So’nggi yangiliklar

10:45Назорат учрашувлари. Бугун "Бунёдкор" "Андижон", "Бухоро" "Қизилқум" билан ўйнайди  0 10:14Дунёнинг 3 карра энг яхши футзалчиси: "Марказий Осиёда футзал йилдан-йилга ўсмоқда"  0 09:55Марсел Маркеш: "Ўзбекистон терма жамоаси тўпга яхши эгалик қилди. Терма жамоангизнинг жисмоний ҳолати жуда яхши"  2 09:30Қирғизистон ва Туркманистон мураббийлари ОКМК ФК базасида амалиёт ўташмоқда  1 08:59Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси бугун Вьетнам билан ўйнайди  2 08:26Хосе Венансио Лопес Бразилиядан учралган йирик ҳисобдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  6 07:35"Олимпик" мураббийи энди ўсмирлар терма жамоасида ишлайди  2 07:10Миллатлар лигаси. Қозоғистон - Норвегия, "Бауырлар"ни дарвоза устуни қутқарди  1 06:50Миллатлар лигаси. Франция - Италия, Барколя Франция терма жамоасидаги дебют голини 14-сонияда урди аммо якунда жамоаси мағлуб бўлди  1 01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  6 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  5 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  2 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2

APL. Smit-Rouning goli "Arsenal"ga "CHelsi" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

APL. Smit-Rouning goli "Arsenal"ga "CHelsi" ustidan g'alaba keltirdi

APLning 26-turidan o'rin olgan "CHelsi" - "Arsenal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"CHelsi" – "Arsenal" 0:1
"Stemford Bridj" stadioni
Gol: 0:1 – 16 Smit Rou.

"CHelsi" – Arrisabalaga, CHiluell, Tiago Silva, Zuma, Djeyms, Maunt, Gilmor (Xadson-Odoi, 46), Pulishich, Jorjino, Xavertc (Jiru, 65), Aspilikueta (Ziesh, 78).

"Arsenal" – Leno, Gabriel, Xolding, Mari, Tirni, Smit Rou, El-Nenni, Saka (Belerin, 66; CHembers, 88), Edegor, Parti, Obameyang (Lyakazett, 79).

Ogohlantirish: Parti (90).


Chelsea

Premier League . 36-tur

13/05/2021, 00:15

1
:
0
Tugadi

Arsenal

Emile Smith Rowe - 16'

Stadion: Stamford Bridge, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
46'  Billy Gilmour (Callum Hudson-Odoi)
65'  Kai Havertz (Olivier Giroud)
78'  Cesar Azpilicueta (Hakim Ziyech)
16'  Emile Smith Rowe
16'  Pierre-Emerick Aubameyang
66'  Bukayo Saka (Hector Bellerin)
79'  Pierre-Emerick Aubameyang (Alexandre Lacazette)
88'  Hector Bellerin (Calum Chambers)
90'  Thomas Partey



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Hakamning final hushtagi chalindi va "Arsenal" "CHelsi"ni taslim etdi va musobaqa jadvalidagi axvolini biroz yaxshilab oldi. 

90+6-daqiqa. Bo'ldi, yana bitta burchak zarbasi, undan keyin Ris Jeymsning uzatmasi... "Arsenal" turib bera oldi.   

90+4-daqiqa. Ogohlantirish! "Arsenal" qarshi hujumda o'yin taqdirini hal qilib qo'yishi mumkin edi, ammo buning o'rniga mug'ombirlik qilgani uchun Tomas Parti ogohlantirildi.   

90+3-daqiqa. "CHelsi" burchak zarbasini amalga oshirdi.  

90+1-daqiqa. "Arsenal" xavfni o'z darvozasidan uzoqlashtirish maqsadida ham, ancha oldinda to'pni olib yuribdi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Uxxx! Bitta hujumning o'zida mezbonlar ikki bor darvoza to'sinini nishonga olishdi. Ammo omad Arteta shogirdlari tomonda bo'ldi.  

86-daqiqa. Xavfli vaziyat! Aniq zarba haqida aytib ulgurmadik ham, Pulishichda imkoniyat paydo bo'ldi va u aniq zarba berdi. Lekin amerikalik futbolchining zarbasiga kuch etishmadi. 

Qiziq fakt, "CHelsi" ikkinchi bo'limda hozirga kelib birorta aniq zarba bera olmabdi, 

83-daqiqa. Zaxiradan maydonga tushgan Ektor Belerin jarohat olgan va o'yinni davom ettirolmaydigan ko'rinadi. 

81-daqiqa. Ris Jeymsning o'ng qanotdan uzatmasidan keyin Olive Jiru zarba berish imkonini topdi, lekin zarba ancha kuchsiz va juda noaniq bo'ldi. 

Maydonni tark etish chog'ida Per-Emerik murabbiy qaroridan noroziligini ortiqcha yashirib o'tirmadi. 

78-daqiqa. O'zgarish! Sezar Aspilikueta o'rniga Xakim Ziyosh o'yinga qo'shildi.  

75-daqiqa. "Arsenal"ning kam sonli urinishlaridan biri. Standart vaziyatdan keyin mehmonlar ishni zarbagacha olib bora olishdi, lekin Kepa Arrisabalaga osonlik bilan to'pni egallab oldi.   

69-daqiqa. Ha, so'nggi paytlarda ajoyib sport formasiga kirib olgan, "Real", "Man Siti" va umuman istalgan raqibni engib kelayotgan "aristokratlar" "Arsenal"ga qarshi o'yinda katta muammolarga duch kelishmoqda. 

67-daqiqa. Kurt Zuma uzoq masofadan omadini sinab ko'rdi, lekin to'p ancha yuqoriroqdan o'tib ketdi. 

65-daqiqa. O'zgarish! "CHelsi" safida ham o'yinchi almashdi. Xaverc uchun o'yin yakunlandi, maydonga Olive Jiru tushdi. 

65-daqiqa. O'zgarish! Bukayo Saka o'rniga Ektor Belerin o'yinga tushirilmoqda. 

Lekin hakam shoshilmaslikni so'ramoqda. "VAR"ning yordamida ushbu vaziyatda Kristian o'yindan tashqari holatda bo'lganligi malum bo'lmoqda. Hisob o'zgarmay qoldi. 

60-daqiqa. GOOOOOOL! Pulishich muvozanatni tiklamoqda. 

57-daqiqa. Xadson-Odoi to'p uchun kurashda Kiran Tirniga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Himoyachiga shifokorlar yordam ko'rsatishayotgani sabab o'yinda to'xtalish yuzaga keldi. 

54-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Kallum Xadson-Odoi zarba bilan yakunladi, ammo uning urinishi juda noaniq chiqdi.  

51-daqiqa. "CHelsi" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. 

48-daqiqa. Umumiy kartina o'zgarmagandek. "CHelsi" hamon to'pga egalik qilmoqda, "Arsenal" himoyalanish bilan band.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi. 

45-daqiqa. Bosh hakam ham birinchi bo'limda biror nima bo'lishiga va vaziyat o'zgarishiga "ishonmadi" chog'i, biror daqiqa qo'shib o'tirmay, jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

43-daqiqa. Hisobda oldinga chiqib olgan "Arsenal" hech tortinmay, himoyadan o'yin ko'rsatmoqda va deyarli hujumga o'tmayapti.  

40-daqiqa. "CHelsi" qanchalik urinmasin raqib himoyasini yorib o'tishning imkoni bo'lmayapti. 

37-daqiqa. Ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirgan Tomas Tuxel shogirdlari standart vaziyatlardan foyda chiqara olishmadi.  

34-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 60% - 40% "aristokratlar" foydasiga.

31-daqiqa. "CHelsi" o'zi uchun o'yindagi birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi, Zumaning faolligidan keyin to'p Pulishichga kelib tushdi, lekin Kristianning yakuniy zarbasiga aniqlik etishmadi.  

28-daqiqa. Xavfli vaziyat! Kay Xavercdan to'pni qabul qilgan Meyson Maunt kuchli va aniq zarba yo'llagandi, lekin Bernd Leno to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

26-daqiqa. "CHelsi"ning navbatdagi urinishi to'p uzatishdagi xatosi sabab omadsiz yakunlandi.  

22-daqiqa. Ustunlikni qo'lga olgan "CHelsi" o'ng qanotdan hujum uyushtirdi va Mauntning kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'riga borib tushmasligiga himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'lgani sabab bo'ldi. 

16-daqiqa. GOOOOOOOOL! Jorjinoning sovg'asidan keyin Smit-Rou "Arsenal"ni oldinga olib chiqdi. Italiyalik futbolchi negadir Kepa qaerda turganiga etibor qaratmay, to'pni bevosita darvozaga qarab oshirdi, Kepa jon holatda to'pni qaytarishga hamda jamoasini goldan qutqarishga erishgandi, lekin hujumni davom ettirgan "Arsenal", Obameyangning uzatmasi va Smit-Rouning aniq zarbasidan keyin oldinga chiqib oldi.  

13-daqiqa. Martin Edegorga zarba berish uchun imkon qoldirishmadi, qanotda to'pni egallab olgan Xoldingning uzatmasi esa o'ta omadsiz chiqdi.  

11-daqiqa. Qanaqasiga??? Kay Xaverc Pablo Maridan to'pni olib qochib ketdi, keyin qulay nuqtaga chiqib borib, darvoza tomon zarba yo'lladi, lekin to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi. Germaniyalik futbolchi juda qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi. 

9-daqiqa. Bukayo Saka o'yindan tashqari holatda deb topildi va potencial xavfli hujum uzilib qoldi.  

5-daqiqa. Meyson Maunt jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib, darhol zarba yo'lladi, lekin urinish kuchsiz chiqdi va Leno to'pni egallab oldi.  

3-daqiqa. Kurash asosan markazda kechmoqda.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"CHelsi" – "Arsenal"

"Stemford Brij"

"CHelsi" – Arrisabalaga, CHiluell, Tiago Silva, Zuma, Jeyms, Maunt, Gilmor, Pulishich, Jorjino, Xavertc, Aspilikueta.

"Arsenal" – Leno, Gabriel, Xolding, Mari, Tirni, Smit Rou, El-Nenni, Saka, Edegor, Parti, Obameyang.

Chelsea

Premier League . 36-tur

13/05/2021, 00:15

1
:
0
Tugadi

Arsenal

Emile Smith Rowe - 16'

Stadion: Stamford Bridge, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
46'  Billy Gilmour (Callum Hudson-Odoi)
65'  Kai Havertz (Olivier Giroud)
78'  Cesar Azpilicueta (Hakim Ziyech)
16'  Emile Smith Rowe
16'  Pierre-Emerick Aubameyang
66'  Bukayo Saka (Hector Bellerin)
79'  Pierre-Emerick Aubameyang (Alexandre Lacazette)
88'  Hector Bellerin (Calum Chambers)
90'  Thomas Partey

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика