So’nggi yangiliklar

17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  0 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  34 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  1

APL: 21-tur. Bugungi o'yinlar prevyusi Yangiliklar

APL: 21-tur. Bugungi o'yinlar prevyusi

Bugun APL 21-tur doirasidagi bir necha o'yinlar bo'lib o'tadi. Etiboringizga aynan bugungi o'yinlar prevyusini havola etamiz.

XALL - CHELSI (17:45)

Ushbu jamoalar o'rtasidagi barcha uchrashuvlar tarixida “Xall” faqatgina to'rt marotaba “CHelsi” ustidan g'alaba qozona olgan.So'nggi marta bu voqea 1988 yilda ro'y bergandi. 

SHuni ham aytish kerakki, “Xall” huddi “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Liverpul” kabi uy uchrashuvlarida eng kam gol o'tkazayotgan jamoalardan biri bo'lib turibdi. Bor yo'g'i oltita gol o'tkazib yubordi mezonlik qilgan o'yinlarida. 

“CHelsi” esa chempionatdagi so'nggi 5 uchrashuvda to'rtta g'alabaga erishdi. 

“Xall Siti” himoyachisi Pol Maksheyn jarohati tufayli bir oycha maydonga tusha olmaydi. Jumladan uushbu o'yinda ham. Undan tashqari Stiv Bryusning yana bir necha yigitlari virusli kasalliklar yuqtirib olishgan. Ammo murabbiy bu futbolchilar o'yinga tayyor bo'lishidan umid qilmoqda.

“CHelsi”da ham yo'qotishlar yo'q emas. Yaqmn bir oy ichida “aristokratlar” tajribali Frenk Lempard va Branislav Ivanovich xizmatlaridan foydalana olishmaydi.

"CA" taxmini: 40% - 60%


TOTTENXEM - KRISTAL PELAS (20:00)

Tim SHervud jamoani boshqarishni boshlagach, ahvoli bir oz yaxshilangandek taassurot qoldirayotgan “Tolttenxem”ning “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvlaridagi statistikasiga havas qilib bo'lmaydi. Jamoalarning o'zaro so'nggi 9 uchrashuvida faqat bir bora g'alaba qozona olgan. U ham bo'lsa ushbu mavsumning birinchi turida. Londonliklar o'z uyidagi 10 yinda faqatgina 15 ochko to'plashga va 11tagina gol urishga erishgan. So'nggi o'n uchrashuvda SHervud shogirdlari faqat bir martagina gol o'tkazib yubormasdan o'yinni yakunlagan. 

“Kristal Pelas” esa o'zining so'nggi besh o'yinidan faqat bittasini yuta oldi. Toni Pyulis qo'l ostida ular yig'ishi mumkin bo'lgan 24 ochkodan faqat 10 ochko qo'lga kiritishga muvoffaq bo'ldi.

“Tottenxem”dagi yo'qotishlar: Yunus Qobul, Yan Vertongen, Paulino, Sandro, Gulfi Sigurdsson, Lyuis Xoltbi va Erik Lamela.

"Kristal Pelas"da esa yo'qotishlar deyarli yo'q. “Vest Bromvich”ga qarshi o'yinda jarohati tufayli o'ynay olmagan Kemeron Jerom safga qaytdi.

"SA" taxmini: 65% - 35%


EVERTON - NORVICH (20:00)  

“Everton” APL doirasidagi o'zaro besh o'yindan beri “Norvich”ni enga olmayapti. Ularning to'rttasi durang va bittasi liverpulliklarning mag'lubiyati bilan nihoya topgan. Biroq “Everton” bu mavsumni avvalgisidan ancha yaxshi o'tkazayotganini takidlash kerak. Roberto Martines boshqarib kelayotgan jamoa o'tgan yili ayni shu davrda hozirgidan 5 ochko kamroq yiqqandi.  

“Norvich” esa keta-ket beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmayotgani ham etiborga molik.  

Bugungi o'yinda kichik jarohatlarini davolatib ulgurgan “Everton”ning etakchi futbolchilari Leyton Beyns va Ross Barkli ishtirok eta oladi. Fil Yagielka va Silven Disten yana bir hafta davolanishlari kerak. 

Diskvalifikaciyani o'tab bo'lagn “Norvich” yarim himoyachisi Leroy Fer safga qaytadi.  Ues Xulaxan va Bredli Jonson ham jarohatlaridan qutilshgan. 

“Norvich” safidagi yo'qotishlar: Maykl Terner, Elliott Bennett, Djonni Xouson, Aleks Tettey va Entoni Pilkington.

"SA" taxmini: 65% - 35%


FULXEM - SANDERLEND (20:00)

Ushbu mavsumda “Fulxem” allaqachon 42ta gol o'tkazishga ulgurdi. Ayni paytda APLda eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa ham aynan ulardir. Ularning bugungi raqiblari bo'lmish “qora mushuklar” safardagi so'nggi to'rt o'yinda mag'lubiyat nima ekanini bilmay kelishyapti. 

“Fulxem” hamon Bred Xangeland xizmatlaridan foydalana olmaydi. Biroq safga Maarten Stekelenburg qaytishga tayyor. 

“Sanderlend”da esa jarohatlar bilan bog'liq holat avvalgi turlardagidek. Yani faqatgina Kiren Vestvud va Karlos Kuelyar maydonga tushishga tayyor emas.

"SA" taxmini: 50% - 50%


MANCHESTER YUNAYTED - SUONSI (22:30) 

Bir hafta ilgari “Suonsi” o'z tarixida ilk bor “Old Trafford”da g'alaba qozonishga erishdi va bu g'alabasi bilan “Manchester Yunayted”ni Angliya Kubogidan chiqarib yubordi.  “Qizil iblislar” o'z uylaridagi so'nggi 6 o'yinning to'rttasida mag'lubiyatga uchradilar. “MYU” so'nggi uch o'yinda enggilgan bo'lsa, “Suonsi” butun mavsum davomida chempionatda faqat besh bora g'alaba qozona olgan. “Oqqushlar” o'z uyidagidan ko'ra safarda ko'roq g'alaba qozonayotgan to'rt jamoaning biridir.

“Manchester Yunayted” bu o'yinni ham Ueyn Runi va Robin van Persisiz o'tkazishga majbur. SHuningdek, Jonni Evansning ham maydonga tushishi so'roq ostida. 

“Suonsi” Pablo Ernandes va Rolan Lamani o'ynata olmaydi. SHuningdek Mixel Vorm ham jarohatini davolashni davom ettirmoqda.

"SA" taxmini: 60% - 40 % 

#JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatT-NOchko
1Arsenal20143339-1845
2Manchester Siti20142457-2344
3CHelsi20134338-1943
4Liverpul20123546-2339
5Everton20108232-1938
6Tottenhem20114524-2537
7Man. Yunayted20104633-2434
8Nyukasl20103729-2533
9Sautgempton2076726-2327
10Xall Siti2065922-2523
11Aston Villa2065919-2523
12Stok Siti2057819-3022
13Suonsi Siti2056926-2821
14Vest Bromvich2049723-2721
15Norvich Siti20551017-3320
16Fulhem20611321-4219
17Kardiff siti20461015-3218
18Kristal Pelas20521313-2917
19Vest Xem20361119-3015
20Sanderlend20351215-3314
Abror Qodirov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика