So’nggi yangiliklar

10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  1 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2

APL. "CHelsi" ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "CHelsi" ishonchli g'alabaga erishdi

APL 12-turidan joy olgan "CHelsi" - "Kristal Pelas" uchrashuvida mezbonlar g'alaba qozonishdi.

Abraxam va Pulishichning gollari "Aristokratlar"ga 3 ochko taqdim etdi.

Chelsea

Tammy Abraham - 52', Christian Pulisic - 79'

Premier League . 12-tur

09/11/2019, 17:30

0
:
2
Tugadi

Crystal Palace

Stadion: Stamford Bridge, 40525 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
17'  Willian
31'  Emerson
33'  Mateo Kovacic
52'  Tammy Abraham
52'  Willian
73'  Tammy Abraham (Michy Batshuayi)
79'  Christian Pulisic
80'  Christian Pulisic (Callum Hudson-Odoi)
87'  Mason Mount (Billy Gilmour)
21'  Wilfried Zaha
44'  Joel Ward (Martin Kelly)
70'  James McArthur (Jeffrey Schlupp)
82'  Cheikhou Kouyate (James McCarthy)
90'  James McCarthy

CHelsi — Kristal Pelas 2:0 (0:0, 2:0)

9 noyabr, 17.30, «Stemford Bridj» 

Gol: Abraxam, 52 — 1:0, Pulishich, 79 — 2:0.

CHelsi – Arrisabalaga, Zuma, Emerson, Tomori, Djeyms, Kante, Kovachich, Pulishich (Hadson-Odoy, 80), Maunt (Gilmur, 87), Villian, Abraxam (Batshuai, 73).

Zaxiradagi o'yinchilar: Kabalero, Asplikueta, Kristensen, Jiru.

Kristal Pelas – Guaita, Uord (Kelli, 44), Keyxill, van Anxolt, Tomkins, Kuyate (MakKarti, 82), Taunsend, Makartur (SHlyupp, 70), Milivoevich, Zaa, Ayyu.

Zaxiradagi o'yinchilar: Xennesi, Dann, Rayduoll, Benteke.

Ogohlantirishlar: Uillian (17), Zaa (22), Emerson (31), Kovachich (33), MakKarti (90+3).


 UCHRASHUV YAKUNLANDI! "CHelsi" APL jadvalida hozircha ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 


90+4. Uillianning aylanma bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

90+3. Sariq kartochka. MakKarti Kovachichga nisbatan butsasining tashqi qismi bilan harakat qilgani uchun jazolandi.

— Ikkinchi bo'limga ham daqiqa qo'shib berildi.

87. Maunt o'rnini Gilmur egalladi.

86. Zaxiradan maydonga tushgan MakKarti bugungi o'yinda jamoasining ilk aniq zarbasi muallifiga aylandi. Kepa o'z o'rnida.

82. Jeyms MakKarti senegallik futbolchi Kuyateni almashtirdi.

80. Pulishich qarsaklar ostida maydonni tark etdi, Kallum Hadson-Odoy uning o'rnida harakat qiladi.

79. GOOOOOOOOOOOL! Pulishich katta sahnaga chiqmoqda! Neytrallikni buzayotganim uchun uzr. Ammo, "CHelsi" yoshlari ko'rsatayotgan o'yin, rang-baranglikka shunchaki qoyil qolish kerak, azizlar! RESPECT 

76. Emerson zarba yo'lladi. Guaita to'p tegib maydon tashqarisiga  yumalagan holda chiqib ketdi. Burchak zarbasi esa muvaffaqiyatli chiqmadi.

73. Gol muallifi Abraxam maydonni tark etdi. Uning o'rniga Mishi Batshuai tushirildi.

70. Tomkinsning boshi bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

70. O'zgarish. Makartur o'rniga SHlyupp tushirildi. 

68. "CHelsi" moliyaviy yordamsiz ham ajoyib bir mexanizmga aylanib ulgurganini ko'ryapmiz. O'z akademiyasidan chiqqan yoshlar APL jamoalarini, shuningdek ECHLda ham raqiblarini qiynab qo'yishmoqda.

59. ZARBAA! Pulishich! Guaitadan ajoyib seyv!

52. GOOOOOOOL! TEMMI ABRAXAM! Uillianning zargarona uzatmasidan keyin Abraxam darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi va APLdagi gollari sonini 10 taga etkazib oldi. To'purarlar jadvali

50. Jorjino sariq kartochkalari ko'payib ketgani bois ushbu o'yinni o'tkazib yubormoqda.

46. Ikkinchi taymni "CHelsi" boshlab berdi. 

45+4. UILLLLIAAANN! Unda ajoyib imkoniyat bo'lgandi. Himoyachilar Uillian bergan zarbaga to'sqinlik qilishdi va hisob 0:0 ligicha qolmoqda. TANAFFUS

— Uchrashuvning birinchi bo'limiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Majburiy o'zgarish: Uord o'yinni davom ettira olmagani sababli, uning o'rniga Kelli tushirildi.

35. "CHelsi"ning ikki futbolchisi, Emerson va Kovachich, ogohlantirildi.

29. Mauntning zarbasi jonli devordagilardan biriga tegdi va "aut" "CHelsi" foydasiga. 

28. "CHelsi"da juda yaxshi imkoniyat. Mezbonlar 20 metrdan jarima zarbasi yo'llash imkoniyatiga ega bo'lib turishibdi. Meyson Maunt ushbu vaziyatda faol harakat qilganini aytib o'tamiz.

23. Emersonning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan chamasi bir metrlar atrofida o'tib ketdi.

22. Uilfrid Zaa ham ogohlantirildi. Uillianga nisbatan qo'pol o'ynadi va "aristokratlar" jarima zarbasiga ega bo'lishmoqda.

21. Ikkinchi dekadadan (10 daqiqalik) so'ng, "CHelsi" yaqqol ustunlik qilmoqda: To'p nazorati – 73:27 (%). Darvozaga zarba berish bo'yicha: 5(1):0(0).

17. Ilk sariq kartochka "CHelsi" sardori Uillianga ko'rsatildi. 

12. Dastlabki 10 daqiqada maydon egalari bir necha marotaba xavfli hujumlar uyushtirishdi va ustunlik ular tarafida. Temmi Abraxam, Kristian Pulishicha va yana bir qator yosh futbolchilar bugungi o'yinda ham Lempardning ishonchini oqlash uchun ter to'kishni boshlab yuborishdi. "Ayaks"ga qarshi o'yinni eslayapsizmi? Ox, qanday ajoyib va dramatik ruhda kechgandi! Ushbu o'yinni yana bir bor ko'rishingizni tavsiya qilib qolaman! Aytgancha bugungi o'yinni siz va men Nodir Abdurasulov birgalikda kuzatib boryapmiz. 

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика