Anxel Di Mariya faoliyatini qaerda yakunlashni istayotganini aytdi
08 noy 2020 11:10
Yangiliklar
Anxel Di Mariya faoliyatini qaerda yakunlashni istayotganini aytdi
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya kelajagi haqida gapirdi.
32 yoshli argentinalik futbolchi faoliyatini PSJda yakunlashni istayotganini aytib o'tdi. Biroq uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar davom etadi.
"Futbolchilik faoliyatimni Evropada, PSJda yakunlashni istayman, biroq ko'p narsa menga bog'liq emas.
Yaxshi jismoniy holatdaman va bundan mamnunman. Klubdagilar men bilan iliq munosabatda va qo'ldan kelgancha bor kuchim bilan jamoaga yordam berishga harakat qilyapman", - dedi Di Mariya.
Fikrlar