So’nggi yangiliklar

08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  2 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасига кўрикдан ўтмоқда  1 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  33 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  7 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  7 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  3 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2

APL. "Manchester Siti" "Norvich"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" "Norvich"ni yirik hisobda mag'lub etdi

APLning 2-tur uchrashuvlari doirasidagi "Manchester Siti" - "Norvich" o'yinida mezbonlar yirik hisobda g'alabaga erishdi.


"Manchester Siti" - "Norvich Siti" 5:0

Gollar: Tim Krul 7' (avtogol), Djek Grilish 22', Emerik Lyaport 65', Raxim Sterling 71', Riyad Marez 84'

"Manchester Siti": 31. Ederson Moraes, 27. Juan Kanselu, 14. Emerik Lyaport, 3. Ruben Diash, 2. Kayl Uoker, 8. Ilkay Gyundogan (80. Kol Palmer 69'), 16. Rodrigo Ernandes, 10. Djek Grilish (26. Riyad Marez 75'), 20. Bernardu Silva, 9. Gabriel Jezus, 21. Ferran Torres (7. Raxim Sterling 61').

Zaxira: 13. Zak Steffen, 6. Natan Ake, 11. Aleksandr Zinchenko, 22. Benjamen Mendi, 25. Fernandino, 69. Tomas Doyl.

"Norvich Siti": 1. Tim Krul, 2. Maks Aarons, 5. Grant Xenli, 4. Ben Gibson, 30. Dimitrios Yannulis (26. Bali Mumba 46'), 20. Per Le-Melu, 8. Billi Gilmor, 7. Lukas Rupp (23. Kenni Maklin 46'), 17. Milot Rashica, 14. Todd Kantuell, 22. Teemu Pukki (24. Djoshua Sardjent 78'). 

Zaxira: 28. Angus Gann, 44. Endryu Omobamidele, 10. Kiran Dauell, 19. Yakob Lungi Serensen, 18. Xristos Colis, 35. Adam Ayda.

Ogohlantirishlar: Ilkay Gyundogan 39'


90+3. Uchrashuv yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

84. GOL! Riyad Marez darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka qolib ketdi va darvozaga zarba berib, hisobni 5:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. 

76. Statistika! O'yinning to'rtdan uch qismi o'tib bo'ldi, biroq "Norvich" hali biror marta darvoza tomon zarba bera olmadi. 

Kayl Uoker hujumni boshlab berdi va to'pni Gabriel Jesusga uzatdi. Jesusning o'ng qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatgan to'pi Sterlingga bordi va u gol urdi.

71. GOL!!! Sterling hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. 


65. GOL! Emerik Lyaport himoyadagi palapartishlikdan so'ng gol urib ketdi!

60. Statistika! To'p nazorati bo'yicha - 67% - 33%. Darvoza tomon zarbalar bo'yicha 5 - 0.

52. Ikkinchi bo'lim xotirjamlik bilan boshlandi. 

46 Ikkinchi bo'limga start berildi. 

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45+1. Mezbonlar ikki daqiqa ichida ikkita burchak zarbasiga ega bo'lyapti. 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

37. Statistika! To'p nazorati bo'yicha ustunlik - 64% - 36%. 

28. "Manchester Siti" 3-golni urish uchun harakatda...

Gabriel Jesus to'pni o'ng qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatdi. Himoyachilar to'pni qaytarishmoqchi bo'lishdi, qaytayotgan to'p Grilishga tegib ketib golga aylandi.


22. GOL! Grilish!!! Tasodifiy gol desa ham bo'ladi...

17. YO'O'O'Q! Gol bekor qilindi!

Gol VAR orqali tekshirilmoqda... 

15. GOL!!! Ferran Torres hisobni ikkitaga oshirdi!

11. Goldan so'ng ham "Manchester Siti" raqibiga bosim uyushtirmoqda. "Norvich" o'z jarima maydonchasi ichiga qamalib qolgan. 

Gabriel Jesus o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdi. Ben Gibson to'pni darvoza tomon yo'naltirib yubordi, to'p esa darvozabon Tim Krulga tegib darvoza to'ridan joy oldi. 

7. GOL! Avtogol!!!

3. O'yinning ilq daqiqalarini manchesterliklar faollik bilan boshladi. 

1. Uchrashuv boshlandi!

Har ikki jamoa vakillari maydonga chiqib kelishmoqda.

Ayni damda har ikki jamoa vakillari ham o'yinoldi rasmiy mashg'ulotda ishtirok etishmoqda.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari. Siz ushbu sahifada APLning 2-tur uchrashuvlari doirasidagi "Manchester Siti" - "Norvich" o'yinining matnli translyaciyasini kuzatib borishinigiz mumkin. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика