlari Jo Allen tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga "Kristal Pelas"ni taslim etishdi.

25-turda muxlislar gol ko'rmagan yagona o'yin "Riversayd" stadionida kuzatildi. "Midlsbro" va "Everton" klublari o'zaro bahsda murosa ko'chasini tanlashdi. Tomonlar harchand urinishmasin, raqib darvozasi tomon yo'l topa olishmadi.

"Manchester Yunayted" jamoasi o'z maydonida "Uotford"ni qabul qildi va 1-davradagi mag'lubiyat uchun o'ch oldi deyish mumkin. Avvaliga Marsialning to'p uzatishidan keyin Xuan Mata hisobni ochgan bo'lsa, keyinroq Antoni Marsialning o'zi hisobni 2:0ga etkazdi. SHu tariqa, Joze Mourino shogirdlari o'z hisoblaridagi ochkolarni 48taga etkazib, yuqoridagi jamoalarga yaqinlashib oldi.

Turning markaziy uchrashuvida muxlislar juda ham keskin o'yin guvohi bo'lishmadi. "Liverpul" va "Tottenxem" o'rtasidagi bahs qiziqarli o'tdi, lekin keskin emas. Sababi, unda bir tomon katta ustunlik qildi. Yurgen Klopp jamoasi "shporlar"ni ko'z ochishga qo'ymadi. Hujumning o'zidayoq uyushtirilgan pressinglar sabab "qizillar" ikkita to'p kiritishdi. Sadio Maneni shu kuni hech kim to'xtatib qola olmadi - 2:0.



Tur sensaciyasi esa "Terf Mur"da kuzatildi. Peshqadam "CHelsi" bu mavsum o'z maydonida fantastik o'yin ko'rsatayotgan "Bernli" mehmoni bo'ldi. "Bernli" uyda hatto Konte jamoasidan ham ochko  tortib oldi. Pedro tomonidan kiritilgan golga Bredi jarimadan yo'llangan super zarba bilan javob qaytardi.

Bu yil Angliyada amaldagi chempionning ochko yo'qotishi oddiy hol bo'lib qoldi. "Lester" bu safar "Liberti stedium"dan quruq qaytdi. Pol Klement shogirdlari "tulkilar"ga imkon qoldirishmadi. Qizig'i, uchrashuvda kiritilgan har ikkala golga ham himoyachilar mualliflik qilishdi. Mouson va Olssonlar tomonidan kiritilgan gollar "Suonsi"ga uch ochko taqdim etdi.

Turni yopib bergan o'yinda "Bornmut" jamoasi "Manchester Siti"ni qabul qildi. O'yinning 15 daqiqasidayoq "shaharliklar"ning yangi hujumchisi Gabriel Jezus jarohat olib chiqib ketdi. Uning o'rnini Aguero egalladi va raqib futbolchisi Mingsning o'z darvozasini nishonga olishida asosiy ro'lni o'ynadi. "Siti"ning birinchi goliga esa Sterling mualliflik qildi.


APL. 23-tur

"Arsenal" - "Xall Siti" 2:0
"Vest Xem" - "Vest Bromvich" 2:2
"Sanderlend" - "Sautgempton" 0:4
"Stok Siti" - "Kristal Pelas" 1:0
"Midlsbro" - "Everton" 0:0
"Manchester Yunayted" - "Uotford" 2:0
"Liverpul" - "Tottenxem" 2:0
"Bernli" - "CHelsi" 1:1
"Suonsi" - "Lester" 2:0
Bornmut- "Manchester Siti" 0:2


"Eplmanager"da 25-turning eng ko'p ochko jamg'argan jamoasi:



Turning eng yaxshi futbolchilari:



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика