So’nggi yangiliklar

10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  1 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  2 09:47Мўжиза рўй бермади – аммо, ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  7 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  16 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  14 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6

APL: 17-tur prevyusi Yangiliklar

APL: 17-tur prevyusi

Bugun Toshkent vaqti bilan 17:30da Angliya Premer-ligasining 17-tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Kristal Pelas" - "CHelsi"

"Kristal Pelas"ga havas qilib bo'lmaydi, ular 4 kun oldin "Manchester Yunayted"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi, bugun esa "CHelsi"ni qabul qilishadi. "Burgutlar" Mourino jamoasi bilan ajoyib o'yin ko'rsatishdi, ammo durangga bir necha daqiqa etmadi. "Kristal Pelas" hujum chizig'i ham yaxshi formada, ular so'nggi 8 ta uchrashuvning barchasida gol ura olishdi.

Antonio Kontening "CHelsi"si Premer-liga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda, ular ketma-ket 10 bahsda g'alabaga erishishdi. Bu haftada o'tkazilgan ikki o'yinda "aristokratlar" "Vest Bromvich" va "Sanderlend" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Jamoa bu bahslarda ko'p kuch sarfladi. "CHelsi" tarixiga nazar soladigan bo'lsak, ularga bog'liq qiziq fakt bor: "CHelsi" Rojdestvoda birinchi bo'lsa, doimo APL chempioniga aylangan.


"Kristal Pelas" "Manchester Yunayted"ga qarshi himoyada yaxshi o'ynadi, ammo ular haftada ikki marotaba himoyada ishonchli o'ynay olishmaydi deb o'ylayman. Buning ustiga hozirgi "CHelsi" MYUdan kuchliroq.


"Vest Xem" - "Xall Siti"

"Vest Xem" chempionatda ochko to'playdigan vaqt keldi. Bilich jamoasi bungacha "CHelsi", "Everton", "Stok Siti", "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Liverpul" kabi klublarga qarshi bahslarda ochko yo'qotdi. O'tgan turda "bolg'aurarlar" uyda "Byornli"ni 1:0 hisobida taslim etishdi. Ular juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi va bu shanba kungi bahsda davom etishi mumkin.

Hozirgi "Xall Siti" Premer-liga darajasida emas. Ular so'nggi ikki uchrashuvda 6 ta gol o'tkazib yuborishdi. Bundan tashqari, jamoa mehmonda juda sust, ketma-ket 4 ta bahsdan beri gol ura olishmayapti.


"Vest Xem" "tirilmoqda", ammo "Xall Siti" haqida bunday deb bo'lmaydi, shu sababli bu bahsda londonliklar g'alaba qozonsa kerak.


"Midlsbro" - "Suonsi Siti"

"Midlsbro" Premer-liga tempiga chiday olmayapti. Ular ushbu haftada "Sautgempton" va "Liverpul"ga mag'lub bo'lishdi. Bu mag'lubiyatlar ularni 17-o'ringa tushirib yubordi. "Midlsbro" turnir jadvalidagi qo'shnisiga qarshi bahsda bor kuchini ko'rsatishi kerak.

"Suonsi Siti" uy jamoasiga aylanib qolgan, uelsliklar mehmonda himoya va hujumda juda sust o'ynashmoqda. Ular mehmondagi so'nggi ikki bahsda 8 ta gol o'tkazib yuborishdi, ammo uydagi oxirgi ikki o'yinda 6 ochko qo'lga kiritildi.


"Midlsbro" joriy mavsumda yaxshi o'yin ko'rsata olmayapti, ammo "Suonsi" mehmonda deyarli o'ynamayapti. SHu sababli qo'shnilar uchrashuvida maydon katta rol o'ynashi mumkin.


"Sanderlend" - "Uotford"

"Qora mushuklar" so'nggi haftadagi ikki uchrashuvda ham mag'lub bo'lishdi. "Suonsi" bilan mehmonda 0:3 va uyda "CHelsi" bilan 0:1. Ammo uydagi mag'lubiyat ayni damda Premer-ligada eng kuchli o'yin ko'rsatayotgan jamoadan qabul qilindi. Buning ustiga, Moyes jamoasi "aristokratlar"ga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdi. "Sanderlend" o'yinida o'sish bor, ular tez orada Premer-liga jadvalining eng so'nggi pog'onasini tark etishadi.

"Uotford" mavsumni yaxshi darajada o'tkazyapti va 21 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi. Maccari jamoasi uyda har qanday raqibga muammo tug'dirishi mumkin. Mehmonda esa so'nggi ketma-ket uchta o'yinda mag'lubiyatga uchrashdi. Italiyalik mutaxassis buning ustida ko'p ishlashi kerak.


"Sanderlend" so'nggi ikki oyda o'z uyida faqat "Arsenal" va "CHelsi"ga mag'lub bo'lgan, "Uotford" esa bu vaqt ichida mehmonda g'alabaga erishgani yo'q. Xulosa qanday bo'lishi yaqqol ko'rinib turibdi.


"Stok Siti" - "Lester Siti"

"Stok Siti" so'nggi ikki turda 1 ochko to'plagan bo'lsa ham, ketma-ket 4 ta bahsda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Xyuz shogirdlariga qanday yondoshish kerakligini tushundi va "Stok Siti" o'ynab ketdi.

"Lester"ning mehmondagi o'yinlari davolab bo'lmas kasallikka o'xshaydi. 8 ta uchrashuvda 1 ochko. "Tulkilar" mehmondagi bahslar boshlanishidan avval yutqizadigandek.


"Stok"ning so'nggi uchrashuvlarini hisobga olsak, ular "Lester"dan kuchliroq.


"Vest Bromvich" - "Manchester Yunayted"

Toni Pyulis "Xotorns" stadionida juda yaxshi jamoa yig'a olgan. Hozirgi futbolchilar hech bir jamoaga jangsiz ochko berishmayapti. Ular ayni damda 23 ochko bilan 7-o'rinda. Pyulis jamoasi doimo raqibga muammo tug'dira olyapti. So'nggi turda Salomon Rondon "Suonsi"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi va jamoasiga g'alaba taqdim etdi.

"Manchester Yunayted" ahmoqona duranglar seriyasidan so'ng nihoyat ketma-ket 2 ta g'alabaga erishdi. Mourino jamoasi "boksing dey"da ochko yo'qotmaslikka harakat qiladi. "Qizil iblislar"ning o'yini kuchayib bormoqda va ular endi faqat jarohatlardan qochishsa hammasi yaxshi bo'ladi.


"Vest Bromvich" - "Manchester Yunayted" bahsi qiziq bo'ladi. Mehmonlar 2016 yilda boshqa ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Bu o'yin "Kristal Pelas" - "Manchester Yunayted" bahsiga o'xshab ketsa ajab emas.


"Bornmut" - "Sautgempton"

"Bornmut"ga Premer-liganing ko'plab klublari havas bilan qarashi mumkin, "olchalar" uyda barqaror o'yin ko'rsatishmoqda. Ayni damda ular 10-o'rinda. "Bornmut" uydagi 7 ta uchrashuvda 5 ta g'alabaga erishgan. "Bornmut"ning so'nggi qurboni "Liverpul" bo'lgan.

"Sautgempton" so'nggi bahslarda himoyada yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, ammo hujumda ishlar yurishmayapti. So'nggi 5 ta bahsda bor-yo'g'i 2 ta gol urilgan. Pyuel jamoasi mehmonda kuchli emas.


Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak "olchalar" va "avliyolar" o'yini gollarga boy bo'lmagan, navbatdagi bahs ham xuddi shunday bo'lishi mumkin.


"Manchester Siti" - "Arsenal"

"Manchester Siti" bu mavsum barqaror o'yin ko'rsata olmayapti. "SHaharliklar" uyda mehmondagidan yaxshiroq harakat qilishmoqda. "Siti"ning asosiy futbolchilaridan biri Aguero diskvalifikaciyani o'tamoqda, bu esa jamoa uchun katta yo'qotish, chunki klubda unga o'xshash boshqa hujumchi yo'q.

"Arsenal" Premer-ligada o'tgan turning eng sensacion natijasini qayd etdi. Ular "Everton"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Ayni damda ular 34 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalining 3-o'rnini band qilib turishibdi. Seshanbadagi mag'lubiyat "Arsenal"ning 2016 yilda mehmondagi ikl muvaffaqiyatsizligi bo'ldi.


"To'pchilar" "shaharliklar"ga 2013 yilning 14 dekabridan beri mag'lub bo'lmayapti. Navbatdagi bahs ikkala jamoa uchun sovrin yo'lidagi hal qiluvchi o'yin bo'lishi mumkin.


"Tottenxem" - "Byornli"

"Tottenxem" so'nggi oyda ikki marotaba mag'lub bo'ldi, 3 tasida esa g'alaba qozondi. "SHporlar" uyda omadli, ular 8 ta uchrashuvda biror marotaba mag'lub bo'lmay, 20 ochko to'plashdi.


"Byonrli" esa mehmonda deyarli o'ynamaydi, ular mehmon bo'lgan so'nggi 7 uchrashuvda bor-yo'g'i 1 ochko to'plashgan. "Byornli" uyida bo'lmagan bahslarda, quyi liga vakiligi o'xshab qoladi.


"Everton" - "Liverpul"

"Everton" o'tgan turda irodali o'yin ko'rsatdi, buning ustiga uydagi uchrashuvlarda har bir ochko uchun jon beradi. Kuman shogirdlari "Arsenal"ga qarshi bahsda omadsiz seriyasiga yakun yasashdi va bu muvaffaqiyat jamoaning kelajakdagi o'sishiga katta yordam berishi mumkin. "Everton" o'z maydonida o'tkazgan 8 ta uchrashuvning 4 tasida durang o'ynagan va 4 tasida g'alabaga erishgan.

"Liverpul" "Bornmut" va "Vest Xem"ga qarshi bahslarda muxlislarini hayron qoldirdi. Klopp jamoasi oldinga intilib 5 ta gol urdi, ammo o'z darvozasidan 6 ta gol o'tkazib yubordi. CHempionatning so'nggi bahsida ular "Midlsbro"ni 3:0 hisobida taslim etib, namunaviy o'yin ko'rsatishdi.

Liverpul derbisi Angliya chempionatining bezaklaridan biri hisoblanadi. Bu bahsda hech qaysi jamoa mag'lub bo'lishni istamaydi, raqiblar faqat g'alaba haqida o'ylashadi.

EPL Manager: 17-turda maydonga tushmaydigan futbolchilar

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика