So’nggi yangiliklar

19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:44Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистоннинг Гватемалага қарши ўйин учун таркиби маълум  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  7 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  2 17:23Кантона Ямалга тан берди  3 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  3 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  3 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  22 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  5

APL. "Manchester Siti" jangovar kechgan o'yinda "Liverpul" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" jangovar kechgan o'yinda "Liverpul" bilan durang o'ynadi

Angliya chempionati 32-turining markaziy bahsi yakunlandi.

"Manchester Siti" – "Liverpul" 2:2

Gollar: Kevin De Bryuyne (Bernardu Silva) 5',  Diogu Jota (Trent Aleksander-Arnold) 13', Gabriel Jezus (Juan Kanselu) 37', Sadio Mane (Moxamed Salax) 46'

"Manchester Siti": 31. Ederson Moraes, 2. Kayl Uoker, 5. Djon Stounz, 14. Emerik Lyaport, 27. Juan Kanselu, 17. Kevin De Bryuyne, 16. Rodrigo Ernandes, 20. Bernardu Silva, 9. Gabriel Jezus (10. Djek Grilish 83'), 7. Raxim Sterling (26. Riyad Marez 75'), 47. Fil Foden.

Zaxira: 13. Zak Steffen, 6. Natan Ake, 8. Ilkay Gyundogan, 11. Aleksandr Zinchenko, 25. Fernandino, 87. James McAtee, 90. Romeo Laviya.

"Liverpul": 1. Alisson, 66. Trent Aleksander-Arnold, 32. Joel Matip, 4. Virdjil van Deyk, 26. Endryu Robertson, 14. Djordan Xenderson (8. Nabi Keyta 78'), 3. Fabino, 6. Tiago Alkantara, 11. Moxamed Salax, 20. Diogu Jota (23. Luis Dias 70'), 10. Sadio Mane (9. Roberto Firmino 84').

Zaxira: 62. Kuivin Kellexer, 5. Ibraima Konate, 7. Djeyms Milner, 12. Djo Gomes, 17. Kertis Djons, 21. Konstantinos Cimikas.

Ogohlantirishlar: Endryu Robertson 28', Bernardu Silva 40', Fabino 83', Virdjil van Deyk 89'

Manchester City

Kevin De Bruyne - 5', Gabriel Jesus - 36'

Premier League . 32-tur

10/04/2022, 20:30

2
:
2
Tugadi

Liverpool

Diogo Jota - 13', Sadio Mane - 46'

Stadion: Etihad Stadium, 53197 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
5'  Kevin De Bruyne
5'  Bernardo Silva
36'  Gabriel Jesus
36'  Joao Cancelo
40'  Bernardo Silva
63'  Raheem Sterling
75'  Raheem Sterling (Riyad Mahrez)
83'  Gabriel Jesus (Jack Grealish)
13'  Diogo Jota
13'  Trent Alexander-Arnold
28'  Andrew Robertson
46'  Sadio Mane
46'  Mohamed Salah
61'  Thiago Alcantara
70'  Diogo Jota (Luis Diaz)
78'  Jordan Henderson (Naby Keita)
83'  Fabinho
84'  Sadio Mane (Roberto Firmino)
89'  Virgil van Dijk


90+5. Uchrashuv yakunlandi - jangovar durang!

90+4. Riyad Marez darvozabonning ustidan to'pni darvozaga joylab qo'ymoqchi edi, biroq zarba o'xshamadi.

90+2. So'nggi daqiqalar anchagina hayajonli o'tmoqda...

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBA! Riyad Marezning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi...

87. Jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda. O'tgan 7 daqiqa ichida birorta ham xavfli vaziyat ko'rmadik.

80. "Man Siti" oldinga borishda davom etmoqda. Jamoa bir necha marta hujum tashkil qilmoqchi bo'lishdi, biroq mehmonlar bunga imkon berishmayapti.

72. Gabriel Jezusning darvoza tomon yo'llagan zarbasi darvozaning tashqi to'riga tegdi.

71. Biroq hakam ushbu vaziyatda burchak zarbasi belgilamadi. Vaholanki to'p "Man Siti" futbolchisiga tekkan edi.

71. Salahning aylantirib bergan zarbasi rekoshet bo'lib maydonni tark etdi.

VAR golni ko'rib chiqdi va uni bekor qildi! To'p Sterlingga uzatilayotganda Rahim barchadan oldinroqqa chiqib ketgan ekan. 

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sterling jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi!

61. Jezus ikkita himoyachidan o'tib darvoza tomon zarba berdi, van Deyk ushbu vaziyatda ishonchli harakat qildi.

52. Salah Jotani yaxshi vaziyatga chiqardi, Dioguning bergan zarbasini Ederson qaytarib yubordi.

51. Har ikki jamoa azolari ham yanada faollasha boshlashdi. Axir, o'yin yakuniga qadar hali 40 daqiqa bor...

Salah Maneni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, Sadio bittada zarba berdi va darvoza to'rini ishg'ol qildi!

46. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Liverpul" hisobni tenglashtirdi!

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41. Mehmonlar yana hujumlarga zo'r berishmoqda.

Jarima maydonchasi tashqarisidan uzatilgan to'pga birinchi bo'lib Jezus etib keldi va xotirjamlik bilan gol urib ketdi. 

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Man Siti" hisobda oldinga chiqib oldi!

35. Kanseluning erlatib yo'llagan kuchli zarbasi birozgina noaniq ketdi.

29. de Bryuynening raqib jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

28. Aleksander-Arnoldning maydon markazidan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi.

23. Jota darvozaga yaqin keldi, sal qolsa, Ederson to'pni oldirib qo'yishi mumkin edi.

21. Rodri uzoq masofadan zarba yo'lladi, biroq himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. "Manchester Siti" burchak to'piga ega chiqdi.

15. Jezus hujumga bordi, biroq himoyachilarning to'sig'iga uchradi.  

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Hisob tenglashdi! Arnoldning pasidan so'ng Diogu Jota qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol qildi – 1:1! 

9. "Manchester Siti" o'yinchilari qisqa paslar orqali bahsni nazorat qilishmoqda. Ular hujumga o'tishga shoshilishmayapti.

6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kevin de Bryuynening chap oyoqda yo'llagan zarbasidaen keyin to'p Matip va darvoza ustuniga tegib, darvoza to'ridan joy oldi – 1:0!  

1. Uchrashuvga start berildi! 

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика