Anxel Di Mariya: "Pogba – dunyoning eng kuchli o'yinchilaridan. U "Yuve" yarim himoyasiga sifat qo'shadi"
23 iyu 2022 17:38
Yangiliklar


Anxel Di Mariya: "Pogba – dunyoning eng kuchli o'yinchilaridan. U "Yuve" yarim himoyasiga sifat qo'shadi"
Anxel Di Mariya Pol Pogbani dunyoning eng kuchli o'yichilaridan biri deb atadi.
Argentinalik "Gvadalaxara" (2:0)ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan so'ng jamoadoshi haqida gapirdi.
"Pogba – dunyoning eng kuchli o'yinchilaridan. U "Yuventus" yarim himoyasiga sifat qo'shadi", – deydi Di Mariya.
Eslatib o'tamiz, Pogba "Yuventus"ga ushbu yozda erkin agent maqomida qaytdi. Francuz bunga qadar "Manchester Yunayted"da o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar