So’nggi yangiliklar

13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  0 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  0 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   1 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  18 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  26 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  8

APL 26-turidan keyin biz bilgan 7 fakt Yangiliklar

APL 26-turidan keyin biz bilgan 7 fakt

“Manchester Siti” “CHelsi” darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi. “Liverpul” qiyin davrdan chiqib ketdi.

“Manchester Yunayted” avgustdan beri birinchi marta kuchli to'rtlikka ko'tarila oldi. SHu kabi boshqa faktlar 26-tur sarhisobida.

“Manchester Yunayted” kuchli to'rtlikka qaytdi.

Dekabr o'rtalarida bunga deyarli barcha ishonmas edi, lekin “Manchester Yunayted” nafaqat kuchli to'rtlikka qayta oldi, balki buni juda qisqa muddat ichida uddaladi. To'g'ri, “CHelsi”  va “Arsenal” ning omadsizliklari ham  bunda muhim rol o'ynadi, lekin baribir asosiy ishni mankunianliklarning o'zlari bajarishdi. Murabbiy almashgandan keyin ular to'qqiz o'yinning sakkiztasini yutishdi.

“Fulxem” maydonida ular osonlik bilan g'alaba qozonishdi. Sulsherda bazi o'yinchilarga “PSJ” bilan o'yindan oldin dam berish imkoniyati ham paydo bo'ldi. “Fulxem” esa nima uchun mavsum boshidan beri xavfli zonada o'ralashib yurganini ko'rsatdi. “Dala hovlichilar” bir ikki yaxshi hujum bilan “MYU”ni shoshirib quygandek edilar, lekin o'zlari keyinroq raqib jamoaning xavfli hujumlar tashkil qilishiga yordam berib yubordilar. Natijada esa ikki ajoyib gol yuzaga keldi. SHuni aytib o'tish kerakki, hozirda qizil iblislar faqat oldinga yo'naltirilib qo'yilgandek. Jamoa so'nggi ikki oyda ajoyib natijalar ko'rsatmoqda. Natijada jamoa mavsum startidan beri birinchi marta kuchli to'rtlikda bo'lib turibdi.

“Liverpul” omadsizlikdan chiqib ketdi

“Mersisaydliklar” “Lester” va “Vest Xem” ga qarshi o'tkazilgan muvaffaqiyatsiz o'yinlardan shikoyat qilishlariga hojat yo'q. Aslida jamoa bundan oldingi ikki turda mag'lub bo'lishi ham mumkin edi. Jamoa birinchi o'rinda ekanligi jamoaga etakchilik bosimi bo'lib xizmat qildi. “Manchester Siti” ning 27-turdagi “Everton”ga qarshi o'yinni oldinroq o'tkazgani “Liverpul”ga psixologik bosimni kuchaytirdi. “Liverpul” da zahira o'yin bor edi, lekin jamoa uikendga ikkinchi o'rinda kirib keldi.

“Bornmut”ga qarshi o'yinda Yurgen Klopp jamoasi omadsizlikka qarshi yaxshi reaksiya ko'rsata oldi. Bu jamoaning bu yil hisobidan eng ajoyib o'yinlaridan biri bo'ldi, hisob esa 3:0 ga qaraganda ham yirikroq bo'lishi mumkin edi. “Bornmut”ni bu o'yin uchun ayblab bo'lmaydi. Kuchli oltiliik jamoasidan uchralgan mag'lubiyat Eddi Xau jamoasi uchun unchalik ham fojea emas, balki oddiy holatdir. Lekin bu safar jamoa klass jihatdan ancha kuchli bo'lgan raqibga kuchi etmadi. “Olchalar” baxtiga qarshi, “Liverpul” shanba oqshomida anchadan beri o'ta bemalol o'ynadi.

“Uotford” Markus Silvani xafa qildi.

“Vikeridj Roud”da o'zlarining sobiq murabbiylarini kechirishmadi. “Uotford” sardori Troy Dini hardoyimgidek o'yinoldi intervyusida Silvaga nisbatan hurmatni saqlab o'tirmadi va ochiqdan ochiq jamoadoshlarini “Everton”ga qarshi “jang”ga chorladi.

Lekin o'yinda buni amalga oshirish unchalik oson ish emasligi bilindi va “Uotford” nisbatan teng kechgan o'yinda hakamlar yordami bilan g'alaba qozondi. Lekin shunday bo'lsa-da “Uotford” muxlislariga aynan Silva jamoasiga qarshi  qo'lga kiritilgan shirin g'alaba ularning o'yin oxirida Markusga qarshi “Xavi Garsiya sendan kuchliroq edi” deya qo'shiq kuylashlariga sabab bo'ldi. Markus Silva esa hozirda bu tanqidlarga qarshi natijalar bilan maqtana olmaydi. “Everton” faqatgina “Uotford” ga qarshi o'yinda emas, balki tez – tez mag'lub bo'lmoqda. “Irislar” so'nggi 11 uchrashuvning sakkiztasida mag'lub bo'ldilar. Bundan natijalar esa Silvaning Angliyada bu yili mavsumning oxirigacha o'z vazifasida qolishini shubha ostiga qoldirishi mumkin.

Xazentyuttlning “Kardiff”da omadi kelmadi

“Sautgempton”ning ayni paytdagi bosh murabbiyining debyut o'yini ham birinchi davrada “Kardiff”ga qarshi o'yinga to'g'ri kelgan edi va o'yinda uning jamoasi alamli tarzda (1:0) maglubiyatga uchragan edi. SHunday keyin avstriyalik murabbiy jamoa o'yini va natijalariga qo'sha olgan edi, lekin aynan “Kardiff”ga qarshi o'yinda hammasi jamoaning yana xavfli zonaga tushib qolishi bilan yakun topdi.

Mazkur bahs faqat 65 daqiqa faqat kurashdan tashqari boshqa hech narsani taqdim etmadi, lekin o'yinning oxirgi lahzalari haqiqiy dramaga aylanib ketdi. “Kardiff” o'zining o'yindagi birinchi burchak to'pidan keyin hisobni ochgan bo'lsa, “avliyolar” o'yin oxirlarida tenglikni taminlashdi. Hamma hisob tenglashgandan keyin “Soton”ning bosim uyushtirishi va ikkinchi golni urib g'alabani taminlashini kutayotgan paytda, voqealar rivoji teskarisiga aylanabi ketdi va uch ochko Uelsga qarab yo'l oldi. O'yindan so'ng Xazentyuttl bunday o'yin bilan ularda ligada jon saqlab qolish imkoniyati bo'lmasligini takidladi. Maydon tashqarisida o'ta qiyin davrni boshdan o'tkazayotgan “Kardiff Siti” esa, so'nggi haftalar davomida o'zining imkoniyatlarini ancha yaxshiladi. Nil Uornok jamoasi bu mavsum birinchi marta qatorasiga ikki o'yinni yutishdi. Haqiqatdan ham jaoyib natija, chunki jamoa oliy divizionda bunday natijani oxirgi marta 1962-yili qayd etgan ekan!

Xiton “Byornli”ga yutqazishga ruxsat bermayapti

Jo Hart dekabr oxirida “Byornli” asosiy tarkibidagi o'rnini asossiz ravishda yo'qotganini aytishi mumkin. Angliya terma jamoasi eks darvozaboni “qizillar”ning ketma-ket omasizliklarida aybdor etilmagan kamdan-kam o'yinchilardan biri  edi, lekin uning qahramonliklari ham SHon Daych jamoasini mag'lubiyatlardan saqlay olmadi. O'z uyida “Everton”dan qabul qilib olingan 1:5 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin murabbiy darvozaga Tom Xitonni qaytarish vaqti kelganligi angladi. Ehtimol u aynan shu qarori bilan “Byornli”ga sovuqqonlikni qaytargandir.

Aynan shunday ham  bo'ldi. Xiton jamoa himoyachilariga himoyadagi tartibni saqlashga yordam bermoqda va jamoa ligada so'nggi etti o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. “Qizillar” mazkur o'yinlarning to'rttasida g'alaba qozonishdi va takidlash kerakki Sulsherning “MYU” sidan ochko tortib olgan yagona jamoa bo'lib turishipti. SHanba kuni “ Brayton”ga qarshi o'tkazilgan safar uchrashuvida Tom haqiqiy qahramonga aylandi. Hisob 1:3 bo'lishiga qaramay o'sha kuni Angliya janubida  “Byornli”ga haqiqiy manoda omad kulib boqdi. Jamoa Xitonning birnecha ajoyib seyvlari va hakamlarning yordami bilan safardan g'alaba bilan qaytdi. Jo Xartda ham shunday seyvlar bo'lgan edi, lekin farqi shundaki, Xitonning seyvlari jamoaga ochko olib kelmoqda.

“Tottenxem” chempionlik poygasida

“Lester”ga qarshi o'yinda “Tottenxem” o'tgan turlardagi o'yinlar kabi o'yin oxirida g'alabani sug'urib olmadi, lekin o'yinning borishi “Uotford” va “Nyukasl” ga qarshi kechgan o'yindagidek bo'ldi. “SHporlar” yana o'z uslublarida o'yinni olib borishdi. Lekin bazi vaziyatlarda raqibdan ancha yomon tarzda harakatlanishdi.

Natijaning bunday tus olgani uchun “Lester” o'yinchilari o'zlarini ayblashlari kerak. Ular “ Uembli” dan uch ochko bilan ketish uchun etarli darajada vaziyatlar yaratishdi. Xarvi Barns aniqroq harakat qilganida, Jeymi Vardi esa penaltidan unumli foydalanganida mazkur bahs boshqacha hisob bilan yakunlanishi mumkin edi. Lekin so'nggi turlarda “Uembli”da barcha epizodlar “Tottenxem” foydasiga sodir bo'layotgandek va bu bahs ham bundan mustasno bo'lmadi. Odatdagidek “tovuqlar”  o'yin  oxirida gol urishdi va yana gol Son Xyon Min hisobiga yozildi. Lekin bu safar janubiy koreyalikning goli g'alaba keltirgan gol bo'lmadi, lekin o'yin oxirida “Lester”ning amalga oshirishi mumkin bo'lgan ehtimoliy bosimining oldini oldi. Xarri Keynsiz va o'zining eng yaxshi o'yinlarisiz ham “Tottenxem” chempionlik poygasida qolish yo'lini topyapti.

“CHelsi” yana mehmonda xo'rlandi

Maurisio Sarri jamoasi “Manchester Siti” 6:0 hisobida mag'lub bo'lgandan keyin, jamoa “Xaddersfild”ni o'z uyida 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganini hech kim eslamayapti. Bu esa “Bornmut” ga 4:0 hisobida mag'lub bo'linganidan keyin 10 kun o'tib sodir bo'ldi. Mehmondagi ketma-ket ikkita mag'lubiyat va umumiy hisobda o'tkazib yuborilgan 10 ta gol, shuningdek bir o'yinda o'tkazilgan 6 ta gol (bu “CHelsi” tarxidagi eng yirik mag'lubiyat) so'nggi 28 yilda endi sodir bo'lmoqda.

Dekabrda “ko'klar “Manchester Siti” ni bu chempionatda mag'lub etgan dastlabki jamoaga aylanishgan edi. O'z uyida jamoa chempionlarni himoyaviy uslubda o'ynagan holda mag'lub etdi. Angliyadagi eng yorqin g'alabasini qo'lga kiritish uchun Maurisio Sarri o'zining asosiy prinsiplaridan voz kechgan edi, yani himoyadan turib o'yinni qurgan edi. “CHelsi” bu o'yinga qanday reja asosida tayyorlanganini aytish qiyin, chunki qanday reja yoki taktika o'ylangan bo'lsa ham, u dastlabki o'n besh daqiqa ichida yakson qilindi. Barchasi Markos Alonsoning xatosidan boshlandi. Aynan bu xato  o'yinning vektorini belgilab beri: “CHelsi” sharoit yaratdi, “Siti” esa bundan ajoyib tarzda foydalandi. Hisob 1:0 bo'lib turgan vaziyatda Aguero shunchaki to'p yo'lini to'sish talab etiladigan joyda, ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi, lekin bu xatoni u keyin o'zining ketma-ket ikkinchi xet-triki bilan “yuvdi”. Muxlislar oldida mazkur bahsdagi ayanchli hisob uchun aybini yuvish “CHelsi” uchun oson bo'lmaydi, lekin Liga Kubogidagi “Siti”ga qarshi o'yin bu uchun ajoyib imkoniyat. Lekin jamoa bu uchun o'yinga aniq reja ishlab chiqishi va uni amalda tatbiq eta olishi kerak.


Mamurjon Ibragimov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика