APL. Koronavirusga navbatdagi testlar topshirildi, faqatgina “Tottenxem”da kasallik bilan bog'liq bir holat aniqlandi
03 iyu 2020 21:20
Yangiliklar


APL. Koronavirusga navbatdagi testlar topshirildi, faqatgina “Tottenxem”da kasallik bilan bog'liq bir holat aniqlandi
Angliya Premer-ligasi klublarning COVID-19 infekciyasiga topshirgan navbatdagi tahlil natijalarini elon qildi.
1-2 iyun kunlari 1.197 futbolchi va klub xodimlari sinovlardan o'tdi. Faqatgina bir test natijasi ijobiy chiqqan.”Tottenxem” bayonotiga ko'ra, bu ularning klubiga tegishli shaxs.
Kasallik hech qanday alomatlarsiz o'tmoqda. Ismi oshkor qilinmagan bemor 1 haftalik yakka tartibdagi izolyaciyaga olinadi.
Avvalgi to'rt bosqichda 5079ta test topshirilgan, shundan koronavirus bilan bog'liq 13 holat aniqlangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar