So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  2 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  8 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  30

APL. "Manchester Siti" safarda "CHelsi"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" safarda "CHelsi"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

Angliya chempionati 17-turidan o'rin olgan markaziy o'yin matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"CHelsi" – "Manchester Siti" 1:3

Gollar: Gyundogan (18, 0:1), Foden (21, 0:2), De Bryuyne (34, 0:3), Xadson-Odoi (90+2, 1:3).

CHelsi – Mendi, Zuma, Aspilikueta, Tiago Silva, CHiluell, Maunt, Kovachich (Xavertc, 77), Ziesh (Xadson-Odoi, 64), Kante (Gilmor, 64), Pulishich, Verner.

Manchester Siti – Steffen, Ruben Diash, Stounz, Joau Kanselu, Zinchenko, de Bryuyne (Aguero, 86), Foden (Marez, 86), Rodri, Gyundogan (Fernandino, 75), Sterling, Bernardu Silva.

Ogohlantirish: Pulishich (45), Kante (53), Kovachich (71).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Siti" "CHelsi"dan 3 ochkoga o'tib ketmoqda, "shaharliklar"da yana ikki o'yin bor.

90+2. GOOOOOLLLL!! Xadson-Odoi hisobni biroz bo'lsa-da, kichiklashtirdi. Zato, yirik hisob emas)

Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

89. Bugun Verner hech nimani eplay olmadi. Hozir burchak zarbasi vaqtida to'pni emas, bayroqchani tepib yubordi.

83. Kevin de Bryuynening jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

79. "CHelsi" burchak zarbasidan unum chiqara olmadi.

77. Vernerga havorang libos berib qo'ysangiz bo'lgani. U bugun "Siti" uchun o'ynamoqda)

74. Gvardiola jamoalari doim uchta gol urilganidan keyin "ekonom" rejimga o'tib oladi. Yomon emas.

70. "CHelsi" juda va juda yomon o'ynamoqda. Himoyada ham hujumda ham o'yinlar o'xshamayapti.

65. "CHelsi" menimcha bekorga yangi titul homiysini olib kelmagan. Bu ko'plab hisoblarda aks etmoqda.

62. ZARBAAAAAA!! Kevin de Bryuynening zarbasi noaniq ketdi.

58. O'yin nazorati "Siti" tomonida. Ammo, lekin, biroq... "Siti" ochig'ini aytish kerak raqibini ayamoqda.

54. ZARBAAAAAA!! Rodrining zarbasini Mendi qaytardi! Seyv ajoyib chiqdi!

50. "Siti"ning hujumi o'xshamadi. To'p Mendi tomon ketib qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Taym "Siti"ning ham hisobdagi, ham o'yindagi katta tashabbusi bilan yakunlandi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Hisob yiriklashishiga bir bahya qoldi. Gyundogan dublini nishonlashi mumkin edi. Zarba noaniq.

36. "CHelsi"da yana bir vaziyat. Sterlingning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

34. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! "CHelsi" himoyasida katta bo'shliq, Sterling to'pni qabul qilib oldi va Kantedan o'tib ketdi. Zarbani to'sin qaytardi. De Bryuyne bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi!

28. ZARBAAAAAAA!! Qanotdan oshirilgan to'pga Kanselu zarba berdi. Noaniq.

26. Zuma hujumga o'tib ketayotgan Fodenni yiqitdi. "Siti"da jarima zarbasi.

23. Bernardu Silvaning zarbasini Mendi ushlab oldi.

21. GOOOOOOOOLLLLL!! Foden hisobni o'zgartirmoqda. "CHelsi" himoyachilari darvozasi yoniga "Xush kelibsiz" yozuvini ilib qo'ymoqda!

18. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Gyundogan bir harakati orqali ortidagi raqibidan o'tib ketdi va kuchli zarba berib, hisobni ochdi!

16. ZARBAAAAAAAAAA!!! O'yinda golga tortadigan eng xavfli vaziyat yuzaga keldi. Kanseluning pasidan keyin Kevin de Bryuyne birga bir vaziyatdan foydalana olmadi.

12. UXXXXXXX!! Rodri to'pni oldirib qo'ydi va tezda juda vaxshiyona tarzda olib qo'ydi. Vaziyat chigallashib ketishi mumkin bo'lgandi.

9. Qanotdan oshirilgan to'pga Pulishich boshi bilan zarba berdi. Ammo to'pga eta olmadi.

6. Ziyeshning zarbasi jonli devorga tegib, burchakka chiqib ketdi.

4. UXXXXX!! Rodri oshirgan to'pni Steffen ushlab oldi. "CHelsi"da hisobni ochib olish uchun qulay imkoniyat!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Fakt shundaki, "CHelsi" bugungi raqibiga qaraganda 10ta ko'p gol urgan. Biroq "shaharliklar" "CHelsi"dan ko'ra 6ta kam gol o'tkazib yuborgan.

- Eslatib o'tamiz, turnir jadvalida ikki jamoaning ochkolar teng - 26. Biroq manchesterliklar londonliklarga qaraganda 2 o'yin kam o'tkazgan.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun "CHelsi" hamda "Manchester Siti" jamoalari bahs olib borishadi. O'yinni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика