So’nggi yangiliklar

23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  1 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  4 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  12

APL: 22-tur prevyusi Yangiliklar

APL: 22-tur prevyusi

Ortiqcha tariflashga hojat bo'lmagan “CHelsi” – “Manchester Yunayted” o'yini, muvozanatini yo'qotayotgan “Sautgempton”, to'xtatib bo'lmay qolgan “Man Siti”– shu va APLning navbatdagi turida kutilayotgan boshqa intrigalari bilan, tur oldi prevyusida tanishing.


“Sautgempton"ning asablari imtihon qilinmoqda

“Sutgempton”da dabdurustdan o'zgarishlar bo'lib ketdi. Klubga ko'p mehnati singgan va uni elitaga olib chiqishda jonbozlik ko'rsatgan klub prezidenti Nikola Korteza, klub xo'jayini bilan kelisha olmay, ishdan bo'shadi. Bu narsa futbolsilarning kayfiyatiga ko'p ham tasir qilishi kerak emasdek bir qarashda. To'g'ri-da, prezident kim bo'lsa, bo'lavermaydimi? Lekin havotirli tomoni shundaki, jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ham agar Korteza ketsa, ishdan bo'shashingi aytgan edi. Uning ketish ehtimoli esa to'g'ridan-to'g'ri futbolchilarga tasir o'tkazmay qolmaydi. Bunday vaziyatdan ularning ushbu turdagi raqibi “Sanderlend” qanchalik foydalana olishini esa tomosha qilishimizga ko'p vaqt qolmadi. “Qora mushuklar” uchun hozir har bir ochko juda muhim. Axir ular elitada jon saqlash uchun kurashishmoqda...



“Siti”ning mavsumdagi 100-golini kim urar ekan?

“Kardiff”ga qarshi o'yin oldidan “Manchester Siti” mavsum ekvatorida juda kam uchraydigan noyob voqelik ostonasida turibdi. Mavsumning barcha turnirlardagi 100-goli aynan mana shu turda kiritilishi mumkin. “SHaxarliklar” hisobida hozirgi paytda 99ta gol bor. Ushbu turda Pellegrini shogirdlari “Etixad”da o'ynashi va katta ehtimolki g'olib bo'lishini etiborga oladigan bo'lsak, bu o'yindagi eng asosiy intriga, mana shu 100-golni kim urishidadir? Sizningcha bu gol muallifi kim bo'ladi?



O'zinikilarga begona bo'lgan Pyulis

“Stouk”ni Premer-Ligaga aynan Toni Pyulis olib chiqqan bo'lsa-da, jamoa muhlislari uning ishdan bo'shatilganini eshitib, ko'p ham hafa bo'lishgani yo'q. “Britani” stadionida hech kim ko'z yosh to'kmadi bundan. Muhlislar uning eskicha, urfdan chiqib ketgan o'yin uslubidan norozi edi. Hatto yaxshigina pul sarflab, kuchli futbolchilarni chaqirsa ham u o'z uslubini o'zgartirmagandi.

SHanba kuni esa Pyulis o'zining sobiq jamoasiga qarshi birinchi marta maydonga chiqadi va tabiiyki, u g'alabani hammadan ham ko'proq istaydi. Umuman olganda “Pelas”ning o'zi uchun ham bu g'alaba, muloyimroq qilib aytgand, zarar qilmagan bo'lardi. Agar Toni ohir-oqibat g'alabani ilib keta olsa, muhmon jamoa muhlislaridan o'z manziliga “chiroyli”hayqiriqlarni qabul qilib olishi tayin. Angliyada safar uchrashuvlarida ham muxlislar jamoasini hech ham yolg'iz qoldirmasligi haqida ortiqcha gapirib o'tirish shart bo'lmasa kerak.


“Emireyts”da intriga nechanchi daqiqada tamom bo'larkin?

“Arsenal” o'z maydonida mavsum boshidan buyon mag'lub bo'layotgani yo'q. Aaroe Remsi ham maydonga qaytishga tayyor ekanligi  xabar qilinayotgan bir paytda, “Arsenal” g'alabalardan charchab qolayotgani yo'q. London derbisidagi “kanonir”larning bu turdagi raqibi Fulxem” esa turnir jadvalining yuqori qimida joylashgan 10ta jamoaga qarshi o'yinlardagi daxshatli statistikasi bilan ko'z o'ngimizda namoyon bo'lyapti. Ular 10ta o'yinda 10 bora mag'lub bo'lishgan! 31 (!)ta gol o'tkazib yuborishgan. Agar Rene Malestin favqulotda nimadir o'ylab topa olmasa, ko'p ehtimolki, quruq qo'l va bir nechta o'tkazilgan gol bilan uyga qaytishsa kerak. O'yindagi eng asosiy savol: . “Emireyts”da nechanchi daqiqada tamom bo'larkin?



“Stemford”ga van Persi-yu Runisiz, hadik bilan

Manchesterdan Londonga yo'l olayotgan avtobusda, Robin van Persi, Ueyn Runi hamda yangi sotib olingan yaxshi yarim himoyachi bo'lmaydi. Avvalgi ikkitasi jarohatidan qutilmagan, uchinchisi esa hali harid qilinmagan. Turnir jadvalidan esa ettinchi pog'ona band etilgan. Ha, anchadan beri “MYU” bunday ahvolda “Stemford Brij”ga tashrif buyurmagandi. 


Bilamiz, Joze Mourino “Yunayted”ni chempionlik uchun kurashvyotgan jamoalar safidan chiqarib yuborishga shoshilmaslik kerakligini takidlayapti. Biroq, shuni ham yaxshi tushinib turibmizki, bu – raqibga ko'rsatilayotgan hurmatdan boshqa narsa emas. Devid Moyes jamoasi mana necha oyki, CHempionlar Ligasiga yo'llanma beruvchi zonaga ko'tarilib ololganicha yo'q. SHotlandiyalik murabbiy “aristokratlvr”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat uning uchun shunchaki yomon mavsumni, juda ham yomonga aylantirib yuborishi, ahvol yanada yomonroq bo'lishi mumkinligini yaxshi tushunib turgani aniq. Agar etakchi futbolchilarsiz ham ijobyi natija qayd etilsa, jamoaning ruhiy holatiga bu yaxshi tasir etishi va g'alabalarda barqarorlik qaytishi ham mumkin.


SHervud taktik sxemada o'zgarish qiladimi?

Ha, o'tgan hafta “Suonsi” “MYU”ga imkoniyatni boy berdi. Biroq to'pga egalik qilishda 61% ko'rsatgichga erishdi va har xolda birinchi bo'limda raqiblarga hujum qilish uchun ko'p ham imkon bergani yo'q. Jarohatlar hamda qaziyatlardan foydalanish ko'rsatgichining pat ekanligi – uelsliklarning eng asosiy muammolaridir. Mikael Laudrupni tinchlantiradigan yagona omil esa – barqaror va ishonchli o'rta chiziq.


“Tottenxem” esa Tim SHervud murabbiyligi ostida faqatgina 4-4-2 taktik sxemasida o'ynayapti. SHuning uchun ham SHervud “Ikkinchi Harri” laqabini olib ulgurdi. Bu sxema autsayder jamoalarga qarshi imsh berayotgan bo'lsada, kuchliroq raqiblarga kelganda har doim ham muvoffaqiyat olib kelayotgani yo'q. “Arsenal”ga qarshi o'yin bunga yaqqol misol. Agar SHervud taktikada yangi biror narsa qo'llab ko'rmasa, bu safargi o'yinda ham qiynalib qolishi hech shap emas.


“Vest Brom” qo'msagan yigit


“Vest Bromvich” xo'jayinlari balki Stiv Klarkni sotishga biroz shoshilishgandir. Lekin jamoa boshqa bir insonni ushlub qola olmaganidan ko'proq afsusda bo'lsa kerak. Hozirgi paytgacha “Vest Brom” 21 o'yinda 23tagina gol kirita olgan xolos. Ha, Romelu Lukakuning yo'qligi yaqqol bilinyapti. Uning qadri o'tayotgani aniq. Bu turda Lukaku sobiq jamoasiga faqat o'tkazib yuborilgan gollar sonini oshirishda yordam bera oladi xolos. SHu bilan birga bu klub kimdan ayrilganini eslatishi, uni qo'msashga majbur qilishi, yana yarim yildan so'ng “Everton” ham shunday ahvolga tushishi mumkinligini ko'rsatib qo'yishi mumkin.


22-tur o'yinlari

18 yanvar 2014 yil, shanba

17:45   Sanderlend - Sautgempton

20:00   Arsenal - Fulxem

20:00   Kristal Pelas - Stok Siti

20:00   Manchester Siti - Kardiff Siti

20:00   Norvich Siti - Xall Siti

20:00   Vest Xem Yunayted - Nyukasl Yunayted

22:30   Liverpul - Aston Villa


19 yanvar 2014 yil, yakshanba

18:30   Suonsi Siti - Tottenxem Xotspur

21:00   CHelsi - Manchester Yunayted


21 yanvar 2014 yil, seshanba

01:00   Vest Bromvich Albion - Everton


Tur oldidan turnir jadvali



#JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatT-NOchko
1Arsenal21153341-1948
2Manchester Siti21152459-2347
3CHelsi21144340-1946
4Liverpul21133551-2642
5Everton21118234-1941
6Tottenhem21124526-2540
7Man. Yunayted21114635-2437
8Nyukasl21103829-2733
9Sautgempton2186727-2330
10Xall Siti21651022-2723
11Aston Villa21651020-2723
12Stok Siti2157922-3522
13Suonsi Siti21561026-3021
14Vest Bromvich2149823-2821
15Norvich Siti21551117-3520
16Fulhem21611422-4619
17Vest Xem21461121-3018
18Kardiff siti21461115-3418
19Sanderlend21451219-3417
20Kristal Pelas21521413-3117


Abror Qodirov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика