So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

APL. "Manchester Yunayted" minimal hisobda g'alaba qozondi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" minimal hisobda g'alaba qozondi

Angliya chempionati 5-turidan o'rin olgan uchrashuvlardan biri bo'lib o'tdi.

Markus Reshfordning 8-daqiqada penaltidan urgan goli mankunianliklarga g'alaba keltirdi.

Manchester United

Marcus Rashford - 8'

Premier League . 5-tur

14/09/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Leicester City

Stadion: Old Trafford, 73689 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
8'  Marcus Rashford
67'  Nemanja Matic (Fred)
70'  Juan Mata (Tahith Chong)
84'  Daniel James
90'  Daniel James (Axel Tuanzebe)
57'  Hamza Choudhury (Ayoze Perez)
68'  Demarai Gray (Harvey Barnes)
75'  James Maddison
90'  Ben Chilwell

APL. 5-TUR. Markaziy o'yin.

"Manchester Yunayted" - "Lester" 1:0

14 sentyabr, 19:00, "Old Trafford"

Gol: 8, Reshford (penalti) - 1:0.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Maguayr, Van-Bissaka, Lindelef, Yang, Maktomini, Pereyra, Matich (67, Fred), Jeyms (90, Tuanzebe), Mata (70, CHong), Reshford.

Zaxira: Romero, Jons, Gomes, Grinvud.

"Lester" – SHmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, CHiluell, Seyundjyu, Meddison, CHouduri (58, Perez), Grey (68, Barns), Ndidi, Tilemans, Vardi.

Zaxira: Uord, Morgan, Jastin, Praet, Olbrayton.

Ogohlantirish: Meddison (75).


            TURNIR JADVALI               

 UCHRASHUV YAKUNLANDI. MYU G'ALABA QOZONDI.


90+2. NDIDIIII! Kuchli va biroz noaniq zarba. De Hea reakciya ko'rsatishga kech qolgandi. Hisob o'zgarmay qoldi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'zgarish. Jeyms o'rniga kongolik Tuanzebe tushdi. 

88. Perreyraning 30 metrlardan bergan zarbasi SHmeyxelga qiyinchilik tug'dirmadi. 

83. Reshforrrrrd! To'p tepdimi, o'q uzdimi? Darvoza to'sini va ustuni kesishgan joyni nishonga oldi.

75. Ogohlantirish. Meddison Maktominining oyog'iga qo'pol tashlandi va Atkinson buni ko'rib turgan edi.

70. O'zgarish. Mata o'z o'rnini 19 yoshli CHong ga bo'shatib berdi.

68. "Lester" ham o'zgarish amalga oshirdi. Grey o'rniga Barns tushirildi. 

67. MYUda o'zgarish. Matich o'rniga Fred tushdi.

63. Ikkinchi bo'limda to'p nazorati 43-57(%). Mehmonlar foydasiga.

57. O'zgarish: CHoduri o'rniga Ayoze Perez tushdi.

56. Meddison jarima zarbasini golga aylantirishiga bir necha santimetr halaqit berdi. Bu holatda De Xea joyidan siljishga ham ulgurmagandi. To'p darvozani yuqori to'qqizligining yonginasidan o'tib ketgandi.   

51. Mata ketma-ket ikkita zarba berdi. Birinchi aniq zarbani SHmeyxel qaytarib muvozanatni yo'qotgandi, ammo yuzaga kelgan ushbu vaziyatda Mata ikkinchi zarbada anchagina adashdi va imkoniyatdan foydalana olgani yo'q. 

50. Jeyms to'pga burama zarba berdi, biroz noaniq.

47. Ushbu o'yinga oid qiziqarli fikrlarni Tvitter ijtimoiy tarmog'ida #MUNLEI xeshtegi orqali qidiqruv bergan holda topishingiz va o'z fikrlaringiz bilan bo'lishishingiz mumkin (albatta, xorijiy tillarni bilsangiz)

Ikkinchi bo'limni mehmonlar boshlab berishdi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41.  O'yin tempi so'nggi 10 daqiqa ichida tushib ketdi. To'p asosan maydon markazida harakatlanmoqda.

32. "Lester" ancha jonlanib qoldi, ular ham bir necha marta De Heani bezovta qilishga ulgurishdi. CHilvelning super zarbasi va chiroyli seyv ham mana shu oraliqda sodir bo'lganini aytish kerak.

23. Mata maydon marazidan hujum boshladi. Jeyms chap qanotdan yurish qildi va raqib jarima maydonchasiga uzatmani amalga oshirdi, ammo bu erda MYUdan hech kim yo'q edi. 

20. Yang burchakdan to'p uzatdi, Evans uni qaytardi va hujum bartaraf etildi.

15. MYU to'p nazoratini qo'lga olmoqda. Ular bu mavsum mag'lubiyatga uchramagan "tulkilar"dan ustun kelishyapti, hozircha.

8. GOL! Reshford bu safar penaltidan unumli foydalandi - 1:0.

7. Penalti bormi? Atkinson VAR tizimidan foydalanmoqda. Ha, PENALTI! Reshford ishlab oldi va o'zi tepadi.

6. Xarri Maguayr bugun o'zining sobiq jamoadoshlariga qarshi o'ynamoqda.

4. Arg'imchoq usulidagi o'yin boshlanib ketdi. Bu safar seyv qilish navbati De Xeaga kelganini ko'rdik. Meddison zarbasini ispaniyalik posbon o'z mahoratini ko'rsatib, to'pni qaytarib yubordi.

3. MYU standart vaziyatga ega bo'lmoqda. Zarbaaa! Pereyraning kuchli va yuqori to'qqizlikka bergan zarbasini Kasper SHmeyxel bir amallab qaytarishga erishdi. Burchak to'pi.

1. O'YINGA START BERILDI!

Assalomu alaykum!  

Birozdan so'ng, MYU va "Lester" o'yiniga start beriladi.


APL. 5-TUR. Markaziy o'yin.

"Manchester Yunayted" - "Lester" 1:0 LIVE

14 sentyabr, 19:00, "Old Trafford"

"Manchester Yunayted" – De Xea, Maguayr, Van-Bissaka, Lindelef, Yang, Maktomini, Pereyra, Matich (67, Fred), Jeyms, Mata (70, CHong), Reshford.

Zaxira: Romero, Jons, Tunazebe, Gomes, Grinvud.

"Lester" – SHmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, CHiluell, Seyundjyu, Meddison, CHouduri (58, Perez), Grey (68, Barns), Ndidi, Tilemans, Vardi.

Zaxira: Uord, Morgan, Jastin, Praet, Olbrayton.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика