So’nggi yangiliklar

18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 18:08U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23. Таркиблар маълум  4 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   16 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  5 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   3 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2

Anvar Berdiev: "Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Futbolchilarimiz qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynab turgandik. "Bunyodkor" jamoasi o'z imkoniyatlaridan foydalanib ketdi. Vaziyatni o'zgartirishga harakat qildik, biroq hujumlarimiz gol bilan tugamadi. "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman.

- "Sho'rtan"da ortda qolgan ikki o'yinda futbolchilar yomon taasurot qoldirishmadi. Gollar uchun hujumchi kerak. Jamoada bu borada qanday muammo bor?

- Bizda hozirlik vaziyatlarga nuqta qo'ya oladigan hujumchi etishmayapti. Mavjud imkoniyatdan kelib chiqib harakat qilayapmiz. Hozirgi o'zbek futbolida hujumchilar muammosi bor. Aksariyat jamoalarda legioner hujumchilar harakat qilishayapti. Mashg'ulotlarda ishlaymiz, hujumchilar har bir vaziyatdan maksimal naf chiqara olishlari lozim. 

- Jamoa tarkibiga legionerlar jalb etishga moliyaviy imkoniyat etarlimi? Balki siz legionerlar bilan futbol o'ynashni hohlamassiz?

- Birinchi navbatda, o'zimizning mahalliy futbolchilarga etibor qaratishga harakat qilayapmiz. Istaysizmi, yo'qmi, yaxshi saviyadagi legioner futbolchi arzon turmaydi. Shu tarkibimiz bilan o'z oldimizdagi vazifani bajara olishimizga ishonaman. Xatolardan xulosa chiqargan holda keyingi o'yinlar uchun jiddiy tayyorgarlikka kirishamiz.



- Bugungi mag'lubiyatga "Bunyodkor"ning kuchli ekani sabab bo'ldimi? Yoki jamoangiz futbolchilari kamchiliklarga yo'l qo'yishdimi?

- O'yin boshida vaziyatlarimiz bo'layotgandi. O'z xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Gol urmasak, g'alaba qozona olmaymiz. Xato evaziga mag'lub bo'ldik, bundan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak.

- O'rinbosarlar tarkibida asosiy jamoaga jalb etish uchun nomzodlar bor deb ayta olasizmi?

- Albatta, imkon qadar yoshlar jamoalarimiz o'yinlarini kuzatib boraman. Etibor bergan bo'lsangiz, Asilbek Anvarov ikkinchi bo'limda o'yinga tushdi. U aynan yoshlar jamoamiz tarkibidan jalb etildi. O'z maktabimizdan futbolchilarni etishtirishga harakat qilamiz.

- Ikkinchi bo'limda qanday uslubni tanladingiz?

- Etibor bergan bo'lsangiz, ikkinchi bo'limda biz ko'proq oldingi chiziqqa urg'u qaratdik. Pressingda ushlashga urindik, standart vaziyatlar bizning xatolarimizga sabab bo'ldi. Ishtiyoq bilan o'ynash kerak, futbolchilar o'zlariga ishonib harakat qilishlari kerak.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика