So’nggi yangiliklar

01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  29 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  5 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  42 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  12 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  80 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  1 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  4 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0

APL. "Arsenal" - "Manchester Yunayted" o'yinida Sulsher o'zining dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi Yangiliklar

APL. "Arsenal" - "Manchester Yunayted" o'yinida Sulsher o'zining dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi

"To'pchilar" o'z maydonida "qizil iblislar"ni mehmon qildi.

Arsenal

Granit Xhaka - 12', Pierre-Emerick Aubameyang - 69'

Premier League . 30-tur

10/03/2019, 21:30

0
:
2
Tugadi

Manchester United

Stadion: Emirates Stadium, 60000 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
12'  Granit Xhaka
12'  Alexandre Lacazette
38'  Sokratis Papastathopoulos
69'  Pierre-Emerick Aubameyang
77'  Mesut Ozil (Alex Iwobi)
80'  Pierre-Emerick Aubameyang (Denis Suarez)
86'  Alexandre Lacazette (Edward Nketiah)
90'  Sead Kolasinac
68'  Nemanja Matic
71'  Diogo Dalot (Anthony Martial)
76'  Paul Pogba
80'  Nemanja Matic (Mason Greenwood)

Arsenal – Manchester Yunayted 2:0 

10 mart, 21.30, «Emireyts»

Bosh hakam: Jonatan Moss

Qanot hakamlari: Simon Bennet, Mark Perri

4-hakam: Martin Atkinson

Gollar: 1:0 — 12 Jaka, 2:0 — 69 Obameyang.

Arsenal – Leno, Monreal, Koselni, Papastatopulos, Kolashinac, Remzi, Meytlend-Naylz, Jaka, Ozil (Ivobi, 77), Obameyang (Suares, 80), Lyakazett (Nketiya, 86).

Zaxira: CHex, Mustafi, Elneni, Genduzi

Manchester Yunayted – De Xea, SHou, Smolling, Yang, Diogu Dalot (Marsyal, 70), Fred, Matich (Grinvud, 80) Pogba, Lindelef, Reshford, Lukaku.

Zaxira: Romero, Bayi, Roxo, Perreyra, Maktominay. 

Ogohlantirishlar: Papastatopulos (37), Matich (68), Pogba (76).


            MATNLI TRANSLYACIYA

                 YANGILASH 

Uchrashuv yakunlandi — 2:0. Sulsher APLda MYU bilan dastlabki mag'lubiyatini "Emireyts" maydonida qabul qilib oldi. "Arsenal" to'rtinchi o'ringa qaytdi >>> 30-TUR

90. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. "'Emireyts"da yomg'ir boshlanib ketdi. Tabiat ham MYUning mag'lubiyatiga shunday reakciya bildirayotganmikin?

86. O'zgarish. Lyakazet joyini Nketiyaga bo'shatib berdi. 

82. MYU APLda Sulsher kelganidan so'ng biror marta mag'lubiyatga uchramagan. 

80. O'zgarish. Suares ushrashuvda ikkinchi gol muallifi Obameyang o'rnini egalladi. Matich o'rniga Grinvud tushdi.

77. O'zgarish. Ivobi O'zilni almashtirdi. Muxlislar Mesutni olqishlagan holda uning o'yinidan mamnun bo'lganliklarini bildirishdi. 

76. Pogba. Jakaga qarshi qo'pol o'ynadi va Moss tomonidan "mukofotlandi".

75.  Aleks Ivobi maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

71. Lyakazett zarbasi biroz noaniq.

70. O'zgarish. Dalot o'rniga Marsyal maydonga tushdi. 

69. Obameyang zarba va goooooool! 2:0 hisobini yo'qqa chiqarish Sulsher shogirdlariga oson bo'lmasligi aniq.

68. Penalti! Fred Lyakazettni turtib yubordi. Oqibatda, hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi.

66. Leno yana o'zini ko'rsatayapti. Lukaku esa unga qiyinchlik tug'dirmoqda. Natija esa 0 ga teng, hozircha.

65. Sulsher uchrashuvni diqqat bilan kuzatib turibdi. Norvegiyalik mutaxassis Romero, Bayi, Roxo, Perreyra, Maktominay, Marsyal, Grinvud kabi futbolchilarni maydonga tushirishi mumkin.

61. O'zilnig uzatmasidan so'ng Obameyang omadini sinab ko'rdi. Bu safar ham mankunianliklar imkon qoldirishmadi.

59. MYUda yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin. Pogba, Fred va Rashford jarima zarbasini berishga tayyorlanmoqda. Rashfordning zarbasi biroz noaniq, Ronaldu uslubida to'pga teginish edi.

57. Meytlend-Naylzga ham maydonning o'zida shifokorlar tez yordam ko'rsatishmoqda. "Arsenal" zaxirasida CHex, Mustafi, Elneni, Ivobi, Suares, Genduzi, Nketiya singari futbolchilar o'z navbatini kutib o'tirishibdi.

56. MYU "Arsenal"ga qarshi so'nggi besh uchrashuvda kichik ustunlikka ega bo'lib turibdi.

53. Pogba o'zi bilmagan holda Remsiga nisbatan juda yoqimsiz harakat qildi va tezda uzr so'radi. 

52. Londonliklar sardori Loran Koselniga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U o'rnidan turdi va hammasi joyida ekanligini jamoadoshlariga bildirdi. 

51. Lukakudan zarbaaaa! Koselni to'pga ulgurmadi. Leno o'z ishini qoyilmaqom bajardi.

50. Fred yaxshi o'yladi, yaxshi o'ynadi. Biroq, Rashford voqealar rivojidan biroz ilgarilab ketdi. 

48. Lyakazett MYU jarima maydonida yiqildi. Penaltiga o'rin yo'q bo'lgan vaziyat. Moss ham shunday fikrda.

47. Brend Leno o'z o'rnini tark etib juda xavfli, lekin to'g'ri tanlovni amalga oshirdi. 

46. Ikkinchi bo'limni "Arsenal" boshlab berdi.

Birinchi taym yakunlandi. Tanaffus.

45. Lukaku, Rashford. Zarba! Granit Jaka to'pga o'zini qalqon qildi. Qonli bo'lmasa ham, og'ir jang bo'lmoqda. "Emireyts" yonmoqda... Bu paytda Jonatan Moss 1-bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi. Jaka va Rashford to'qnashuvidan so'ng, ikkala futbolchi ham o'rnidan turdi. MYU futbolchisi oqsoqlangan holda maydon chetida harakatlanmoqda.

44. Obameyang munosib qo'riqlanmoqda. Gabonlik hujumchiga imkoniyat berishmayapti.

41. CHap qanotdan Rashford, keyinchalik o'ng qanotdan Dalot yurishni amalga oshirdi. Ushbu o'yinda MYU birinchi bor burchak to'pi tepadi.

37. Sokratis. Pol Pogbaga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

36. Lukakuda ajoyib imkoniyat! Leno va himoyachilar bir amallab xavfli vaziyatni bartaraf etishdi. Lukaku ikki himoyachini yorib chiqqan va zarba berishga ulgurgan vaziyat guvohiga aylandik.

36. Lindelyof to'pni havoda turgan pallada yo'qotib qo'ydi. Biroz sarosima.

35. Lyakazett Obameyangdan noqulay holatda to'pni qabul qilgan holda zarba berdi. Noaniq.

34. Lukaku, Rashford o'yini hozircha chiqmayapti. 

33. Jamoalarning APLdagi so'nggi 5 uchrashuvi

30. "Arsenal" burchakka yaqin joyda qo'pollik ishlatdi. Lyuk SHou uzatmasi Dalotga borib tushdi, uning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

29. "Arsenal" qarshi hujum taktikasi bo'yicha harakat qilmoqda.

28. Rashford ushlab qolindimi? Sokratisga to'p tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdimi? 

27. To'p nazorati "Arsenal" qo'lida — 56:44(%)

24. Lyakazettning zarbasini Smolling qaytardi va burchak zarbasi amalga oshiriladi.

23. Bugungi g'alaba "Arsenal"ni o'zi uchun qadrli bo'lgan 4-o'ringa olib chiqadi. APLdagi vaziyat>>> 30-tur

To'purarlar:                                                                           

1. Per-Emerik Obameyang 16 gol        

2. Aleksandr Lyakazett 12 gol             

3.  Romelu Lukaku 12 gol      


19. Yaxshi zarba! Fredning mo'ljali darvoza ustuni bo'lib chiqdi.

16. Eshli Yang "qizil iblislar" joniga oro kirdi. "Arsenal" shturm qilishda davom etmoqda. Tezkor gol Unai Emeri shogirdlarini ruxlantirib yubordi. 

12. GOOOOOOOOL! Gapimizga teskari ravishda Jaka "Arsenal"ni oldinga olib chiqdi! 1:0. Sulsher jamoasi bu holatda qanday yo'l tutadi? O'yinni kuzatishda davom etamiz. 

12. Mana shu uchrashuv Parijdagi o'yinni eslatib yubormoqda. PSJ kabi "Arsenal" ham tajovuzkor boshladi. Ammo, MYU aqlli va taktik ko'rsatmalarga asoslangan o'yin ko'rsatmoqda. 

10. "Arsenal"da burchak to'pi. Jakadan muvaffaqiyatsiz uzatma.

8. MYU bugungi o'yinga PSJ bilan uchrashuvga qaraganda optimal tarkib bilan maydonga tushdi.

2. "Arsenal"da yaxshi imkoniyat! Lyakazett oyog'i uchi bilan to'pga tegib ketganida bo'ldi edi. Sal qoldi.

1. Uchrashuv boshlandi. Qani ketdik!


21:12 — Assalomu alaykum qadrli APL muxlislari! Angliya chempionati 30-turining markaziy uchrashuvini kuzatib borishga taklif etamiz. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. 

"Arsenal" va "Manchester Yunayted" APLda umumiy 53 marta to'qnash kelgan. Ularning 13 tasida "kanonirlar", 24 tasida mankunianliklar g'alaba qozonishgan. 16 bahsda durang qayd etilgan.


Jamoa xabarlari

Bugungi uchrashuvni "Arsenal" safida Lukas Torreyra, Ektor Belerin (tizza), Rob Xolding (tizza) va Dani Uelbek (to'piq) kabi futbolchilar jarohat sababli o'tkazib yuboradi.

MYU tarkibida Ander Errera qatnasha olmaydi. 


Jamoalar "Emireyts" stadioniga etib kelishdi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика