APL klublari transferlar oynasini eski muddatga qaytarishni xohlashmoqda

Alisher
3 sen 2019, 17:50
Angliya premer-ligasi klublari transferlar oynasini yangi mavsum boshiga qadar yopish qoidasini bekor qilishmoqchi.

Premer-liga klublarining bo'lajak yig'ilishida ushbu qarorni bekor qilish uchun 11 ovoz berilishi kerak.

Liga a'zolari bunday tashabbus ingliz klublariga ko'proq zarar keltirayotganligiga ishonchlari komil, chunki bu narsa boshqa mamlakat klublariga muzokaralarda ustunlik bermoqda.

Bu yili APLda dedlayn 8 avgustga to'g'ri keldi, qolgan Yevropa chempionatlarida esa transferlar oynasi 2 sentyabgacha ochiq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail