Anvar Berdiev o'tgan mavsumdagi to'purar hujumchisi nima sababdan "Sho'rtan"dan ketganini aytdi
11 apr 23:55
Yangiliklar


Anvar Berdiev o'tgan mavsumdagi to'purar hujumchisi nima sababdan "Sho'rtan"dan ketganini aytdi
- "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bunday muxlislar oldida o'ynash har bir futbolchi uchun sharaf bo'lishi kerak. Birinchi bo'lim oxirida standartdan keyin gol qo'yib yubordik. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglash uchun oldinga harakatlandik va shu sababli ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Agarda bunday o'yinlarda vaziyatlardan foydalana olmasak, ochko olishimiz juda qiyin bo'ladi. Namanganda shuncha muxlis qarshisida "Navbahor" maydonida vaziyatlardan foydalana olmasangiz bosim ko'tarilib ketaveradi.
- Anvar aka, Sizni juda kuchli hujumchi sifatida ko'rganmiz. Bugun "Sho'rtan"da yaqqol hujumchini ko'ra olmadik. Bunga sabab nimada?
- Etibor bergan bo'lsangiz, biz bugun uch nafar hujumchi bilan o'ynadik. Hujumga qanotdagilar ham yordam berishlari kerak edi. Hujumga o'ta olmasak himoyalanishimiz kerak. Hujum chizig'imizda Daler Sharipov harakat qildi. Birinchi bo'limda bizda ko'p ham vaziyat bo'lmagani uchun hujumchimiz ko'rinmadi. Ikkinchi bo'limda esa bizda darvozani ishg'ol qilish uchun vaziyatlar bo'ldi, biroq bundan foydalana olmadik. Ayta olamanki, bugun biz uch nafar hujumchi bilan harakatlandik.
- Tarkibingizdagi futbolchilarning katta qismi, va shuningdek, balki Sizning murabbiylik faoliyatingizda ham bugungidek muxlislar to'la, qaynoq atmosferadagi stadionda birinchi o'yiningiz bo'lsa kerak. Hissiyotlar qanday?
- Shunday. Oldin biz Namanganga futbolchi sifatida kelganmiz. Bu safar murabbiy sifatida keldim, hissiyotlar o'sha-o'sha. Namanganda futbol o'ynash yoqimli. Negaki to'la stadionda futbol o'ynash futbolchi uchun sharaf bo'lishi, stadionning har bir qarichida to'p uchun kurashishi lozim. Futbolchilarda bir kun kelib nimadir o'zgarishi kerak-ki, biz so'nggi vaziyatda nuqta qo'ya oladigan joyda oqsayapmiz. Futbolchilar harakat qilishmoqda, buni mashg'ulotlarda ham ishlayapmiz. Bugun ham ko'rdingiz, vaziyatlar bo'ldi, bulardan gol ura olmadik. Namanganda "Navbahor"ga qarshi to'p surish barcha uchun qiyin bo'ladi. Xatolar ustida ishlaymiz, "Navbahor"ga keyingi o'yinlarda omad tilaymiz.
- Yaqin o'tmishning eng yaxshi hujumchilaridan birisiz. Futbolchilik faoliyatingizga nazar solsak, o'sha paytlarda bir yo'la bir necha nafar o'zbekistonlik hujumchilar to'purarlik uchun kurashardi. Xatto jamoalar etakchilari hujumchilar bo'lishardi. 25tadan kam gol urgan futbolchi to'purar bo'la olmasdi, xatto 25-28ta gol urgan futbolchi ikkinchi, uchinchi o'rinda qayd etilardi. Siz bilan o'ynagan Umid Isoqov, Baxtiyor Hamidullaev, Shuhrat Mirxoldirshoev kabi hujumchilar bor edi. Hozir esa bizda hujumchilar kamayib ketdi. Yaxshi hujumchilarning chiqmayotgani sababi nimada deb o'ylaysiz?
- Fikrimcha, hozirgi etibor jamoaviy futbolga o'tib ketdi. Yaqqol hujumchilarga erkinlik berilmay qo'ydi. Bizda yaxshi iqtidorlar ko'p. Ularni yaxshi tarbiyalasak yangi Umid Isoqov, Baxtiyor Hamidullaev, Shuhrat Mirxoldirshoevlar etishib chiqadi. Bu ustida ishlash kerak. Futbolchiga erkinlik berish kerak. Yaqin kelajakda o'sha kabi hujumchilar etishib chiqadi. Menga ham bu achinarli holat. So'nggi yillarda legionerlar to'purarlikka bahslashyapti. Bu bizning futbolchilarga ishtiyoq bo'lishi kerak. Agarda bizda mahalliy futbolchilarga etibor qaratilsa, o'zbeklar ham to'purarlik uchun kurasha oladi.
- O'z jamoangizdagi biror hujumchi bilan bu borada ishlayapsizmi?
- Albatta. Hujumchilarimizga etibor beradigan bo'lsangiz, biri Daler Sharipov 2004 yil, hali juda yosh. Ikkinchisini Qirg'iziston chempionatidan chaqirib oldik. Biz imkon darajasida o'z futbolchilarimizdan jamoa shakllantirdik. Biroq hali ham futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonchsizlikni yo'qota olmayapmiz. Mashg'ulotlarda yaxshi harakat qilyapmiz, hammasi yaxshi o'xshayapti. Maydonda ham o'yin borasida yomon emasmiz. Ishlashda davom etsak bu kamchiliklarni yo'qota olamiz.
- O'tgan yili jamoada to'purar hujumchi (Muxriddin Zoirov) bor edi. U nega jamoadan ketdi?
- U bilan moliyaviy shartlarni kelisha olmadik. Boshqa klub biz taklif qilgan summadan ko'proq ko'proq bergani uchun jamoamizdan ketdi. Oddiy javob shu.
- Qarshidan Superligada uch jamoa bor. "Sho'rtan"ning moliyaviy holati qanday?
- Menimcha byudjet kabi malumotlarni oshkor qilishim noto'g'ri bo'ladi. Bizga homiyimiz "Hududgaz" katta yordam bermoqda. Ularga alohida minnatdorlik bildiraman. Bor imkoniyatimizdan kelib chiqib harakat qilishda davom etamiz.
- "Sho'rtan"ning oldidagi maqsadi qanday?
- Jamoamiz har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynaymiz. Lekin buning uchun futbolchilar o'zlariga bo'lgan ishonchini oshirishi kerak. Bu ustida ishlayapmiz. Keyinchalik natija ham bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Yaxshi xujumchi yoʻqligiga nima sabab...
Yaxshi o'tgan safar aytgandim deb qoʻymabdi