APL. Bugungi 2 ta o'yin uchun prevyu (+turnir jadvali)
19 iyu 2020 21:10
Yangiliklar


APL. Bugungi 2 ta o'yin uchun prevyu (+turnir jadvali)
Bugun 2 ta o'yin bor, shulardan biri tur markaziy bahs bo'lib, unda “Manchester Yunayted” Londonda “Tottenxem” mehmoni bo'ladi.
Demak, quyida “Norvich” – “Sautgempton” va “Tottenxem” - “Manchester Yunayted” uchrashuvining o'yin oldi tafsilotlariga batafsil to'xtalamiz.
19.06 22:00 (Toshkent vaqti) “Norvich” - “Sautgempton"
"Norvich" ishtirokidagi oxirgi ikki o'yinda bir xil 1:0 hisobi qayd etilgan. Birida "Lester"ni yutgan bo'lsa, ikkinchisida "SHeffild Yunayted"ga mag'lub bo'lgan. Jamoa turnir jadvalida eng oxirgi o'rinda bormoqda.
"Sautgempton" restartdan oldingi so'nggi ikki o'yinda "Nyukasl" va "Vest Xem"ga yutqazgandi. Klub turnir jadvalida 14-pog'onaga joylashgan.
Tarkiblar bo'yicha
Himoyachi Sem Bayram va yarim himoyachi Onel Ernandes jarohat tufayli "kanareykalar"ga yordab bera olmaydi.
Jamoa bosh murabbiyi Daniel Farke himoya markazida Ben Godfri-Grant Xenli juftligidan foydalanishi kutilmoqda. SHuningdek, yana bir himoyachi Timm Kloze jamoasiga yordam berishga tayyor holatda.
Klub bitta hujumchi xizmatidan foydalanadi - bu finlyandiyalik Teemu Pukki.
Mehmonlar yarim himoyachisi Mussa Jenepo qizil kartochka olgani bois bu o'yinda o'z jamoasiga naf keltira olmaydi.
Ralf Xazenxyuttl jamoasida Natan Redmond safga qaytgan va u chap qanot yarim himoyasida to'p tepadi. Qarama-qarshi qanotdan Styuart Armstrong joy olishi kutilyapti.
O'zaro o'yinlardagi natijalar
Jami o'yinlar soni | “Norvich” g'alabasi | Eng yirik yutug'i | “Sautgempton” g'alabasi | Eng yirik yutug'i | Durang |
86 ta | 29 (34%) | 5:0 | 31 (36%) | 4:0 | 26 (30%) |
O'yinga oid faktlar:
- "Norvich"ning oxirgi 4 uy uchrashuvida kamida 2 ta gol urilgan (Premer-liga).
- "Kanareykalar" oxirgi 5 uy o'yinidan faqat 1 tasida yutqazgan (Premer-liga).
- "Sautgempton" so'nggi 5 safar o'yinidan 3 tasida g'alaba qozongan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Norvich" (4-2-3-1): Krul - Eronz, Xenli, Godfri, Luis – Tetti, Makleyn – Buendia, Duda, Kantuell – Pukki
"Sautgempton" (4-4-2): Makkarti - Uoker-Piters, Stivens, Bednarek, Bertrand – Armstrong, Uord-Prouz, Xyoyberg, Redmond – Ingz, Long
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Bayram, Ernandes (“Norvich”)
So'roq ostida: Xenli, Cimmerman (“Norvich”)
Norwich City |
Premier League . 30-tur 19/06/2020, 23:00 3
:
0
Tugadi
|
Southampton Danny Ings - 49', Stuart Armstrong - 54', Nathan Redmond - 79' |
Stadion: Carrow Road, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Kevin Friend
20.06 00:15 (Toshkent vaqti) “Tottenxem” - “Manchester Yunayted"
"Tottenxem" o'ziga kelib olishi uchun tanaffus ozgina bo'lsa-da, foyda bo'lgan bo'lsa kerak, chunki jamoa restartdan oldingi barcha musobaqalarda oxirgi 6 o'yinda g'alaba nimaligini bilmagandi. CHempionlar Ligasi va Angliya Kubogidan chiqib ketgan "shporlar" endilikda bor etiborlarini APLga qaratishgan. Mourino shogirdlari turnir jadvalida 8-o'ringa joylashishgan.
"Manchester Yunayted"da xushxabarlar yangrayapti. Reshford va Pogba safga qaytgan. Ular bugungi o'yinda qatnashishdan umidvor. MYU oxirgi 5 o'yinda engilmagan va turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.
Tarkiblar bo'yicha
Dele Alli irqchilikka oid hazili uchun diskvalifikaciya qilingan va bugungi o'yinda qatnashmaydi. Joze Mourino 4-3-3 sxemasidan foydalanishi kutilmoqda.
Yoshlardan hujumchi Parrott va himoyachi Tanganga jarohatda bo'lsa, Son Xyon Min va Lo CHelsoning bugungi ishtiroki so'roq ostida turibdi.
Mourino juma oqshomida yarim himoya markazini Tangi Ndombelega ishonadi.
Fil Jons - Sulsherning jarohat bilan bog'liq yagona muammosi.
Murabbiylar shtabini eng xursand qiladigani, shubhasiz, Reshford va Pogbaning qaytishi. Reshford asosiy tarkibda tushishi, Pogba zaxirada qoldirilishi kutilmoqda.
Fred Matich yoki Maktominey bilan maydon markazida juftlik hosil qiladi.
O'zaro o'yinlardagi natijalar
Jami o'yinlar soni | “Tottenxem” g'alabasi | Eng yirik yutug'i | “Man. YU” g'alabasi | Eng yirik yutug'i | Durang |
191 ta | 51 (27%) | 6:1 | 91 (47%) | 5:0 | 49 (26%) |
O'yinga oid faktlar:
- "Manchester Yunayted"ning oxirgi 6 mehmon o'yinida kamida 2 ta gol urilgan (Premer-liga).
- MYU "Tottenxem"ga qarshi so'nggi 3 uchrashuvda halaba qozongan (barcha musobaqalar).
- "Tottenxem" o'z uyidagi oxirgi 3 o'yinda raqiblar darvozasiga kamida 2 ta to'p kiritgan (Premer-liga).
- MYU so'nggi 5 o'yinda mag'lub bo'lmagan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Tottenxem" (4-3-3): Loris - Ore, Sanches, Alderveyreld, Devis - Sissoko, Uinks, Ndombele - Moura, Keyn, Son
"Manchester Yunayted" (4-2-3-1): De Xea - Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, SHou - Fred, Matich - Jeyms, Fernandesh, Reshford - Marsyal
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Parrott, Tanganga ("Tottenxem")
So'roq ostida: Foyt, Lo CHelso, Son ("Tottenxem"), Tuanzebe, Jons ("Manchester Yunayted")
Tottenham Hotspur Steven Bergwijn - 27' |
Premier League . 30-tur 20/06/2020, 01:15 1
:
1
Tugadi
|
Manchester United Bruno Fernandes - 81' |
Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Jonathan Moss
Turnir jadvali
SHerzod Nurmatov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar