So’nggi yangiliklar

13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  44 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  21 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11

APL. "Liverpul" yana g'alaba qozona olmadi Yangiliklar

APL. "Liverpul" yana g'alaba qozona olmadi

Angliya chempionati 6-turi doirasida "Liverpul shahri derbisi" bo'lib o'tdi.

Everton – Liverpul 0:0
"Gudison Park" o'yingohi

"Everton" – Pikford, Patterson, Tarkovski, Koudi, Mikolenko, Devis (Guye, 62), Onana, Grey, Mope, Ivobi, Gordon (Maknil, 82).

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold (Milner, 59), van Deyk, Gomes, Cimikas (Robertson, 59), Fabino, Elliott (Matip, 80), Karvalyu (Firmino, 46), Salax, Dias, Nunes (Diogu Jota, 80).

Ogohlantirishlar: Onana (38), van Deyk (76), Fabino (90), Pikford (90).


APL musobaqa jadvali 


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+7-daqiqa. Bo'ldi, "Everton" himoyachilari bu safar ham raqibga yakuniy zarbani berishga imkon qoldirishmadi va bosh hakam Entoni Teylor final hushtagini chaldi. Murosasiz kurashlarga boy bo'lgan "Liverpul" derbisida hisob ochilmadi.  

90+5-daqiqa. Ogohlantirish! O'yinni cho'zgani uchun Pikfordga ham sariq ko'rsatildi.

90+5-daqiqa. Salaxdan ketma-ket zarabalar va shtangaga tekkan to'p bu safar ham to'rga bormadi. 

90+2-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam Fabinoga sariq kartochka ko'rsatdi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi

87-daqiqa. Firmino qulay vaziyatdan zarba berdi, lekin Pikford bu safar ham to'pni o'tkazib yuborishni istamadi.

85-daqiqa. Luis Dias hujumda fol ishlatdi.

84-daqiqa. Uxxx! Alissondan ajoyib seyv. Hozir o'yinga qo'shilgan Makneyl zo'r zarba bergandi.  

82-daqiqa. O'zgarish! Frenki Gordon o'rniga Makneylni tushirdi.

82-daqiqa. Grey o'yitndan tashqari holatda.

81-daqiqa. Salahning uzatmasidan keyin hozirgina maydonga tushgan Jota qoidani buzdi.

80-daqiqa. O'zgarishlar! Nunes va Elliott ketdi, ularning o'rniga Jota hamda Joel Matip bahsga qo'shildi.

79-daqiqa. "Everton" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.

76-daqiqa. Ogohlantirish! Virjil van Deyk Onanaga nisbatan qo'pol o'yngani uchun sariq. Takroriy lavhada ko'rindiki, himoyachi ancha keskin harakat qilgan.  

75-daqiqa. "Liverpul" hujumga o'tish uchun imkon izlamoqda.  

72-daqiqa. Nunes o'ziga nisbatan fol bo'lganini hakamga uqtirish bilan ovvora. 

Yo'q, gol bekor qilindi. Hisob o'zgarmadi.  

Bizga ko'rsatilgan takroriy lavhada to'p Milnerning butsasi tishlariga tegib, Koadiga borib tushgandek...

Lekin, ammo, biroq o'yindan tashqari holat bo'lishi mumkin. Takroriy lavhani va hakam qarorini kutamiz.

69-daqiqa. GOOOOOOOL! Everton" hisobni ochdi. Gol muallifi Konor Koadi.

68-daqiqa. O'yin tempi chinakamiga oshdi. Har ikki jamoa maydon markazida uncha uzoq ushlanib qolmaslikka harakat qilmoqda.  

63-daqiqa. Bobbi Firminoning kuchli va aniq zarbasidan keyin Pikford ishonchli harakat qildi. 

62-daqiqa. O'zgarish! "Everton"da ham o'ycinchi alishmoqda. Tom Devis o'rniga Idrissa Guye tushirildi.

59-daqiqa. O'zgarishlar! Cimikas va Trent Aleksander-Arnold o'rniga Endryu Robertson va Jeyms Milner o'yinga qo'shildi.

57-daqiqa. Hozircha "Everton" himoyachilari yakkakurashlarda ishonchli o'yin ko'rsatishmoqda. 

55-daqiqa. Burchak zarbasidan naf chiqmadi, o'z navbatida "Everton" qarshi hujumga qochib ketishiga Klopp shogirdlari yo'l qo'yishmadi. 

Koadi kuchli tarzda jarima maydonchasiga yo'llangan to'pni boshi bilan qaytarib yubordi. 

54-daqiqa. Darvin Nunes zarba berdi, Pikford o'z o'rnida. 

52-daqiqa. Mehmonlar bosimni kuchaytirishmoqda. Jamoa burchak zarbasi ishlab oldi.  

49-daqiqa. "Liverpul"da hisobni ochish uchun ajoyib imkoniyat bo'lgandi, lekin to'p darvoza to'riga borib tushishni istamadi.

47-daqiqa. Luis Diasning faolligi va uzatmasidan keyin Nunes zarba berdi, ammo to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

O'zgarish! Tanaffusdan Fabio Karvalyu qaytmadi. Uning o'rnini Firmino egalladi. 

45+2-daqiqa. Qirq ettinchi daqiqada ham hech bir jamoa raqibi darvozasiga yo'l topa olmagach, hakam futbolchilarni tanaffusga taklif qildi.

45+1-daqiqa. Bosim ostida qolgan Van Deyk to'pni duch kelgan tomonga tepib yubordi. Tan olish lozim, birinchi bo'limda har holda "Everton" raqibidan u qadar yomon ko'rinmadi.  

45-daqiqa. Konor Koadi qanotdan uzatilgan to'pni maydondan chiqarib yubordi, burchak zarbasi.

43-daqiqa. Bir hujum ikki daqiqa davom etdi va to'p ikki bor darvoza ustunlariga tegishga ulgurdi. Nunesning zarbasi golga aylanishiga Pikford yo'l qo'ymagan bo'lsa, Luis Dias esa o'zi ustunni poyladi.  

41-daqiqa. Amadu Onananing jaxli chiqsa yomon baqirib qolarkan... Hozirgi vaziyatda yarim himoyachining fikriga ko'ra to'p "Liverpul" futbolchisiga tegib, maydondan chiqib ketgandi. 

40-daqiqa. Standart vaziyatda oxirgi zarbani Nunes boshi bilan berdi, lekin noaniq.

Umumiy follar bo'yicha hisob 7:4.

38-daqiqa. Ogohlantirish! O'yindagi birinchi sariq kartochka Onanaga nasib qildi. 

35-daqiqa. Oxirgi daqiqalarda mehmonlar "Everton"ning pressingidan chiqib ketishda muammolarga duch kelishmoqda.

32-daqiqa. Everton"ning uzoq davom etgan hujumini Devis gol bilan yakunlashga yaqin edi. Ammo uning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi.  

26-daqiqa. Bu safar Entoni Gordon to'p uchun kurashda Cimikasga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi. 

23-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin qaytarilgan to'pni Gordonga darvozaga aniq yo'lladi, lekin Alisson o'z o'rnida. Golkiper o'ylab o'tirmay jamoasi qarshi hujumini boshladi va endi Mikolenko jamoasini xavfdan qutqardi. 

22-daqiqa. Mayda follar soni ortib bormoqda. Buning oqibatida pauzalar ham ko'payib ketdi va o'yin tempiga tasir o'tkazmay qolmayapti.  

17-daqiqa. "Everton" ashaddiy raqibiga qarshi bahsda bo'sh kelmaslikka urinmoqda, "Liverpul" esa xotirjam to'pni o'zida ushlab turib, shoshilmasdan hujumlarga o'tib, klass bobida ustunroqligini ko'z-ko'z qilmoqchidek. 

15-daqiqa. Trentning uzoq masofaga yo'llangan uzatmasidan keyin Luis Diasning bosimi tufayli Pikford sal qolsa qovun tushirardi. Kiperning baxtiga kolumbiyalik vinger to'pga eta olmadi. 

13-daqiqa. Bosh hakam Entoni Teylorning "odobnoma darsi" mezbon jamoa muxlislariga yoqmayapti chog'i.  

11-daqiqa. Vitaliy Mikolenko Xarvi Elliottni futbolkasidan tortib, maydonga yiqilishida yordamlashib yubordi.

10-daqiqa. "Gudison Park"ka yig'ilganlar olamdan ko'z yumgan yosh qizaloq Oliviya xotirasiga bag'ishlab qarsak chalishdi.

8-daqiqa. Greyning Mope tomon yo'llagan to'pi mo'ljalga aniq etib bormadi.

7-daqiqa. Fabino yosh iqtidor sohibi Gordonga nisbatan fol ishlatdi. 

6-daqiqa. Mezbonlarning birinchi urinishi ham omadsiz chiqdi. Alisson to'pni osonlik bilan qo'lga kiritdi.

5-daqiqa. Endi o'ng tomonda xuddi shunday vaziyat guvohi bo'ldik.

4-daqiqa. "Liverpul" chap qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, himoyachilar osonlik bilan to'pni qaytarib yuborishdi.

3-daqiqa. Uchrashuvdagi ilk standart. Mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirdi, ammo ish xavfli vaziyatgacha etib bormadi.

Futbolchilar ilk soniyalardanoq bugun raqibni ayab o'tirmasliklarini, maydonda har qarich uchun kurashishlarini ko'rsatib berishmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Stadion uzra ananaviy qo'shiqlar jaranglamoqda. Atmosfera shunchaki ajoyib. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib azolari maydonga chiqishga tayyor turishibdi.  

Everton – Liverpul

16.30, «Gudison Park»

Everton – Pikford, Patterson, Tarkovski, Koudi, Mikolenko, Devis, Onana, Grey, Mope, Ivobi, Gordon.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Cimikas, Fabino, Elliott, Karvalyu, Saloh, Dias, Nunes.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика