APL. "Arsenal" so'nggi 25 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi
26 iyu 2020 23:17
Yangiliklar


APL. "Arsenal" so'nggi 25 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi
"Arsenal" Angliya chempionati 2019/20 yilgi mavsumini 8-o'rinda yakunladi.
Bu "to'pchilar" 1994/95 yilgi mavsumdan beri qayd etgan eng yomon natijaga aylandi. O'shanda London klubi musobaqa yakunida 12-pog'onani band qilgan edi.
SHundan keyin, 1996 yilda Arsen Venger klub boshqaruviga keldi va jamoani 2018 yilga qadar boshqardi. Uning qo'l ostida "Arsenal" 6-o'rindan pastga tushmadi.
Joriy mavsum davomida to'pchilarni 3 nafar murabbiy navbati bilan boshqardi - Unai Emeri, Fredrik Yungberg va Mikel Arteta. Yakunda londonliklar 8-pog'ona bilan kifoyalanishga majburlar.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" 1 avgustda Angliya kubogi g'olibligi uchun "CHelsi" bilan bahs yuritadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar