So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  10 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

Anvar Jabborov: " Futbolchilik faoliyatimda bizni maydondan haydab chiqara olishmasdi" Yangiliklar

Anvar Jabborov: " Futbolchilik faoliyatimda bizni maydondan haydab chiqara olishmasdi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida maydonga tushgan birinchi darvozabon Anvar Jabborov saytimiz mehmoni bo'ldi.

Bugungi kunda "Lokomotiv" o'rinbosarlar jamoasida yosh kiperlarga murabbiylik qilayotgan mutaxassisga o'zimizni qiziqtirgan bir qator savollar bilan murojaat qildik.

"Terma jamoa darvozasini qo'riqlagan birinchi darvozabon bo'lib tarixga kirish yoqimli. Bu hammaga ham nasib qilavermaydi. Meni ilk bor terma jamoaga Rustam Akramov taklif qilgandi. O'sha paytda "Paxtakor" jamoasida to'p tepardim. Adashmasam, Markaziy Osiyo kubogi turnirida biz ham ishtirok etganmiz. Ilk rasmiy o'yinni esa ushbu musobaqa doirasida Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'tkazaganimiz yodimda. Debyut bellashuvda 2:2 hisobida durang qayd etganmiz.

Oldin bir jamoada ikki nafar murabbiy bo'lardi, xolos. O'shalarni o'zi barcha ishlarni qilardi. Darvozabonlar bilan umuman boshqa odam ishlagan, darvozabonlikdan xabari yo'q yani biron bir yuqori saviyadagi futbolchi yordamlashardi. Aniqrog'i, o'zimiz mustaqil shug'ullanardik. Ular esa ko'maklashardi. Biz ko'proq o'z ustimizda ishlardik. Hattoki, stadiondan bizni haydab chiqara olishmasdi. 

Ayrim darvozabonlar urinib ko'radi, mashg'ulotlarda ishlaydi. Lekin, natija o'xshamaydi. Ko'p gol o'tkazib yuborishgach ruhiy jihatdan sinib qolishadi. Ularga nisbatan bosim yuqori bo'ladi. Ishlagan joyimda masalan, "Bunyodkor" akademiyasida ustozlik qilganimda ham rahbarlarga va bosh murabbiylarga bosim qilmaslikni aytganman. Mayli 10ta gol o'tkazib yuborsa ham darhol reakciya qilmaslikni tushuntiraman. Bu darvozabonning ruhiyatiga salbiy tasir qiladi. O'yindan bir yoki ikki kun o'tib xatolarni tahlil qilamiz va birgalikda tushuntiramiz.

Namanganlik ishqibozlar o'ta talabchan, futbolni yaxshi ko'radigan va futbolni tushunadigan xalq hisoblanadi. Ular har bir turda g'alabani istashadi. Buni o'zim boshimdan o'tkazganman. 1986-1987 yillarda "Kosonsoy" jamoasida to'p tepganimda stadion odam bilan to'lardi. Yutqazgan o'yinlarimizda ham oxirigacha turib bizni qo'llab-quvvatlashardi. "Kosonsoy" safida harakat qilganimda yutsak ham, yutqazsak ham ular to'g'ri tushunardi va olqishlab turishardi. 

Terma jamoada ayni paytda har tomonlama tayyor turgan, Superligada o'zini ko'rsatayotgan darvozabon turishi kerak deb o'ylayman. Superligada 14 ta jamoadan jami 28ta darvozabon chiqadi. Terma jamoaga men hozirgi kundagini aytmoqchiman, "Navbahor" kiperi O'tkir Yusupovni loyiq deb bilaman. U barqaror o'yin ko'rsatmoqda, reakciyasi ham tez. Terma jamoa sentyabrda yig'in o'tkazsa o'sha paytdagi tayyor va barqaror o'ynayotgan darvozabonni chaqirish kerak. Albatta, men bosh murabbiyning ishiga va qarorlariga aralashmoqchi emasman. Maslahat berishga ham ojizlik qilaman. Esingizda bo'lsa terma jamoada Anvar Rashidov ishlaganida Nesterov va Temur Jo'raev taklif etilardi. Hozir Denis Ivankov ishlayapti, Quvvatov va Suyunov muntazam taklif etilmoqda. Bu nimani anglatadi? Barcha murabbiylar o'zi tanigan va bilganlar bilan ishlamoqda. Qolganlar munosib emasmi?",- deydi Anvar Jabborov.

Batafsil intervyuni bir necha soatlardan so'ng saytimizda o'qishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting!

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика