APL. “Liverpul” safardagi o'yinlarda so'nggi 3 yildagi eng yomon natijasini ko'rsatmoqda
28 noy 2020 20:01
Yangiliklar


APL. “Liverpul” safardagi o'yinlarda so'nggi 3 yildagi eng yomon natijasini ko'rsatmoqda
10-tur doirasida mersisaydliklar “Brayton” mehmoni bo'lib, murosa (1:1) yo'lini tanladi.
Yurgen Klopp shogirdlari Angliya chempionatidan o'rin olgan safardagi 4 uchrashuvdan beri g'alaba nimaligini bilmay kelishmoqda. Bungacha, “qizillar” ikki bor durang (“Man Siti” 1:1, “Everton” 2:2) o'ynagan va “Aston Villa”ga yirik (2:7) hisobda imkoniyatni boy bergandi.
Bu jamoaning so'nggi uch yildagi eng yomon seriyasidir. 2017 yil yanvar-mart oylarida “Liverpul” qatorasiga besh o'yinda zafar qucha olmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar