So’nggi yangiliklar

07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   0 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  7 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  3 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  24 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0

APL. "Old Trafford"da g'alabaga erishgan "Liverpul" kuchli to'rtlik uchun kurashni davom ettiradi Yangiliklar

APL. "Old Trafford"da g'alabaga erishgan "Liverpul" kuchli to'rtlik uchun kurashni davom ettiradi

APLning 34-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" bahsi yakuniga etdi.

Manchester Yunayted – Liverpul 2:4

Gollar: Fernandesh (10, 1:0), Jota (34, 1:1), Firmino (45+3, 1:2), Firmino (47, 1:3), Reshford (68, 2:3), Saloh (90, 2:4).

Manchester Yunayted – Xenderson, SHou, Lindelef, Bayi (Bayi, 86), Uan-Bissaka, Maktomini, Pogba, Fred (Grinvud, 63), Brunu Fernandesh, Kavani, Reshford.

Liverpul – Alisson, Fillips, Uilyams, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabino, Veynaldum (Jons, 74), Saloh (N.Uilyams, 90+2), Tiago Alkantara, Diogu Jota (Mane, 74), Firmino.

Ogohlantirish: Bayi (48), Maktomini (80), Kavani (85).

Manchester United

Bruno Fernandes - 10', Marcus Rashford - 68'

Premier League . 34-tur

14/05/2021, 01:15

4
:
2
Tugadi

Liverpool

Diogo Jota - 34', Roberto Firmino - 45', Roberto Firmino - 47', Mohamed Salah - 90'

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
10'  Bruno Fernandes
10'  Aaron Wan-Bissaka
28'  Eric Bailly
48'  Eric Bailly
63'  Fred (Mason Greenwood)
68'  Marcus Rashford
68'  Edinson Cavani
79'  Scott McTominay
85'  Edinson Cavani
86'  Eric Bailly (Nemanja Matic)
34'  Diogo Jota
34'  Nathaniel Phillips
45'  Roberto Firmino
45'  Trent Alexander-Arnold
47'  Roberto Firmino
74'  Georginio Wijnaldum (Curtis Jones)
74'  Diogo Jota (Sadio Mane)
90'  Mohamed Salah
90'  Curtis Jones
90'  Mohamed Salah (Neco Williams)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Liverpul" ECHL uchun kurashni davom ettiradi! 5 kun ichida 3 o'yin o'tkazgan MYU esa ikkitasida mag'lub bo'ldi.

90+2. Mankunianliklar bor motivaciyasini Evropa ligasi finaliga olib qo'ygan ko'rinadi. O'yinda mazmun ko'rmayapmiz.

90. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Matichning qo'pol xatosidan keyin Saloh MYU posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib ketib, o'yinga nuqtani qo'ymoqda!

88. Van-Bissakaning Fernandesh tomon uzatgan to'pi maydondan tashqariga chiqib ketdi.

85. Maydonda yaxshi kurash kechmoqda. Umuman olganda bugun super o'yin tomosha qildik deya olamiz.

79. Fernandeshning zarbasi darvozaning ustidan o'tib ketdi.

77. Tiago o'z jarima maydonchasi yonida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun fol berildi. MYU uchun yana bir ajoyib standart.

73. "Liverpul" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Salohning zarbasi tribunaga uchdi.

70. GRINVUUUUDDDD!!! Ajoyib vaziyat ko'kka sovurildi!

69. Trentning zarbasi noaniq ketdi.

68. GOOOOOOOOOOLLLL!! Kavanining pasidan keyin Reshford o'zining kuchli bo'lmagan aniq zarbasi bilan hisobni qisqartirmoqda!

66. Mankunianliklar burchak zarbalaridan unum chiqara olishmayapti.

62. ZARBAAAAAA!! Trentning kuchli zarbasini Xenderson qaytardi!

59. ZARBAAAAAAA!! MYU himoyasining juda katta ochilib ketganidan Jota foydalanib qolishi mumkin edi. Kechirdi u.

55. Mankunianliklar deyarli o'ynamayapti. 2-o'rin deyarli naqd qilingan. SHuning uchun bo'lsa kerak.

52. Reshford yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi. 16 metrlikning chizig'i yonida to'pni Alisson ushlab oldi.

47. GOOOOOOOOLLLL!! Xendersonning qo'pol xatosidan keyin Firmino o'z dublini rasmiylashtirmoqda!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+3. GOOOOOOOOOOLLLL!! Trentning jarimadan oshirgan to'pini Firmino darvozaga joylab qo'ydi!

Bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

41. ZARBAAAAA!! Pogbaning havfli zarbasi noaniq ketdi.

40. MYU o'yinni markazga ko'chira oldi. Endi to'p asosan "qizillar"da.

37. "Liverpul" to'liq ustunlik qilmoqda. O'yin MYU yarim maydonida o'tayapti.

34. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Jotadan chiroyli gol! Filips o'z aybini ajoyib assist bilan yuvmoqda!

33. ZARBAAAAAA!! Jotaning kuchli zarbasini Xenderson juda chiroyli seyv bilan qaytardi!

Bayi bugun ikki bahsli vaziyatda qatnashdi. 3-daqiqada to'p uning qo'liga tegdi, 26-daqiqada Uilyamsni yiqitdi. Ikkisida ham penalti berilmadi.

31. MYU ikki marta burchak zarbasiga ega bo'ldi. Ikkinchisida Pogbaning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

28. Yo'q, penalti bekor qilindi. Bayi ilk navbatda to'pga o'ynagani uchun penalti bo'lmaydi.

26. PENALTIIII!! Filipsga qarshi fol ishlatildi! MYU darvozasi tomon penalti!

23. Jota ajoyib vaziyatga ega bo'ldi. Uning zarbasini Xenderson qaytardi.

Tuzatish: Premer-liga rasmiy sayti golni Fernandesh hisobiga yozdi. Brunu mavsumdagi 18-golini hisobiga yozdirib qo'ydi.

20. Mankunianliklar uzoq vaqt davomida to'pni o'zida ushlab turdi. Pogbaning pasi Reshfordga mo'ljallangandi. Markus zarba berguncha Fabino to'pni olib qo'ydi.

16. Mehmonlar yana hujumda. Robertsonning havolatib oshirgan to'pi autga chiqib ketdi.

14. Saloh MYU jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba berdi. Maktomini zarbaga g'ov bo'ldi.

Agarda "Manchester Yunayted" g'alabaga erishadigan bo'lsa, 2-o'rinni rasman naqd qiladi.

10. GOOOOOOOOOOLLLL!! Fernandeshning chiroyli zarbasi raqibiga tegib, golga aylandi!8. Qo'ltiqtayoqdagi Maguayr, niqobli Sautgeytni ko'rdik. Maydonda kichik tashabbus mehmonlar tomonida.

5. ZARBAAAAA!! Alisson xatoga yo'l qo'ygandi. Kavani vaziyatdan foydalana olmadi.

4. Yo'q, bosh hakam penalti qo'yishni istamadi. "Liverpul" burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi.

3. UXXXXX!! MYU jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat! VAR tizimi orqali penalti berilishi mumkin.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Avvalo barchangizni o'tgan Hayit ayyomi bilan tabriklaymiz va etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Ushbu stadionda tarixiy qarama-qarshilik - "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" jamoalari endi aniq o'ynashadi! O'tgan safar qoldirilgan o'yin bu safar nihoyat o'tkaziladigan bo'ldi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика