So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  9 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  5 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

APL "Liverpul"ning nohaq bekor qilingan shov-shuvli goli paytidagi hakamlar audiosuhbatini elon qildi (to'liq suhbat) Yangiliklar

APL "Liverpul"ning nohaq bekor qilingan shov-shuvli goli paytidagi hakamlar audiosuhbatini elon qildi (to'liq suhbat)

Angliya premer ligasi shov-shuvli vaziyatning aslida qanday bo'lganini elon qildi.

APL ettinchi turidan o'rin olgan "Tottenxem" – "Liverpul" (2:1) uchrashuvida hakamlar birinchi planga chiqishdi. 34-daqiqada Luis Dias tomonidan kiritilgan gol aslida mavjud bo'lmagan ofsayd sabab bekor qilindi. Uchrashuvdan so'ng, ushbu vaziyat katta shov-shuvga sabab bo'ldi. SHundan so'ng, APL matbuot xizmati hakamlarning o'sha vaziyatda VAR orqali qilgan suhbatini to'liqligicha taqdim qildi. Malum bo'lishicha, ushbu golning bekor qilinishiga VAR hakamlari va maydondagi hakamlar o'rtasidagi tushunmovchilik sabab bo'lgan. Videotakror bo'yicha assistent Darren Inglend maydonda kiritilgan golni hakam inobatga oldi deb o'ylagan. Ofsayd yo'qligini aniqlagan Darren Inglend hakamga tekshiruv tugagani va hammasi joyida ekanligini aytgan. Bosh hakam esa bu so'zlarni o'z qaroriga (ofsayd) nisbatan aytildi, deb tushungan. Aslida esa Darren Inglend gol toza kiritilganini nazarda tutgan. Quyida ushbu audiosuhbatni taqdim etamiz.

Takroriy vaziyat operatori: Bu rakursdan yaxshiroq bo'ladi. Rakurs seni qoniqtiradimi?

VAR: Ha.

Takroriy vaziyat operatori: Butsadan chiziq tortaymi?

VAR: Butsadan chiziq tortilsin. Va... to'xta. Tekshiruv tugadi, tekshiruv tugadi. Hammasi yaxshi, alo darajada.

Hakam yordamchisi 1: O'ynaymiz.

Bosh hakam: Rahmat, yigitlar.

VAR: Rahmat, erkak.

Bosh hakam: Ajoyib ish, yigitlar. Hammasi zo'r.

Takroriy vaziyat operatori: Stop-stop-stop-stop. Maydondagi qaror ofsayd bo'ldi. Aminmisan?

AVAR: Ha.

Takroriy vaziyat operatori: Aminmisan?

AVAR: Ofsayd, gol, ha. Bu xato, Daz.

VAR: Nima?

Takroriy vaziyat operatori: Maydonda ofsayd deb topildi. Tasvirdan mamnunmisan?

VAR: ....

Takroriy vaziyat operatori: Ha, o'yinchi to'g'ri holatda. Biz uzatgan tasvirda u ofsaydda emasdi. U to'g'ri holatda edi.

VAR: Jin ursin! Ox...

Takroriy vaziyat operatori: Pauza, pauza. Oli (PGMOL operatori) o'yinni to'xtatishni so'ramoqda, Oli o'yinni to'xtatishni so'ramoqda.

VAR: Tushunmadim?

Takroriy vaziyat operatori: Oli o'yinni to'xtatish kerak demoqda. Maydonda ofsayd deb topildi.

VAR: Hech narsa qila olmayman.

Takroriy vaziyat operatori: Oli o'yinni to'xtatish kerak deyapti, Oli o'yinni to'xtatish kerak deyapti. O'yinni to'xtatish.

VAR: O'yin davom etmoqda. Men hech narsa qila olmayman.


Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика