So’nggi yangiliklar

02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  0 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  1 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  1 23:43"Челси" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  7 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  19 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

Anvar G'ofurov: "Vaziyatlarni yakunlashda sovuqqonlik etishmayapti. O'tkurov uchun bugungi holat dars bo'lishi kerak" Yangiliklar

Anvar G'ofurov: "Vaziyatlarni yakunlashda sovuqqonlik etishmayapti. O'tkurov uchun bugungi holat dars bo'lishi kerak"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Dinamo" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar G'ofurov matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida

– O'yin kutilganidek bo'ldi. Ikki jamoaga ham ochko kerak edi. Vaziyatlar bo'ldi. Buni ustida ishlayapmiz, ammo gol ura olmayapmiz. Oxirgi nuqtani qo'yish paytida uchinchi nuqtada sovuqqonlik etishmayapti. Gol urish uchun nimadir halal beryapti. Xatolar ustida ishlaymiz, qaytadan o'yinni analiz qilamiz. O'yinimizni yaxshilash uchun ancha ishlashimiz kerak.

– Uchinchi nuqtada sovuqqonlik etishmayapti deb aytdingiz. Bu nima bilan bog'liq?

– Bizda tajribali futbolchilar bor. Vaziyatlarni oxirida tushunmovchilik bo'lyapti. Negadir vaziyatni yakunlashda sovuqqonlik etishmayapti. Mashg'ulotlarda buni ustida ko'p ishlayapmiz, ammo foydasi bo'lmayapti. Bu nafaqat uchinchi hududda, balki maydonni boshqa qismlarida ham kuzatilmoqda. Anchadan beri "Bunyodkor" hozirgi uslubda futbol o'ynashini istab yurgandik. Bizda bosh murabbiy bor edi, uning uslubida o'ynardik, biz esa faqat o'z ishimizni bajarardik. Mana endi murabbiy sifatida o'zim o'ylab yurgan uslubda o'ynamoqdamiz. Men ham "Bunyodkor" yaxshi o'yin ko'rsatib, g'alabalarga erishishini va o'z o'rniga qaytishini xohlayman. Biroq, 11 nafar futbolchini bir maqsad yo'lida birlashtirish oson ish emas. Imkoniyat bo'lsa, jamoada raqobatni oshirish uchun yangi futbolchilarni olib kelamiz. 

– "Bunyodkor" beshta turda uchta qizil kartochka oldi. Bunga munosabatingiz qanday?

– Tohirbekni biz o'yinni kuchaytirish uchun maydonga tushirgandik. U reja bo'yicha hujumni kuchaytirish kerak edi. Bilmadim, ko'pincha bunday holat bir soniya vaziyatni nazorat qilmaslikdan kelib chiqadi. Hech qaysi futbolchi o'zi istab bunday qilmaydi, bu 100% aniq. Usmonali ham "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin ancha afsuslangandi. Biz buning ustida ishlamoqdamiz. Bir narsa aniqki, bu narsa ataylib qilinmayapti. Bu ham futbolning bir qismi.

– O'tgan turda ham Farhod O'tkurovga zaxiraga olinishi dars bo'lishi kerak edi deb aytgandingiz. Bugun ham erta zaxiraga olingach, u bilan biroz vaqt suhbatlashib turdingiz. Umuman, Farhod O'tkirov bilan nima sodir bo'lyapti?

– Bu oddiy ish jarayoni. O'tgan o'yinda ham unga malum talablar qo'yilgandi. Farhod O'tkurov bu vazifalarni bajarmagandi. SHundan so'ng, u mashg'ulotlarda yana o'zini ko'rsatdi. Bugun ham uni avvalroq zaxiraga olmoqchi bo'lgandim, ammo unga yana imkoniyat berdim. Afsuski, u o'ziga berilgan topshiriqni yana bajara olmadi. O'tkirov juda ko'p narsaga qodir. Unga hali etarlicha imkoniyat beriladi. Biroq, bu cheksiz davom etmaydi. Qachondir, unga bo'lgan ishonch ham tugashi mumkin. SHunday ekan, u o'ziga berilgan imkoniyatlardan iloji boricha tezroq foydalanishi kerak. Bugungi holat O'tkurovga dars bo'lishi lozim. Aks holda, murabbiylar shtabi bilan o'z xulosamizni chiqaramiz. 

– "Bunyodkor" bugun ochko yo'qotdimi yoki bir ochkoga ega chiqdimi?

– Qiyin savol. Bir narsa deya olmayman. Hamma ayb o'zimizda. Aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика