So’nggi yangiliklar

00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:31Германия кубоги финали. "Арминия" ва "Штутгарт" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  11 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  31 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

APL. 6-tur. "Manchester Yunayted" amaldagi chempionni taslim etdi Yangiliklar

APL. 6-tur. "Manchester Yunayted" amaldagi chempionni taslim etdi

Teglar :  APL
Bugun Angliya premer ligasining oltinchi turiga start berildi.

Turni markaziy o'yinlardan biri ochib beradi. "Manchester Yunayted" jamoasi amaldagi chempion "Lester"ni qabul qiladi.


APL, 6-tur
"Manchester Yunayted" – "Lester" 4:1

24 sentyabr, 16.30, "Old Trafford"
Bosh hakam: Mayk Din
Gollar: K.Smolling 22, X.Mata 37, M.Reshford 40, P.Pogba 42 - D.Grey 59

"Manchester Yunayted": De Xea, Valensiya, Smolling, Bayi, Blind, Pogba, Errera, Reshford (U.Runi 83), Mata (E.Yang 87), Lingard (M.Kerrik 78), Ibragimovich.

"Lester": Ciler, Simpson, Xut, Morgan, Fuks, Marez (E.King 46), Drinkuoter, Amarti, Olbrayton (J.SHlupp 62), Slimani, Vardi (D.Grey).

Ogohlantirish: R.Xut 50



MATNLI TRANSLYACIYA

Mayk Din uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berdi.

89. Jamoalar o'yin tugashiga tayyordek harakat qilishmoqda.

87. Gol urgan va golli pas bergan Mata o'rniga Eshli Yang maydonga tushdi.

Bugun Maykl Kerrik MYU tarkibidagi 500-o'yinini o'tkazmoqda.

83. Bugun gol urgan Reshford o'rniga maydonga Ueyn Runi maydonga tushdi.

81. Grey ikkinchi bo'limda maydonga tushgach jamoasi o'yinini kuchaytirdi.

78. MYU tarkibida Jessi Lingard o'rniga Maykl Kerrik maydonga tushdi.

77. Zarbaaa, Greyning yana bir super zarbasidan so'ng De Xeadan super seyv.

72. Erreraning zarbasi juda noaniq chiqdi.

68. King bergan zarbani De Xea ushlab oldi.

66. Zlatanning yaqin burchakka erlatib bergan zarbasini Ciler qaytardi.

62. "Lester" tarkibida Olbrayton o'rniga Jeff SHlupp maydonga tushdi.

59. Goooolllll, Greyyy, 4:1. Demarai Greydan super gol. CHap qanotdan Lingardni ortda qoldirgan Demarai kutilmaganda juda kuchli va aniq zarba yo'lladi.

53. Zlatan ikki himoyachidan ustun kelib bosh bilan zarba berdi, noaniq.

50. Pogbaga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun "Lester" sardori Robert Xutga sariq kartochka ko'rsatildi.

Ikkinchi bo'lim avvalida Raneri Marezning o'rniga Endi Kingni, Vardining o'rniga esa Demarai Greyni maydonga tushirdi. Raneri jamoa etakchilarini CHempionlar ligasiga asrashni maqul ko'rdi nazarimizda. Baribir bu o'yinni qutqarib qolish qiyin.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlandi. Hozircha hisob 4:0.

O'yinning birinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Gooooollllll, Pogbaaaa, 4:0. Pogbaning MYU tarkibidagi debyut goli. Blinddan esa ikkinchi golli pas.

40. Goooooolllllll, Reshfordddddd, 3:0. MYU futbolchilari yana bir bor burchakni natijali tugatishdi. Blind Mataga, Mata esa Reshfordga. Markus to'pga oyog'ini qo'ysa bo'ldi edi va hisob yiriklashdi.

37. Gooooollllll, Mataaaa, 2:0. Mata o'zi boshlagan hujumni o'zi yakuniga etkazdi. Pogba Lingardga juda aqlli pas berdi, Lingard esa to'pni Mataga tashlab berdi. Xuan hujumni chiroyli zarba bilan tugatib qo'ydi.

34. "Lester"ning hujumi Marezning omadsiz pasi bilan yakuniga etdi.

30. Zarbaaa, Pogbaning uzoq masofadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Ciler bir amallab urib yubordi.

27. Pogbaning zargarona pasidan keyin Ibra to'pni ko'kragida o'nglab olib zarba berdi, biroz noaniq.

27. Reshfordning qaychi uslubidagi zarbasi ham noaniq chiqdi.

25. Zarba, Reshford Ibragimovichning aqlli pasidan keyin juda ham noaniq zarba berdi.

22. Golllllllll, Kris Smollingggg, 1:0. Deyli Blindning burchakdan etkazib bergan to'pini Smolling boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Uchrashuvni MYU afsonalari Vidich va Ser Aleks Fergyussonlar bevosita stadiondan birga kuzatib borishmoqda.

20. "Yunayted" futbolchilari to'pni nazorat qilishga intilishmoqda.

17. Avvaliga Drinkuoterning zarbasini himoyachilar qaytargan bo'lsa, Xutning zarbasiga aniqlik etishmadi. "Lester" aktivlishdi.

13. "Lester" raqib darvozasi oldida xavf uyushtirdi, samarasiz.

10. Olbraytonning pasini De Xea ushlab oldi.

9. Ibraning pasiga Reshford biroz ulgurmadi.

7. Ibraning o'z uslubida tepgan to'pi noaniq chiqdi.

4. O'yindagi birinchi zarbani Blind berdi, uning zarbasi yuqoriga ketdi.

3. Mour hozircha o'yinni jiddiy qiyofada kuzatmoqda.

1. Riyad Marez o'ng qanotdan o'z yurishini boshlamoqchi bo'lganda, Blind to'pni undan olib qo'ydi.

Uchrashuv boshlandi. Ketdik.

Bugun MYU 4-2-3-1 sxemasida o'yinni boshlasa, "Lester" 4-4-2 sxemasida o'ynaydi.

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. Bugun MYU sardori Ueyn Runi zaxirada qoldirilgan, jamoani esa Kris Smolling sardor sifatida maydonga olib tushdi.

Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Angliyada katta futbol kuni, Premer ligada 6-tur bahslariga start berilmoqda. Turni super o'yin ochib beradi. Mamlakatning amaldagi chempioni "Lester" klubi Angliyaning eng ko'p chempioni "Manchester Yunayted" uyida mehmon bo'lmoqda. "Old Trafford" har doimgidek to'lgan, muxlislar sevimli jamoalaridan faqat g'alaba kutishmoqda.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика