APL. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun 4 nomzod malum qilindi
08 may 2021 00:15
Yangiliklar
APL. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun 4 nomzod malum qilindi
APL matbuot xizmati aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlarni malum qildi.
Unga ko'ra, ushbu etirof uchun Ole-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted"), Marselo Belsa ("Lids"), Sem Ellardays ("Vest Bromvich") va Stiv Bryus ("Nyukasl") kabi murabbiylar kurash olib boradi.
Qayd etish kerak, Sulsher o'tgan oyda 4 o'yinda 3 g'alaba va 1 durang qayd etgan bo'lsa, Belsaning "Lids"i 2 g'alaba va 2 durang qayd etdi.
Ellardays esa ketma-ket "CHelsi" va "Sautgempton"ni mag'lub etdi. Bryusning "Nyukasl"i 2 g'alaba va 2 durangni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Mart oyida Tomas Tuxel eng yaxshi murabbiy bo'lgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar