So’nggi yangiliklar

19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  0 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  5 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  2 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  7 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  2 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  6 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  14 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  4 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  4

Anvar Rashidov: “Ribkin mashg'ulotlarda juda zo'r ishlamoqda, lekin...” Yangiliklar

Anvar Rashidov: “Ribkin mashg'ulotlarda juda zo'r ishlamoqda, lekin...”

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Iordaniya termasini qabul qiladi. Bo'lajak uchrashuv oldidan mutaxassislar fikri bilan qiziqdik.
O'z vaqtida milliy terma jamoamizda darvozbonlar bilan ishlagan Anvar Rashidovni muxlislar yaxshi bilishsa kerak, u kishi bugungi kunda asosan “Paxtakor”da faoliyat yuritib kelmoqda. Uning shogirdi bo'lmish Nikita Ribkin ham milliy terma jamoaga taklif etilgan. Murabbiy bilan suhbatlashganimizda, asosan milliy terma jamoa posbonlari haqida to'xtalib o'tdi.

- O'zim darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy bo'lgani sababli ham, ko'proq golkiperlar to'g'risida to'xtalib o'tsam maqsadga muvofiqdir. Eldor Suyunov, Nikita Ribkin va Ignatiy Nesterov chaqiruv olganini yaxshi bilaman. Dastlab o'zimning bugungi kundagi shogirdim Ribkin haqida to'xtaladigan bo'lsam, u mashg'ulotlarda juda qoyillatib ishlaydi. Lekin o'yin kelganda Nikitaga nimadir etishmaydi. Gapimga ishoning, mashg'ulotda uni ishlaganini ko'rgan odam, nega bu posbon o'yinga tushmaydi deb yuboradi. Avvalo unga milliy terma jamoada omad yor bo'lishini tilab qolaman. Lekin Ribkinda o'yinni o'qiy olish xususiyati juda past. Mashg'ulot boshqa o'yin boshqa. Yoshlar ligasida Ribkinni bir necha marotaba sinab ko'ryapmiz. 2-3ta vaziyatlarda o'zini ko'rsatsa, ketidan 2ta gol o'tkazib yuborgan paytlar ham bo'lyapti. Men unga har safar aytaman, o'tkazib yuborilgan gollarda baribir darvozabon aybdor bo'ladi deb. Aslida ham shunday-da. Tasavvur qiling jamoa 5ta gol o'tkazib yubordi. Uning birortasida darvozabonning aybi yo'q deyishadi. Kechirasizu, qanday qilib 5ta to'pdan keyin ham posbonning sira xatosi bo'lmasa.

- Ribkin haqida fikrlarimni davom ettiradigan bo'lsam, u yoshligida mahallada futbol o'ynamagan ekan. Lobanov esa ko'cha futbolidan chiqqan. Bu bilinib turadi. Nikitada to'p bilan ishlashda ham ko'p xatolar uchrab turadi. Uning to'p bilan ishlash mahoratini oshirish maqsadida mashg'ulot chog'ida umumiy guruhga qo'shib yuborgan xolda, ishlatamiz. SHunda ham oddiy xatolarga yo'l qo'yadi. Bilishimcha bugungi o'yinda u zaxira posboni vazifasini o'taydi. Keyin Osiyo o'yinlariga ham ketadigan ro'yxatdan o'rin olgan. Kunora Ribkin bilan gaplashib turamiz va unga kerakli maslahatlar berib turaman.

- “Nasaf” posboni Eldor Suyunov bilan hech birga ishlamaganim uchun uning qandayligini to'liq bilmayman. Lekin sirtdan kuzatish imkoniyati bo'lmoqda. “Nasaf”ga qarshi o'tkazgan bahslarimizda Suyunov juda iliq taassurot qoldirgandi. SHubhasiz terma jamoaga munosib nomzod.

- Ignatiy Nesterov bilan ilgari “Paxtakor” va milliy terma jamoada birga ishlaganim sababli uni juda yaxshi bilaman. Mashg'ulotlardan keyin ham qo'shimcha ravishda juda ko'p ishlardi. Aynan ushbu mehnatlari evaziga shu darajaga chiqdi. Lekin bilishimcha Nesterov o'z ustida ishlashni biroz susaytirib yuborgan. Balki yosh o'tib borayotgani sari, futbolchida shunday xolat kechayotgandir. Lekin muxlislar Ignatni juda yaxshi biladi.

- Milliy terma jamoada yoshartirish jarayoni ketmoqda. Eldor Suyunovga munosib raqobatchi sifatida qaysi yosh posbonni ko'rsata olasiz?
- Bugungi kunda “Neftchi” sharafini himoya qilayotgan Abdumavlon Abdujalilovni menga juda ko'p maqtashdi. Aslida u huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli. Yaqinda terma jamoaga taklif etishgandi. SHunda bilishimcha murabbiylarda iliq taassurot qoldirgan. Abdumavlonni o'zini ham kuni-kecha to'satdan uchratib qoldim. Avvalgidek emas, balki bo'yi cho'zilib anchagina o'sishga erishgan. SHu bois Abdujalilovni yana o'zimizga qaytarib olmoqchi bo'lmoqdamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика