So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Liverpul"ni mag'lub etib, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Liverpul"ni mag'lub etib, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

APLning 3-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" bahsi yakunlandi.

APL. "Manchester Yunayted" - "Liverpul" 2:1

Gollar: Jeydon Sancho (Entoni Elanga) 16', Markus Reshford (Antoni Marsyal) 53', Moxamed Salax 82'

"Manchester Yunayted": 1. David de Xea, 20. Diogu Dalot (29. Aaron Uan-Bissaka 86'), 19. Rafael Varan, 6. Lisandro Martines, 12. Tayrell Malasia, 14. Kristian Eriksen (34. Donni van de Bek 86'), 39. Skott Maktominey, 36. Entoni Elanga (9. Antoni Marsyal 46'), 8. Brunu Fernandesh, 25. Jeydon Sancho (17. Fred 71'), 10  Markus Reshford (7. Krishtianu Ronaldu 86'). 

Zaxira: 22. Tom Xiton, 5. Xarri Maguayr, 23. Lyuk SHou, 49. Alejandro Garnacho.

"Liverpul": 1. Alisson, 66. Trent Aleksander-Arnold, 2. Djo Gomes, 4. Virdjil van Deyk, 26. Endryu Robertson (21. Konstantinos Cimikas 85'), 7. Djeyms Milner (28. Fabio Karvalyu 73'), 14. Djordan Xenderson (3. Fabino 59'), 19. Xarvi Elliot, 11. Moxamed Salax, 9. Roberto Firmino, 23. Luis Dias.

Zaxira: 13. Adrian, 95. Xarvi Devis, 43. Stefan Bajcetic, 47. Nataniel Fillips, 72. Sepp van den Berg, 42. Bobby Clark.

Ogohlantirishlar: Trent Aleksander-Arnold 24', Rafael Varan 27', Diogu Dalot 45', Brunu Fernandesh 74'

Manchester United

Jadon Sancho - 16', Marcus Rashford - 53'

Premier League . 3-tur

23/08/2022, 00:00

1
:
2
Tugadi

Liverpool

Mohamed Salah - 81'

Stadion: Old Trafford, 76000 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
16'  Jadon Sancho
16'  Anthony Elanga
27'  Raphael Varane
45'  Diogo Dalot
46'  Anthony Elanga (Anthony Martial)
53'  Marcus Rashford
53'  Anthony Martial
71'  Jadon Sancho (Fred)
74'  Bruno Fernandes
86'  Marcus Rashford (Cristiano Ronaldo)
86'  Diogo Dalot (Aaron Wan-Bissaka)
86'  Christian Eriksen (Donny van de Beek)
24'  Trent Alexander-Arnold
59'  Jordan Henderson (Fabinho)
73'  James Milner (Fabio Carvalho)
81'  Mohamed Salah
85'  Andrew Robertson (Konstantinos Tsimikas)


90+6. O'YIN YAKUNLANDI!

90+3. Bahsning so'nggi daqiqalari o'tib bormoqda, maydonda harorat yuqori...

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Krishtianuning darvoza tomon yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

86. Ronaldu maydonga tushdi!

85. "Liverpul" goldan so'ng anchagina faollashdi.

Luis Diasning bergan zarbasini MYU posboni qaytardi, qaytgan to'pga boshi bilan zarba bergan Salah bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Liverpul" hisobni qisqartirdi!

81. Firmino darvozaga 3 metr masofada turib zarba berdi, David de Xeadan yana bir seyv!

79. Firminoning bosh bilan erga sapchitib bergan zarbasini de Xea ushlab oldi.

76. ZARBA! Markus Reshford - so'nggi daqiqalar maestrosi! Bir nechta o'yinchini aldab o'tib, darvoza tomon zarba berdi, ammo birozgina noaniq...

74. Brunu Fernandesh "Liverpul" jarima maydonchasi ichida sanat darajasida simulaciya ishlatdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

72. Liverpulliklar oldinga o'tishga intilishmoqda. O'tib borayotgan har bir vaqt ularning zararlariga ishlayotganini anglashgan.

67. Burchakdan uzatilgan to'pni Fabino boshi bilan darvozaga yo'lladi, de Xea o'z o'rnida. 

56. Varan raqib jarima maydonchasi ichida to'pni o'ziga to'g'rilab olib Reshfordga uzatdi, Markusning zarbasini esa Alisson qaytardi.

Marsyal katta tezlikda oldinga o'tayotgan Markus Reshfordni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi, angliyalik futbolchi esa vaziyatni golga aylantirdi!

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Reshford hisobni ikkitaga oshirdi!

49. Salahning jarima maydonchasidan bergan zarbasi osmon-u falaklarga uchdi.

46. Ilk daqiqalardan liverpulliklar anchagina faol.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. XAVFLI VAZIYAT! "Lierpul" burchak zarbasini amalga oshirdi. Milnerning bosh bilan bergan zarbasi Brunu Fernandeshga kelib tushdi, portugiyalik futbolchi esa o'z darvozasi tomon zarba berib yubordi, darvoza chizig'ida turgan Lisandro Martines to'pni gavdasi bilan qaytarib yubordi. 

35. "Liverpul" futbolchilari MYU jarima maydonchasi tomon oldinga o'tishdi va kombinacion hujum tashkil qilishdi, ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

29. Djordan Xendersonning darvoza tomon yo'llagan zarbasi omadsiz chiqdi.

25. Eriksonning jarima zarbadan yo'llagan to'pi rekoshet bo'lib maydonni tark etdi.

20. Sancho Reshfordni qulay vaziyatga chiqardi, biroq Markusning zarbasini raqib futbolchilari qaytarib yuborishdi.

18. Luis Dias de Xea qo'riqlayotgan darvozaga zarba berdi, ammo noaniq.

MYU futbolchilari "Liverpul" darvozasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi, to'p Sanchoga etib keldi, Jeydon bir himoyachini aldab darvozaga zarba berdi va gol urdi!

16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Manchester Yunayted" hisobni ochdi!

10. XAVFLI VAZIYAT! Bruno Fernandesh o'ziga uzatib berilgan to'pni qulay vaziyatdan turgan Entoni Elangaga uzatdi, uning darvoza tomon bergan zarbasi esa darvoza ustuniga tegib qaytdi.

8. Eriksenning jarima zarbasidan darvoza tomon yo'llagan to'pini "jonli devor" qaytarib yubordi.

6. Milner MYU jarima maydonchasiga kirdi, biroq himoyachilar bu vaziyatda faol harakat qilib, to'pni olib qo'yishdi.

4. Uchrashuvning ilk daqiqalari xotirjamlik bilan o'tmoqda.

1. Yangi boshlangan mavsumning o'tgan 2 turida g'alaba qozona olmagan jamoalarning uchrashuviga start berildi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Premer-liga dunyoning eng yaxshi ligasi. Mavsum boshlanishi buni tasdiqlaydi (“Manchester Yunayted” – “Liverpul” o'yini uchun prevyu) 

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" o'yinini Telegram orqali jonli efirda ko'rish uchun link.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика