APL: 15-tur prevyusi
07 dek 2013 12:15
Yangiliklar

APL: 15-tur prevyusi
Ikki kundan buyon Toshkentda men yoqtirgan haqiqiy inglizcha ob-havo hukm surayotgani, Angliya premer-ligasi navbatdagi turi prevyusi yozilishini yanada maroqliroq qilishiga ishonib va bundan umid qilib, 15-turning eng etiborga molik voqeliklariga to'xtalib o'tamiz.
Etiborli jihatlar esa bu chempionatda har doim ham etarlicha topiladi.
“Manchester Yunayted” – “Nyukasl Yunayted”
15-tur o'yinlari uch kun davom etadi. Turni esa avvalgi turda mag'lub bo'lgan ikkita “Yunayted”ning qarama-qarshiligi ochib beradi. Manchester hamda Nyukasl shaxri to'qnashuvida, har ikki klub avvalgi turdagi natijalar unut bo'lishi va muxlislarni xursand qilish uchun intilishadi.
Hafta o'rtasida o'tkazilgan turda “Everton” “Old-trafford”dagi yigirma yillik g'alabasiz seriyasiga yakun yasadi. Huddi shunday seriya “Nyukasl”da qirq yildan uzoqroq vaqt davom etib kelmoqda va Pardyu shogirdlari ham jon deb bu noxush ananaga nuqta qo'yishga intiladi. Har xolda hozirgi vaqtda premer-liganing hech bir klubi “orzular teatri”ga avvalgidek hayiqish bilan tashrif buyurmay qo'yishgani bor gap. Agar bu turda “zag'izg'on”lar “iblislar uyi”dan uch ochko olib keta olishsa, shubxasiz, bu kun klub tarixiga kiradi.
“Manchester Yunayted” tarkibidagi asosiy yo'qotish Robin van Persining hamon safga qaytmaganidir. Bundan kam bo'lmagan va so'nggi o'yinda o'rni yaqqol bilingan Kerrik ham yanvargacha maydonga qaytmasa kerak. Diskvalifikaciyasini o'tab bo'lgan Fil Jons esa safga qaytadi.
O'tgan yidan farqli ravishda bu mavsumda “Nyukasl”ni jarohatlar chetlab o'tyapti, deb aytish mumkin. Mavsum avvalida Teylor va Sisse safdan chiqqanini aytmasa, jamoada boshqa yo'qotishlar yo'q.
“SA” taxmini: “Manchester Yunayted” 60% - 4o% “Nyukasl”
“Arsenal” – “Everton”
Qarshiliklar bo'lmasa, ushbu o'yinni turning markaziy uchrashuvi deb atasam. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Yo'lidan chiqqan istalgan raqibni engayotgan “Everton” endi turnir yakka peshqadami, chempionlik uchun asosiy davogarlarlardan (balki eng asosiysidir) hisoblanayotgan “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi.
O'tgan turda safarda “Manchester Yunayted”ni mag'lub etganidan keyin Martines jamoasiga chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida jiddiy qarala boshlandi.
G'alaba yoki durang “Everton” uchun voqealar rivojining ideal natijasi bo'ladi. Londonliklar ayni vaqtda o'zining eng yaqin taqibchisidan to'rt ochko ilgarilab ketgan holda turnir jadvalini boshqarib boryapti. Biroq ular butun kuchni ushbu o'yinni g'alaba bilan yakunlashga sarf etib yuborolmaydilar. Sababi hafta o'rtasida CHempionlar Ligasi doirasidag “Napoli”ga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Liga Kubogi musobaqalarini tark etgan liverpulliklar esa bor etiborini chempionat o'yinlariga qaratadi.
“SA” taxmini: “Arsenal” 55%-45% “Everton”
“Sautgempton” – “Manchester Siti”
O'z maydonida o'tgan turda “Aston Villa”ga mag'lub bo'lgan “Sautgempton” tobora o'ziga o'xshab boryapti. Siz bilan biz bilgan o'sha APL o'rtamyona jamoalaridan biroz pastroqda yuradigan “Sutgempton”ga... Mavsum startini haddan tashqari muvoffaqiyatli o'tkazgan klubning natijalari birdaniga bu qadar pasayishi sabablarini qidirish biroz qiyin. Aslida ular mag'lub bo'lgan uchrashuvlarda ham munosib qarshilik ko'rsatishdi va yutqazishga ko'p ham munosib emasdi. Nima bo'lganda ham, Pochettino jamoasi holatni o'nglashi kerak va navbatdagi turda, “Man. Siti”ga qarshi o'yinda bunga urinib ko'rish talab etiladi.
Umuman olganda, mehmonda o'ynayotgan va o'z uyidagi “Siti” butunlay boshqa-boshqa jamoalardek tasavvur uyg'otadi. Ayniqsa ushbu mavsumda. Bir qarasang “Sanderlend”ga yutqazadi, boshqa safar “Kardiff”ga, Birmengemga mehmonga borib, “Aston Villa”ga uch ochko hadya qilib kelgan jamoa ham Pellegrini boshchilik qilayotgan “shaharliklar” bo'ladi. Mana shu aytilgan uch jamoaning ikkitasi faqatgina premer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotganini hisobga olsak, “Sautgempton”ni tinchlantirishga arzugulik sabab topib bera olgan bo'lamiz.
Tarkibi borasida, muallifning shaxsiy fikricha, APLning eng kuchli jamoasi bo'lgan “Siti”, bu turda "mehonafobiya"sidan qutilish uchun bor kuchini sarf etsa ajab emas. Kichik ustunlikni ularga beramiz, rozi bo'lasiz.
“SA” taxmini: “Sautgempton” 40% -60% “Manchester Siti”
“Liverpul” – “Vest Xem”
Endi Kerrol degan yigit bor. “Vest Xem” hujumchisi. Anchadan buyon jarohatini tiklash bilan ovora bo'lib yurgan bu futbolchi transferi g'arbiy londonliklar uchun klub tarixidagi eng qimmati hisoblanadi va uni aynan “Liverpul”dan sotib olishgan. U mashg'ulotlarni boshlab yuborgani haqida malumot bor. Biroq bu o'yinda ishtirok etish, etmasligi nomalum.
“Bolg'achilar” bu mavsumda APLdagi “propiska”larini yo'qotmalik uchun harakat qilyapti. Har xolda hozirgacha namoyish qilingan o'yinlardan keyingi xulosam shunday.
Jamoalar kuchini taqqoslab o'tirishga ham hojat bo'lmasa kerak. Ayniqsa “Liverpul”ning birgina futbolchisi 7ta o'yinda butun boshli “Vest Xem”ning barcha futbolchilari 14 o'yinda kiritganidan ko'ra ko'proq gol urgan bo'lsa... Bu futbolchi ortiqcha tanishtirilishga muhtoj emas. Uni Luis deb chaqirishadi.
“SA” taxmini: “Liverpul” 70% - 30% “Vest Xem”
“Stok Siti” – “CHelsi”
Qiziq holat. “Stok Siti” hozirgi paytda turnir jadvalining 14-pog'onasidan joy olgan. Ular 14 turdvn keyin 14 ochko to'plagan.
Achinarli holat. “Stok” 1995 yildan buyon “CHelsi”ni biror marta ham mag'lub etmagan. O'shanda ham ular Liga Kubogi doirasida g'olib kela olishgan xolos. CHempionat doirasida esa londonliklar ustidan so'nggi marta 1975 yilda ustun kela olgan.
Undan ham yomoni, “Stok” bu mavsumda APLdagi o'zining so'nggi 11 uchrashuvidan faqat bittasida g'alaba qozona olgan.
Joze Mourinyu jamoasi esa CHempionlar Ligasidagi muvoffaqiyatsiz o'yinlardanga qaramay, premer-ligada so'nggi o'yinlarda ishonchli g'alabalarni qo'lga kiritmoqda.
“CHelsi” takibida bir necha yo'qotishlar bor. Eto’O, David Luiz va Oskar jarohat olishgan va ularning hammasi o'tgan tur doirasidagi “Sanderlend”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishgan.
“SA” taxmini: “Stok Siti” 30 % - 70% “CHelsi”
15-tur o'yinlari
07.12.13
Manchester Yunayted - Nyukasl Yunayted
“SA” taxmini: 60% - 4o%
Vest Bromvich – Norvich
“SA” taxmini: 55%-45%
Kristal Pelas – Kardiff
“SA” taxmini: 45%-55%
Liverpul - Vest Xem
“SA” taxmini: 70% - 30%
Sautgempton - Manchester Siti
“SA” taxmini: 40% -60%
Stok Siti – CHelsi
“SA” taxmini: 30 % - 70%
Sanderlend – Tottenxem
“SA” taxmini: 40% -60%
08.12.13
Fulxem - Aston Villa
“SA” taxmini: 50%-50%
Arsenal – Everton
“SA” taxmini: 55%-45%
09:12:13
Suonsi - Xall Siti
“SA” taxmini: 55%-45%
15-tur oldidan turnir jadvali
Abror QODIROV tayyorladi

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | Arsenal | 14 | 11 | 1 | 2 | 29 - 10 | 19 | 34 |
2 | Chelsea | 14 | 9 | 3 | 2 | 28 - 14 | 14 | 30 |
3 | Manchester City | 14 | 9 | 1 | 4 | 40 - 14 | 26 | 28 |
4 | Liverpool | 14 | 8 | 3 | 3 | 30 - 17 | 13 | 27 |
5 | Everton | 14 | 7 | 6 | 1 | 22 - 13 | 9 | 27 |
6 | Tottenham Hotspur | 14 | 7 | 3 | 4 | 13 - 15 | -2 | 24 |
7 | Newcastle United | 14 | 7 | 2 | 5 | 19 - 21 | -2 | 23 |
8 | Southampton | 14 | 6 | 4 | 4 | 18 - 13 | 5 | 22 |
9 | Manchester United | 14 | 6 | 4 | 4 | 22 - 18 | 4 | 22 |
10 | Aston Villa | 14 | 5 | 4 | 5 | 16 - 16 | 0 | 19 |
11 | Swansea City | 14 | 5 | 3 | 6 | 20 - 19 | 1 | 18 |
12 | Hull City | 14 | 5 | 2 | 7 | 12 - 18 | -6 | 17 |
13 | West Bromwich Albion | 14 | 3 | 6 | 5 | 17 - 19 | -2 | 15 |
14 | Stoke City | 14 | 3 | 5 | 6 | 12 - 18 | -6 | 14 |
15 | Cardiff City | 14 | 3 | 5 | 6 | 11 - 20 | -9 | 14 |
16 | Norwich City | 14 | 4 | 2 | 8 | 12 - 28 | -16 | 14 |
17 | West Ham United | 14 | 3 | 4 | 7 | 12 - 15 | -3 | 13 |
18 | Fulham | 14 | 3 | 1 | 10 | 12 - 26 | -14 | 10 |
19 | Crystal Palace | 14 | 3 | 1 | 10 | 8 - 22 | -14 | 10 |
20 | Sunderland | 14 | 2 | 2 | 10 | 11 - 28 | -17 | 8 |
Abror QODIROV tayyorladi

Fikrlar