Anzur Ismoilov: "Xitoydan qo'rqadigan joyimiz yo'q"
13 jan 2015 11:42
Yangiliklar

Anzur Ismoilov: "Xitoydan qo'rqadigan joyimiz yo'q"
Terma jamoamiz markaziy himoyachisi Anzur Ismoilov uchun Xitoy begona raqib emas.
U Xitoy chempionatida faoliyat olib bormoqda, tabiiyki bu mamlakat milliy terma jamoasi haqida ko'proq malumot biladi. Kechagi mashg'ulotdan so'ng Anzurdan qisqacha intervyu oldik.
- Anzur, Xitoy bilan o'yinga tayyorgarlik qanday bo'lyapti?
- Hammasi joyida. Mashg'ulotlar odatdagidek davom etyapti. Menimcha, chiroyli o'yin bo'ladi. Kim yaxshi tayyor bo'lsa, o'sha jamoa yutadi.
- Terma jamoamizning hozirgi holati qanday?
- Biz ko'tarilish bosqichidamiz deya olaman. Xitoydan qo'rqayotgan joyimiz yo'q, nasib qilsa, ularni mag'lub etamiz.
- Xitoy 1-turda Saudiya Arabistonini mag'lub etdi. Bu kutilmagan natija hisoblanadimi?
- Kutilmagan natija desa bo'ladi, chunki ko'pchilik Saudiyaning g'alabasiga ishongandi. Xitoy esa omad tufayli g'alaba qozondi deb o'ylayman.
- Siz Xitoy chempionatida o'ynaysiz, shunday ekan ularning terma jamoasi haqida nima deya olasiz?
- Ularda milliy jamoaga doim chaqiriladigan 50 nafar o'yinchi bor. Xullas, nomzodlar ko'p. Bu jamoaning yarim himoyasi va hujumi kuchli. SHimoliy Koreya bilan solishtirganda xitoyliklar ancha kuchli va ular futbol o'ynashni yaxshi ko'rishadi.
X.Xoliqov suhbatlashdi.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar