APL. “Lids” ishtirokidagi bahsda yana 7ta gol urildi va bu safar Belsa shogirdlari g'alaba qozondi
19 sen 2020 20:58
Yangiliklar


APL. “Lids” ishtirokidagi bahsda yana 7ta gol urildi va bu safar Belsa shogirdlari g'alaba qozondi
O'yinda mezbonlar 4:3 hisobida zafar qozonishdi. “Oqlar” safida Elder Koshta dublga erishgan bo'lsa, Mateush Klix penaltini aniq amalga oshirdi va yana bir aniq zarbaga Patrik Bemford mualliflik qildi. Mehmonlardan Aleksandar Mitrovich dublni rasmiylashtiridi va yana bir javob to'pi Bobbi Rid hisobiga yozildi.
Eslatib o'tamiz, “Lids” ilk turda “Liverpul”ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Lids – Fulxem 4:3 (2:1, 2:2)
«Elland Roud»
Gollar: 1:0 – 5 Elder Koshta, 1:1 – 34, penalti Mitrovich, 2:1 – 41, penalti Klix, 3:1 – 50 Bemford, 4:1 – 57 Elder Koshta, 4:2 – 62 Dekordova-Rid, 4:3 – 67 Mitrovich.
Lids – Mele, Dallas, Kox, Eyling, Kuper, Fillips, Xarrison, Klix, Elder Koshta, Rodrigo (Roberts, 46), Bemford (Alioski, 70).
Fulxem – Areolya, Tete, Brayen, Xektor, Odoi, Rid (Lemina, 70), Onoma (Dekordova-Rid, 58), Zambo-Angissa, Kavaleyru, Mitrovich, Kamara (Kebano, 58).
Ogohlantirishlar: Klix (82), Mitrovich (88), Tete (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar