So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  19 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

APL. Dramatik bellashuv, gollar shousi, "CHelsi"ning "Liverpul"ga "tishi o'tmadi" Yangiliklar

APL. Dramatik bellashuv, gollar shousi, "CHelsi"ning "Liverpul"ga "tishi o'tmadi"

Angliya chempionati 37-turi doirasida "Liverpul" - "CHelsi" bellashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli-translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Futbol mana shunday qiziqarli bellashuvlar bilan ham etiborimizni o'ziga qaratib turadi. Etiboringiz uchun tashakkur!

Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va gollarga boy bo'lgan, ajoyib uchrashuv yakuniga etdi! 

90+3-daqiqa. Pulishich katta tezlikda chap qanotdan oldinga o'tmoqchi bo'lgandi, ammo yo'l-yo'lakay to'p uning qo'liga tegib ketdi.  

90+2-daqiqa. Van Deykda yaxshi imkoniyat paydo bo'lgandi, ammo himoyachi noqulay vaziyatda to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi. 

90+1-daqiqa. Endi bu tomonda qoida buzilishi va jarima zarbasi belgilandi. Origi oldinga o'tmoqchi edi, Jeyms qanchalik intilmasin, to'pga eta olmadi.  

Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. Jeyms Milner qanotda Temmi Abrahamga nisbatan qoidani buzdi. Ammo jarima zarbasidan mehmonlar naf chiqara olishmadi. 

84-daqiqa. GOOOOOOL! Aleks Oxleyd-CHemberlen! Qarshi hujumda "Liverpul" futbolchilari amalda o'yinga nuqta qo'yib qo'yishdi.  

83-daqiqa. Kristian Pulishich aldamchi harakat bilan raqibini ortda qoldirgandi, lekin Veynaldum uni qoida buzib to'xtatib qoldi. 

81-daqiqa. Jeyms jarima maydoniga kirib ketishi mumkin bo'lgan Xadson-Odoiga to'pni oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. 

80-daqiqa. "CHelsi" hali ham umidini uzganicha yo'q. Bugun hech bo'lmasa bir ochko ham juda qadrli va muhim bo'lishi mumkin. 

Qanotdan oshirilgan to'pni Pulishich jarima maydoni ichida to'xtatib oldi va uzoq vaqt o'zida ushlab turib, oxiri kuchli va aniq zarba bera oldi - 4:3. 

73-daqiqa. GOOOOOL! Pulishich! 

64-daqiqa. Endi Pulishichda yaxshi imkoniyat bo'lgandi, ammo uning zarbasidan keyin to'p darvozadan ancha uzoqdan o'tib ketdi.   

61-daqiqa. GOOOOL! Oradan ikki daqiqa o'tar-o'tmas "CHelsi" hisobni qisqartirdi. O'yinga qo'shilgan futbolchilar ushbu golni yuzaga keltirishdi va Abraham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.  

"CHelsi" tarkibida o'zgarishlar. Maunt, Jiru, Villian maydonni tark etdi, Xadson-Odoi, Abraxam, Pulishich o'yinga qo'shildi.  

58-daqiqa. Salah yana birga-bir holatga chiqib ketayotgandi, oxirgi pallada Kurt Zuma unga halaqit qildi va navbatdagi burchak to'pi. 

Trent Arnold qanotdan ajoyib usulda to'pni jarima maydoni markazida turgan Roberto Firminoga etkazib berdi, hujumchi boshi bilan navbatdagi golni urdi.   

55-daqiqa. GOOOOOL! Trent bu safar assist rolida, Firminodan gol!

50-daqiqa. Ajoyib kombinaciyadan so'ng Salah juda qulay vaziyatga chiqib bordi, lekin o'ta noaniq zarba berib, gol ura olmadi.  

49-daqiqa. "CHelsi" futbolchilari to'pni tezroq olib qo'yib, imkon qadar tezroq hujumga o'tishga shoshilmoqda, lekin "Liverpul" ham shunchaki o'tkazib yubormoqchi emas. 

47-daqiqa. "CHelsi" endi nisbatan tezroq oldinga o'tish, o'z baxtini raqib darvozasi oldidan izlash harakatida. 

46-daqiqa. O'yinni markazdan "Liverpul" boshladi, lekin mehmonlar tezda to'pni olib qo'yishdi.  

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus. Ikkinchi bo'limda jamoalar bundanda yorqin va tomoshabop o'yin ko'rsatishadi degan umiddamiz.

"CHelsi" katta kuch bilan hujumga tashlandi va tanaffusga hech bo'lmasa bitta gol urib chiqib ketishni niyat qildi. Jamoaviy bosim va harakatlar natijasi o'laroq Olive Jiru oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. 

45+3-daqiqa. GOOOOOL! Olive Jiru! 

45+1-daqiqa. Alisson to'pga chiqib keldi, lekin jarima maydonidan chiqib ketgach, nima qilishini, uni kimga oshirib berishni bilmay, maydondan tashqariga chiqarib yubordi.  

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

Burchak to'pidan keyin to'p avval Jiruning keyin Salahning qo'liga tegib ketgandek tuyuldi, ammo keyin Veynaldumga kelib tushdi va u kuchli zarba bilan hisobni 3:0 qilib qo'ydi. 

43-daqiqa. GOOOOOL! Jorjino Veynaldum!

42-daqiqaArnoldning oshirgan to'pini Salah to'xtatishda muammoga duch keldi, ungacha himoyachi to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

41-daqiqa. Sadio Mane to'p uchun kurashda Jeymsga nisbatan qoidani buzdi.

Ana bo'lmasa, o'yin ham, natijasi ham muhim emas deyilgan "Liverpul" ECHLga oshiqayotgan London klubi oyog'idan chalib qoladigan ko'rinadi. 

38-daqiqa. GOOOOOOL! Trent-Aleksander Arnold! Jarima zarbasidan shunday zarba berdiki, Kepa hech nima qilolmay qoldi. 

36-daqiqa. Sadio Maneni "CHelsi" futbolchilari tepa-tepa oxiri yiqitishdi. Jarima zarbasi belgilandi.

35-daqiqa. Maydon markaziga yaqin hududda kurash kechmoqda. 

32-daqiqa. Goooool derdimu, lekin o'yindan tashqari holat qayd etildi. Maunt deyarli maydon markazidan qochib ketdi va osonlik bilan Alisson darvozasini nishonga oldi, lekin "VAR" offsayd bo'lganligini takidladi. Hisob o'zgarmadi.

31-daqiqa. Salah qanotdan tezligi va texnikasini ishga solib, ikki raqibini ortda qoldirdi va darvozaga etay deganda, Ryudiger to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. O'yindagi birinchi burchak to'pini mezbonlar amalga oshirdi

29-daqiqa. "Liverpul"ning navbatdagi hujumi. Mane jarima maydonchasiga yorib kirdi va himoyachiga to'qnashib yiqilib tushdi, hakam jim. Qizig'i, himoyachilar Mane yiqilib, erga tushib ulgurmay, noroziliklarini namoyish qila ketishdi.   

27-daqiqa. "CHelsi" o'ng qanotdan oldinga o'tdi, to'p jarima maydoni ichiga oshirib berildi, ammo samara chiqara olishmadi. 

25-daqiqa. "Liverpul" gol urib ham to'xtash niyatida emas, jamoa yana tezkor hujum uyushtirmoqchi bo'ldi, ammo noaniq pas barchasini buzib qo'ydi. 

24-daqiqa. Suv ichib olish uchun to'xtalish. 

23-daqiqa. GOOOOOOOL! Nabi Keyta! Jarima maydoniga yaqin hududda to'pni maydon egalari raqibdan olib qo'yishdi, Nabi Keyta oldinroqqa o'tdi va hech kim qarshilik ko'rsatmayotganidan foydalanib, daxshatli zarba yo'llab, Kepaga imkon qoldirmadi. CHinakam inglizcha gol bo'ldi.  

21-daqiqa. Endi "Liverpul" faolroq harakat qilayotgandek. 

20-daqiqa. Ryudiger tog'i hozircha Salah zabt eta olmagan cho'qqi bo'lib qolmoqda. Himoyachi yana bir vaziyatda raqibini to'pga etishiga yo'l qo'ymadi.

18-daqiqa. Maneee, ajoyib o'yin. Sadio birgina harakat bilan Aspilikuetani "do'konga jo'natib", to'pni oldinga olib ketdi.

16-daqiqa. Jeyms yana faollik ko'rsatdi. Qanot himoyachisi to'p bilan oldinga o'tdi va kutilmaganda darvozaga zarba berib qoldi, biroz noaniq. Yodingizda bo'lsa, Kubok o'yinida MYU bilan to'qnashuvning ilk daqiqalarida ham ushbu futbolchi kuchli zarbasi bilan De Xeani tekshirib ko'rgandi.

15-daqiqa. Villianda qulay vaziyat bo'lishi mumkin edi, lekin u to'pni o'ziga bo'ysuntira olmadi. O'ng qanotdan Jeyms to'pni jarima maydoniga etkazib berdi, lekin Jiru himoyachini ortda qoldira olmadi. 

14-daqiqa. Veynaldum bilan "devor" uslubida o'ynab oldinga o'tmoqchi bo'lgan Salaxni Ryudiger to'xtatdi. 

12-daqiqa. Salax to'pni raqibiga berib, qaytarib qabul qilib, jarima maydoni yaqinida aylanib yuribdi. Ammo chinakam xavfli vaziyatgacha ish hozircha etib bormadi. 

11-daqiqa. "CHelsi" uzoq vaqt to'pni o'zida ushlab turdi va chap qanotdan oldinga o'tdi, to'p Meyson Mauntgacha etkazildi, lekin yosh iqtidor sohibining oshirgan to'pi qaerlargadir uchib ketdi.  

8-daqiqa. Qanotdan Jeyms to'pni jarima maydoniga oshirib berdi, Maunt himoyachilar taqibidan qochib ulgurgan, to'pga bemalol zarba berdi, lekin noaniq.

6-daqiqa. Biroz g'alati tuyulsada "CHelsi" to'pni uncha-munchaga raqibiga berib qo'ymayapti, oldirib qo'ysada, tezda kurashga kirishib, qaytarib olmoqda.    

4-daqiqa. Villian raqiblar kutmaganda Mauntni oldinga undagandi, lekin u braziliyalik sherigini tushunmay qoldi. 

3-daqiqa. "CHelsi" to'pga egalik qilish niyatida ekanligini ko'rsatmoqda va raqibdan farqli o'laroq, ular xotirjam, pozicion hujumlarga tayanishlarini ko'rsatib qo'yishdi.   

2-daqiqa. Ortiqcha bosimsiz harakat qilayotgan "qizillar" oldinga va yana oldinga shiori ostida harakat qilishmoqda.   

Dastlabki soniyalardagi harakatlar bizga tezkor va shiddatli futbol vada qilmoqda. 

1-daqiqa. O'yinni mehmonlar boshlab berishdi. Demak, kettik!

"Enfild" uzra sokin qo'shiq jarang sochmoqda. 

"Liverpul" futbolchilari maydonga tushib kelishdi, mehmonlar ularga chempionlik yo'lakchasini uyushtirib berishdi. Juda chiroyli manzara. Hurmat barchasidan ustun bo'lgani yaxshi albatta.  

Bizni qiziqarli uchrashuv kutib turgani shubhasiz. Sababi, "Liverpul" chempion bo'lib ulgurgan, hech qanday vazifasi bo'lmasada, o'z uyida kuchli raqibga qarshi o'yinda uch ochkoni osonlikcha sovg'a qilmasa kerak. Buni tarkibdan ham bilsak bo'ladi. Mehmonlar esa hali ECHL yo'llanmalari uchun kurashda barchasini hal qilib ulgurishmagan. 

YANGILASH

Jamoaning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

Angliya chempionati, 37-tur

Liverpul – CHelsi

23 iyul, 00.15, «Enfild»

"Liverpul": Alisson, Trent Aleksandr-Arnold, Gomes, Van Deyk, Robertson, Fabino, Veynaldum, Keyta, Sadio Mane, Muhammad Saloh, Roberto Firmino.

"CHelsi": Kepa, Jeyms, Aspilikueta, Zuma, Ryudiger, Alonso, Jorjino, Kovachich, Villian, Jiru, Maunt.

Liverpool

Naby Keita - 23', Trent Alexander-Arnold - 38', Georginio Wijnaldum - 43', Roberto Firmino - 55', Alex Oxlade-Chamberlain - 84'

Premier League . 37-tur

23/07/2020, 00:15

3
:
5
Tugadi

Chelsea

Olivier Giroud - 45', Tammy Abraham - 61', Christian Pulisic - 73'

Stadion: Anfield, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
23'  Naby Keita
38'  Trent Alexander-Arnold
43'  Georginio Wijnaldum
43'  Mohamed Salah
55'  Roberto Firmino
55'  Trent Alexander-Arnold
66'  Naby Keita (Curtis Jones)
66'  Georginio Wijnaldum (James Milner)
79'  Mohamed Salah (Alex Oxlade-Chamberlain)
83'  Joseph Gomez
84'  Alex Oxlade-Chamberlain
84'  Andrew Robertson
87'  Roberto Firmino (Divock Origi)
87'  Sadio Mane (Takumi Minamino)
45'  Olivier Giroud
59'  Olivier Giroud (Tammy Abraham)
59'  Willian (Christian Pulisic)
59'  Mason Mount (Callum Hudson-Odoi)
61'  Tammy Abraham
61'  Christian Pulisic
73'  Christian Pulisic
73'  Callum Hudson-Odoi
88'  Marcos Alonso (Emerson)

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика