APL etakchisi Kuboni sotib olmoqchi
25 jan 2024 23:52
Yangiliklar
APL etakchisi Kuboni sotib olmoqchi
"Real Sosedad" futbolchisi Takefusa Kubo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, "Liverpul" allaqachon 22 yoshli yaponiyalik vingerning transferi borasida ispan klubi bilan bog'langan, biroq u mersisaydliklar safiga o'tishdan bosh tortgan.
Qayd etilishicha, Kubo mavsumni “Real Sosedad”da yakunlashga qaror qilgan. "Liverpul" vingerga qiziqishni yo'qotgani yo'q va uni yozgi transfer oynasida yana sotib olishga harakat qiladi.
Joriy mavsum Kubo barcha turnirlarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Real Sosedad" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ekspertlari Kuboning narxini 60 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar