So’nggi yangiliklar

00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  2 23:50ЕЧЛ финали. ПСЖ - "Интер" 2:0 (матнли трансляция)  49 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  0 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  0 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  56 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  22 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0

APL 15-turiga anons: "Arsenal" qaerda, "Arsenal"? Yangiliklar

APL 15-turiga anons: "Arsenal" qaerda, "Arsenal"?

Teglar :  Prevyu APL
Angliya chempionatining navbatdagi turida London derbisi, "iblislar"ning "tulkilar"ga, "shporlar"larning "bo'rilar"ga qarshi bahslariga guvoh bo'lishingiz mumkin.

London derbisi (26 dekabr 22:30)

Mikel Artetaning "Arsenal"dagi faoliyati shunchalik muvaffaqiyatsiz chiqyaptiki, "to'pchilar"ning har bir o'yini oldidan mish-mishlar tarqaladi — bu uninng so'nggi imkoniyati. Aftidan, klub rahbariyatining ispaniyalik mutaxassisga ishonchi hech tugamaydi. Bu gal ham Artetaning ahvoliga havas qilib bo'lmaydi, uning shogirdlari Lempardning "CHelsi"siga qarshi o'ynaydi. 

Ayni paytda "to'pchilar" turnir jadvalining 15-pog'onasiga joylashgan (autsayderlar hududi bilan oradagi farq 4 ochkoga teng) bo'lsa, "aristokratlar" 5-bo'lib turibdi (2-o'rin bilan oradagi farq 2 ochkoga teng).

"Arsenal" so'nggi 7 o'yinning 5 tasida mag'lub bo'ldi, 2 durang. Bunga Liga kubogi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni qo'shing (1:4). Zamonaviy "Arsenal" hatto "Byornli" bilan o'yinlarda ham favorit bo'lmay qoldi. Rahbariyat hozircha Artetani almashtirmadi. Klub afsonalari ham Mikelga ishonch bildirishni maslahat berishmoqda, chunki u ajoyib mutaxassis. Klub qiyin vaqtda jamoani qabul qilib olgan murabbiyni qo'llab-quvvatlaydi. Ehtimol, Artetaning istefosi "to'pchilar" chempionshipga tushib ketsagina amalga oshishi mumkin...

"CHelsi" joriy mavsumda gollar soni bo'yicha faqat "Liverpul"dan ortda qolmoqda. Jamoa oxirgi o'yinini "Vest Xem"ga qarshi o'tkazib, 3:0 hisobida zafar quchdi. "Arsenal" esa derbiga "Everton" maydonida mag'lub bo'lib etib kelmoqda.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi so'nggi to'qnashuv 1 avgust oqshomida sodir bo'lgan edi. Pulishich hisobni ochgan liga kubogi finalida Obameyangning dubli "to'pchilar"ga g'alaba keltirgan. Navbatdagi bahs qanday natija kutyapsiz?

Arsenal

Alexandre Lacazette - 35', Granit Xhaka - 44', Bukayo Saka - 56'

Premier League . 15-tur

26/12/2020, 22:30

1
:
3
Tugadi

Chelsea

Tammy Abraham - 85'

Stadion: Emirates Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
16'  Pablo Mari
35'  Alexandre Lacazette
44'  Granit Xhaka
56'  Bukayo Saka
56'  Emile Smith Rowe
65'  Emile Smith Rowe (Joseph Willock)
71'  Gabriel Martinelli (Nicolas Pepe)
83'  Kieran Tierney
90'  Alexandre Lacazette (Shkodran Mustafi)
46'  Mateo Kovacic (Jorginho)
46'  Timo Werner (Callum Hudson-Odoi)
73'  Thiago Silva
74'  N'Golo Kante (Kai Havertz)
85'  Tammy Abraham
85'  Callum Hudson-Odoi
90'  Jorginho

Turning markaziy o'yini (26 dekabr 17:30)

Sulsher jamoasining yuqorilab ketganini birov payqamay qoldi. Muammolar girdobida deyilayotgan MYU mag'lubiyatsiz (6 tasida g'alaba) 7 o'yindan keyin kuchli to'rtlikka kirdi. Zahiradagi uchrashuvda ham g'alaba qozonsa, 2-o'ringa ko'tariladi. Unga qadar "qizil iblislar" 2-o'rinni egallab turgan "Lester" imtixonidan o'tishi kerak bo'ladi. Mazkur duelni "ayyor murabbiylar orasidagi jang"ga qiyoslash mumkin — Sulsher ham, Rojers ham raqibga moslashuvchanligi bilan mashhur. 

Qizqarli jihati shundaki, MYU qatorasiga 12 o'yindan buyon "Lester"ga imkoniyatni boy bermagan. "Tulkilar" "qizil iblislar"ni so'nggi bor 2014 yilning sentyabrida mag'lub qilgan edi. Bu galgi to'qnashuvdan qanday natija kutyapsiz?

Leicester City

Harvey Barnes - 31', Axel Tuanzebe - 85'

Premier League . 15-tur

26/12/2020, 17:30

2
:
2
Tugadi

Manchester United

Marcus Rashford - 23', Bruno Fernandes - 79'

Stadion: King Power Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
31'  Harvey Barnes
31'  James Maddison
54'  James Maddison
81'  Marc Albrighton (Ayoze Perez)
85'  Axel Tuanzebe
89'  Wilfred Ndidi
23'  Marcus Rashford
23'  Bruno Fernandes
45'  Bruno Fernandes
54'  Daniel James (Paul Pogba)
66'  Victor Nilsson Lindeloef (Axel Tuanzebe)
75'  Anthony Martial (Edinson Cavani)
79'  Bruno Fernandes
79'  Edinson Cavani

"Bo'rilar" "shporlar"ni imtixon qiladi (28 dekabr 00:15)

"Tottenxem" ketma-ket 2 o'yinda imkoniyatni boy berdi. Mantiqqa to'g'ri kelmasa-da, Mourinyu har 2 uchrashuvdan keyin jamoasining yaxshiroq o'ynaganini takidladi. Portugaliyalik mutaxassis londonliklarning o'yini tezkor qarshi hujum asosida qurgan. "Tottenxem"ning o'yinida asosiy urg'u Son va Keynga qaratiladi. Klub bunday o'yini bilan "Vulverxempton"ga qarshi qiynalishi mumkin. "Bo'rilar" aynan top-6 jamoalarni "tishlashi" bilan nom qozongan. Mazkur klublar o'rtasidagi so'nggi bahs 1 mart kuni o'tkazilgan va "Vulverxemp"ton 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi. Navbatdagi to'qnashuvdan qanday natija kutyapsiz?

Wolverhampton Wanderers

Romain Saiss - 86'

Premier League . 15-tur

28/12/2020, 00:15

1
:
1
Tugadi

Tottenham Hotspur

Tanguy Ndombele - 1'

Stadion: Molineux Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
46'  Daniel Podence
58'  Conor Coady
68'  Fernando Marcal
70'  Nelson Semedo
75'  Fernando Marcal (Rayan Ait Nouri)
83'  Joao Moutinho (Owen Otasowie)
86'  Romain Saiss
86'  Pedro Neto
90'  Daniel Podence (Vitinha)
1'  Tanguy Ndombele
1'  Ben Davies
45'  Harry Winks
63'  Sergio Reguilon (Steven Bergwijn)
70'  Tanguy Ndombele (Moussa Sissoko)
84'  Heung-Min Son (Erik Lamela)

SHuningdek, 15-turda quyidagi o'yinlarga guvoh bo'lishingiz mumkin: 

"Aston Villa" - "Kristal Pelas" (26 dekabr 20:00)

"Fulxem" - "Sautgempton" (26 dekabr 20:00)

"Man Siti" - "Nyukasl" (27 dekabr 01:00)

"SHeffild" - "Everton" (27 dekabr 01:00)

"Lids" - "Byornli" (27 dekabr 17:00)

"Vest Xem" - "Brayton" (27 dekabr 19:15)

"Liverpul" - "Vest Bromvich" (27 dekabr 21:30)

Faxriddin tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика