APL. “Brayton” o'zi uchun tarixiy natija qayd etdi
04 jan 2023 09:05
Yangiliklar


APL. “Brayton” o'zi uchun tarixiy natija qayd etdi
Angliya chempionati 19-turida “Brayton” safarda “Everton” ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.
Mazkur klub o'z tarixida ilk bor musobaqa doirasida mehmonda o'tkazilgan uchrashuvda 4 ta gol urishga erishdi. Raqib darvozasiga gollarni Kaoru Mitoma, Evan Fergyuson, Solli March va Paskal Gros urishga erishdi.
“Brayton” mazkur muvaffaqiyatdan keyin ochkolarini 27 taga etkazib oldi va jamoa turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar