So’nggi yangiliklar

15:19"Николай Ширшов" хотира кубогида қайси жамоалар қатнашади?  0 14:55Кузда бизни кутаётган мусобақалар  1 14:34Тўхташни истамаётган АПЛ ўртамиёна жамоасидан навбатдаги трансфер. Улар ёзда "Челси"дан ташқари барча Топ клублардан кўп пул сарфлашди  1 13:54Роналду рекордларни эмас, рекордлар Роналдуни қувлаб юради  6 13:22Собиқ клубини жазолаган ҳимоячи ГАЛЕРЕЯ  0 13:13Афсуски, 4 кун олдин майдонда хушини йўқотган 27 ёшли футболчи вафот этди  0 12:34Ким чемпион бўлади? "Ман Сити" ёки "Арсенал"? "Ливерпуль" тўртталикка ҳам кирмайди?  2 12:11Ҳайдаров: "Хоразм"га гол уриш осон эмас"  0 11:47"Мағлубият учун айбни ўз зиммамга оламан"  3 11:17Мексикани ўзига қаратган Аббосбек Махсталиев ва Бобур Давлатов ҳозир қаерда?   10 11:08Европанинг бир қатор топ клублари қизиққан Аргентина олимпия терма жамоаси аъзоси фаолиятини Россияда давом эттиради  1 10:54"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - 11 ёшли Амаль ва Амир Насибуллаевлар  0 10:39Криштиану Роналду навбатдаги совринини қўлга киритди  5 10:10Даниеле де Росси Шомуродов борасида бир қарорга келди  25 09:43"Ал Насср"ни ТОП мураббий бошқариши мумкин. Буни шахсан Роналду истамоқда  9

APL. "Liverpul" mavsumni ishonchli g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

APL. "Liverpul" mavsumni ishonchli g'alaba bilan boshladi

Teglar :  LiverpulNorvich
Angliya Premer-ligasining yangi 2019/20 yilgi mavsumini ochib beradigan "Liverpul" - "Norvich" uchrashuvining asosiy tarkiblari malum bo'ldi.

APL 2019/2020 yilgi mavsum

1-tur, 10 avgust 00:00

Liverpul – Norvich 4:1 

«Enfild» stadioni

Gollar: 7' Xenli (avtogol) - 1:0, 19' Salax - 2:0, 28' van Deyk - 3:0, 42' Origi - 4:0, 64' Pukki - 4:1.

Bosh hakam: Maykl Oliver

Assistentlar: Styuart Byurt, Simon Bennet

4-hakam: Graxam Skott

VAR: Andre Marriner

Var assistenti: Skott Ledjer

Ogohlantirishlar: Litner (60), Buendia (65).

Liverpul – Alisson (39, Adrian), Robertson, van Deyk, Aleksander-Arnold, Gomes, Fabino, Veynaldum, Xenderson, Firminov (86, Milner), Salax, Origi (74, Mane).

Zaxira: Matip, SHakiri, Milner, Keyta, Mane, CHemberleyn.

Norvich – Krul, Godfri, Aarons, Lyuis, Xenli, SHtipermann (58, Litner), Tribull (70, Ernandes), Maklin, Kentuell, Buendia, Pukki (83, Drmich).


           ONLAYN MATNLI TRANSYACIYA    



 Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. "Liverpul" mavsumni ishonchli g'alaba bilan boshladi 4:1



90+1. Ernandesning juda qattiq va aniq zarbasini Adrian qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Mehmonlar so'nggi daqiqalarda maydon egalarini shoshirib qo'yishdi

90. Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi

87. Umuman olganda, "Norvich" ikkinchi bo'limda g'alaba qozonmoqda (0:1)

86. O'zgarish. Firmino o'rniga Milner tushdi

85. Zarbaaa! Tim Krul Arnoldning zarbasini qaytardi

84. "Liverpul"da yana bir ajoyib imkoniyat. To'p yonida Salax va Arnold turibdi 

83. O'zgarish. Pukki o'rniga Drmich maydonga tushdi. Aytgancha, o'tgan mavsum Pukki CHempionshipda 29 ta gol va 8 ta assist qayd etgan.

82. O'yin tempi ancha yuqori. To'p umuman tinim bilayotgani yo'q. Maydonning hamma erini aylanib kelmoqda

81. Mane chap qanotdan qochishga ulgurgandi, ammo himoyachi so'nggi lahzada ulgurdi. Burchak zarbasi esa besamar yakunlandi

80. "Kanareykalar" qo'rqmasdan hujumlar uyuushtirishmoqda. Ularda yana bir standart vaziyat va Adrian o'z o'rnida

79. Ernandes bergan zarbadan so'ng Adrian o'zini ko'rsatdi va to'pni ushlab oldi

74. Kutilgan o'zgarish. Origi qarsaklar ostida maydonni tark etdi va xuddi shu qarsaklar Mane uchun ham chalindi

70. O'zgarish. Tribull o'rniga Ernandes tushdi

65. Buendiya ham ogohlantirildi

64. GOL! Nihoyat mehmonlar ham gol urishdi. Gol muallifi Pukki!

60. Ogohlantirish. Litner maydonga tushishi bilanoq birinchi qiladigan ishi sariq kartochka ishlash bo'ldi

58. O'zgarish. SHtiperman o'rniga Moris Litner maydonga tushdi

57. Xendersonga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasidan esa mezbonlar naf chiqara olishmadi

54. Salaaxxx! OXX! Salaxning burama zarbasiga iroz aniqlik etishmadi, bir muncha soniyadan so'ng Fabinoning 25-30 metlardan bergan zarbasi ham xavfli chiqdi

52. Trent o'ng qanotdan yorib kirib zarba berdi va burchak zarbasi ishlab oldi

48. Firmino o'zi kulgani singari omad unga hech kulmayapti. To'pga amallab zarba bergan braziliyalik forvard mo'ljalda 5 sm adashdi

46' Ikki jamoa vakillaridan 2-bo'limda ham chiroyli futbol kutib qolamiz

Ikkinchi bo'lim boshlandi!



45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi!

42. Origi GOL! 4:0.Aleksandr-Arnolddan assist!



39. O'zgarish. Adrian Alisson almashtirdi

34. "Liverpul" juda xotirjam va golga chanqoqligi bilan ajralib turibdi

28. GOL! Van Deyk va hisob 3:0. Burchak zarbasidan unumli foydalanishdi!

26. Uzoqdan SHtiperman super zarba berdi va Alissondan fantastik seyv

22. Alissondan ajoyib seyv, ammo bu erda Pukki ofsaydda ekanligi malum bo'ldi

19. GOL! Salax! 2:0. Firminoning uzatmasidan foydalangan misrlik futbolchi sovuqqonlik bilan gol urdi!



10. "Norvich"ning yaxshi kombinaciyasidan so'ng noaniq zarba berildi

7. Ushbu mavsumning birinchi goli kiritildi! AVTOGOL! Xenli o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi


4. "Liverpul" jamoasi burchak zarbasiga ega bo'ldi, lekin mehmonlar himoyada ishonchli o'ynashdi

2. Ushbu mavsumdan boshlab APLda VAR tizimi ishga tushdi




ANGLIYADA MAVSUM BOSHLANDI!


"Enfild" stadionida "You'll Never Walk Alone" qo'shig'ini mersisaydliklar birgalikda kuylashdi.


Yangi mavsum boshlanmoqda...


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика