So’nggi yangiliklar

02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  0 01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  37 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  25 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Anvar G'ofurov: “Lokomotiv”da o'zimni yanada ko'rsatmoqchiman” Yangiliklar

Anvar G'ofurov: “Lokomotiv”da o'zimni yanada ko'rsatmoqchiman”

Yaqinda “Bunyodkor”ning uch nafar azosi – Lutfulla To'raev, Jasur Hasanov va Anvar G'ofurov “Lokomotiv”ga ko'chib o'tdilar.
Tajribali himoyachi sanalgan G'ofurov 2009 yildan beri “Qaldirg'ochlar” sharafini munosib tarzda himoya qilib kelatyogandi. Ammo mavsum-2013 uning uchun “Bunyodkor”dagi oxirgi faoliyati bo'lib qoldi. O'tgan yillar davomida futbolchi har tomonlama o'sdi deyishga asoslar etarli. Unga xorijdan ham takliflar bo'lgandi. Bu safar esa u “Lokomotiv” variantini tanladi. Yangi klubda qanday tarzda o'ynab ketishini vaqt ko'rsatadi. Biroq ularning qo'shilgani temiryo'lchilar tarkibini sezilarli darajada kuchaytiradi. SHu sababli Anvar G'ofurov bilan nima uchun bunday qarorga kelgani haqida suhbatlashdik.

- “Bunyodkor”dan “Lokomotiv”ga o'tishinglar shov-shuvga sabab bo'ldi. Aytingchi, nima sababdan bunday qarorga keldingiz?
- Muhitni o'zgartirmoqchi bo'ldim. Hadeb bitta jamoada o'ynayversa futbolchi to'xtab qolishi mumkin. Boshqa klubga o'tsa nimaga qodirligimni ko'rsata olaman deya o'zini ko'rsatish harakatida bo'ladi. Jamoa almashtirsa qanaqadir o'sish bo'ladimikin deb o'ylayman. CHunki yangi klubda yangi murabbiy va uning nimaga qodirsan degan savoliga javob berish kerak. “Bunyodkor”da necha yil o'ynagan bo'lsam u erdagilar mening qandayligimni yaxshi bilib olishgan. Yangi jamoaga o'tish esa men uchun yangi chaqiruv va yangi sinov.

- “Bunyodkor”da to'p surib tajribangizni anchagina oshirib olgansiz. SHuning uchun “Loko”da yana qanaqasiga o'sishni istayapsiz?
- Men u manoda aytmagandim. SHunchaki “Bunyodkor”da o'ynab to'xtab qoldim va o'zim uchun xuddi orqaga ketayotgandek bo'ldim. SHu bois yangi klubga o'tib bundanda yaxshiroq o'ynashga harakat qilishim kerak. To'g'risini aytsam, oxirgi paytlarda o'yinim o'zimga ham yoqmay qolgandi. “Lokomotiv” esa yangi jamoa va shuning uchun o'z ustimda ko'proq ishlashga undaydi.

- Demak “Lokomotiv”ga o'tishingiz oldinga tashlangan qadam ekanda?
-  Xudo xohlasa shunaqa umiddaman.

- Ushbu mavsum boshida ham “Bunyodkor”dan ketishingiz mumkin edi. Sizga Tailanddan yaxshigina taklif bo'lgandi va u erga borib kelgandingiz. Haligacha ularning taklifiga rozi bo'lmaganingizdan afsuslanasizmi?
- Boshida har xil fikrlar bo'lgandi. Agar o'sha voqeaga ahamiyat berib yurganimda futbol o'ynashga ham vaqt qolmasdi. To'g'ri, boshida bu haqida o'ylab yurdim. Keyinchalik taqdirim shunaqa ekan, “Bunyodkor”da bo'lishim kerak ekan deya unitishga harakat qildim.

- “Bunyodkor”dan ketishni oldindan rejalashtirib yurganmidingiz?

- Yo'q, rejalashtirmagandim. Baribir niyat bor edi-yu, lekin rejalashtirmagandim. Mavsum tugaganidan keyin “Lokomotiv” jamoasidan taklif oldim. O'shanda barchasini taroziga solib o'ylab ko'rdim. Yangi jamoa, yangi do'stlar, yangi xissiyotlar, yangi murabbiylar... umuman hammasi boshqacha bo'ladi degan fikrda taklifga rozi bo'ldim.

- “Bunyodkor” sizga shartnomani uzaytirishni taklif qilmadimi?
- Ular shartnomani uzaytirishmoqchi bo'lgandi. Oilamdagilar bilan maslahatlashdim va o'ylab-o'ylab jamoani almashtirish kerak degan fikrga keldim. O'zim uchun ham yangi klubga o'tish sinov bo'ladi.

- Bir necha mavsum “Bunyodkor” uchun o'ynab zerikdingizmi?
- Yo'q, zerikmadim. Baribir “Bunyodkor”da o'ynash qiziqarli. SHuning uchun bu erda to'p surganda zerikishga vaqt bo'lmaydi. Qolaversa, barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabatda bo'ldim. Hammamiz bir oiladek bo'lib qolgandik. Menimcha hech kim oilasida zerikmasa kerak.

- “Lokomotiv” ikki yildan beri “Bunyodkor”ning asosiy raqobatichisiga aylandi. Keyingi yilda ham “Loko” ular uchun asosiy raqibga aylanadi. SHunday ekan, “Bunyodkor”ning asosiy raqobatchisi jamoasiga ko'chib o'tishingizni qanday tushunish mumkin?

- “Lokomotiv”ning o'z oldiga qo'ygan vazifalari juda yaxshi. Masalan “Nasaf”ning ham maqsadlari jiddiy bo'lishi mumkin. Lekin yangi mavsumda menimcha oltin medal uchun “Bunyodkor” bilan “Lokomotiv” kurashadi. “Loko”ning maqsadlari nihoyatda ulkan. CHempionatda g'alabalarni qo'lga kiritishdan tashqari Osiyo chempionlar Ligasiga chiqib u erda ham iloji boricha uzoqroqqa borishni maqsad qilishgan. To'g'ri, bu kabi vazifalar “Bunyodkor”da ham bor. Ammo men “Lokomotiv”da o'z kuchimni sinab ko'rishga qaror qildim.

- Balki “Lokomotiv”ni sizga moddiy tomondan yaxshiroq taklif bilan chiqqani “Bunyodkor”dan ketishingizga turtki bo'lgandir?
- To'g'ri, ular yaxshi taklif bilan chiqishdi. Ammo qarorimni o'zgartirishimda pul muhim rol o'ynagani yo'q. Bu – futbol, har qanday o'yinchi qachondir o'ziga yaxshiroq klubdan chaqiruv bo'lishini istaydi. Misol uchun Mario Gyotce “Borussiya”dan ashaddiy raqibi “Bavariya”ga o'tib ketdi. Uni “Bavariya”ga qaraganda Dortmundda oz pul olardi deb o'ylamayman. U ham o'z joyida to'xtab qolmasligi va yangi jamoada o'zini ko'rsatishi uchun o'tgan. Men “Bunyodkor”dan butunlay ketdim deb ayta olmayman. Futbolda ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. U erda to'rt yil faoliyatimni o'tkazib o'z oilamdek bo'lib qolgan va men uchun qadrdon klub. Qachondir “Bunyodkor”ga yana kerak bo'lib qolsam ular uchun hamisha muloqotga tayyorman. SHunchaki muhitni almashtirish o'zim uchun ham to'g'ri qaror bo'ldi.

- “Bunyodkor”dagi 2009-2013 yillardagi mavsum davomida oltita sovringa ega bo'ldingiz. Bu siz o'ylaganingizdan ham ko'pmi?
- Albatta. Men shunday insonmanki, har bir o'yin, har bir turnirda g'olib chiqishga astoydil harakat qilaman. Qanaqangi uchrashuv bo'lishidan qatiy nazar har doim g'alaba qozonishga intilaman. “Bunyodkor”da to'p surib oltita sovrin yutganimga Xudoga shukur qilaman.

- Ko'rinib turibdiki, futbolchi sifatida o'ylagan orzularingiz “Bunyodkor” tufayli amalga oshdi...
- Ha, to'g'ri.

- Buning uchun kimdan minnatdorsiz?
- Butun boshli jamoadan. Men “Bunyodkor”dagi hech kimga etiroz bildira olmayman. Klub qorovulidan tortib prezidentgacha rahmat aytaman.  

- “Lokomotiv” yangi mavsumda o'z oldiga qo'yilgan vazifalarga erishishiga ich-ichingizdan ishonyapsizmi?
- Albatta ishonaman. Bu erga ikkinchi o'rinni olish uchun kelmaganmiz. Bu yil “Lokomotiv” jamoasi yaxshigina mehnat qilishdi va ikkinchi o'rinni egallashdi. Ularning o'zlari ham keyingi yili chempionlikka erishishga yanada ko'proq harakat qilishlari tabiiy.  

- Hozircha yangi jamoangiz bilan tanishishga ulgurmagandirsiz-a?
- Yo'q. 10 dekabrda yig'iladi.

- Fevral oyida chempionlar Ligasiga yo'l olish uchun pley-offda o'ynasizlar, shu bilan jiddiy maqsadlar sari yurish boshlanadi. Umuman olganda, jamoaning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Hozircha aniq baho bera olmayman. Hali futbolchilar va murabbiylar bilan tanishmaganman. Muhitni ham yaxshi bilmayman. Ammo shunisi aniqki, klub oldiga qo'yilgan rejalar juda katta. Bu savolingizga yarim yildan keyin javob bera olaman.

- Hozircha Hakim Fuzaylov bilan gaplashmadingizmi?
- Hozircha gaplashganim yo'q.

- Murabbiy haqida qanday fikrdasiz?
- Uni yaxshi mutaxassis deb eshitganman. Fuzaylov kelgach jamoa kuchaydi va yaxshi o'yin ko'rsatdi. Kelasi yili “Loko” yanada kuchaysa yaxshi bo'ladi deb o'ylayman.

- Sizga qanday mashinalar yoqadi?
- Har bir mashina o'z qiyofasi bo'yicha chiroyli.

- Qaysi rusumdagi mashinangiz bor?
- Captiva. Demak menga shu mashina yoqadi (kuladi).

- Yoqtirgan jamoangiz?
- “Barselona”.

- Bir o'zingiz ovqat tayyorlay olasizmi?
- Tuxum qovurishni bilaman. Ovqat tayyorlashda tajribam juda kam.

- Oxirgi o'qigan kitobingiz qaysi?
- 11-sinf kitoblari (kuladi). To'g'risi, ko'proq internetni o'qiyman.

- Qanaqa janrdagi filmlarni yoqtirasiz?
- Ozgina fantastika qo'shilgan kinolar menga maqul bo'ladi.

SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика