APL kuchlimi yoki Bundesliga? Klopp javob berdi
25 avg 2018 17:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/450337_original.jpg)
![](/upload/storage/450337_220.jpg)
APL kuchlimi yoki Bundesliga? Klopp javob berdi
"APL kuchliroq. Barcha o'yinlarga tayyor bo'lish kerak. Etti yil oldin hammasi boshqacha edi, futbol o'zgardi. APL - katta chaqiruv.
Solishtirmoqchi emasman, ammo Bundesligada "Bavariya"ni mag'lub etish yaxshi natija. Biroq Angliyada bunday emas. Xatto "Siti" har qanday jamoaga mag'lub bo'lishi mumkin.
Agar "Manchester Siti" birinchi raqam bo'lmasa boshqa davogarlar topiladi. "Tottexem" ajoyib mavsum o'tkazadi deb o'ylayman. Ular butun jamoani saqlab qolishdi, jamoa murabbiyi ham kuchli.
Boshqa jamoalarda ham imkoniyat yuqori. "CHelsi"da hammasi yaxshidek ko'rinmoqda, "Arsenal" yomon boshladi, ammo hammasi o'zgaradi.
Boshqalarga qaramaslik kerak. Bu yordam bermaydi. Faqat har bir raqibingizni yilda ikki marta mag'lub etishingiz kerak. Ko'proq zafar quchishga intilish lozim.
Menga chaqiruvning qiyinchiliklari qiziq emas. Men jamoa har bir o'yinga tayyor bo'lishi ustida ishlayapman" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar