APL. “Lester” Vardining penaltidan urgan gollari evaziga safarda yirik g'alabaga erishdi
13 sen 2020 20:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/592044_original.jpg)
![](/upload/storage/592044_220.jpg)
APL. “Lester” Vardining penaltidan urgan gollari evaziga safarda yirik g'alabaga erishdi
Angliya chempionati ilk turidan o'rin olgan “Vest Bromvich” – “Lester” uchrashuvida mehmonlar yirik hisobda zafar quchishdi.
Uchrashuvdagi gollarning barchasi 2-taymda “tulkilar” tomonidan urildi. Avvaliga 56-daqiqada “Lester”ning yangi azosi Timoti Kastan hisobni ochgan bo'lsa, 74 hamda 84-daqiqalarda Jeymi Vardi raqib darvozasi tomon belgilangan penaltilarni aniq amalga oshirdi.
Vest Bromvich – Lester 0:3 (0:0, 0:3)
«Xotorns»
Gollar: 0:1 – 56 Kastan, 0:2 – 74, penalti Vardi, 0:3 – 84, penalti Vardi.
Vest Bromvich – Jonston, Ferlong (Xarper, 69), O`SHi, Adjayi, Bartli, Soyers (Edvards, 68), Diangana, Mateus Pereyra, Livermor, Robinson (Robson-Kanu, 60), Gibbs.
Lester – SHmeyxel, Jastin, Seyundjyu, Kastan, Ndidi, Prat (Meddison, 75), Tilemans, Barns, Mendi, Peres (Olbrayton, 67), Vardi.
Ogohlantirishlar: Jastin (16), Adjayi (63).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar