So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  3 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

Anvar Berdiev: "Lebedev "Istiqlol"ga qaytarilgani uchun klubimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Lebedev "Istiqlol"ga qaytarilgani uchun klubimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman"

PRO-Liga yangi mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan Farg'onaning "Istiqlol" klubi bosh murabbiyi Anvar Berdiev bilan klubning oldindagi rejalari, tarkibga jalb etilayotgan futbolchilar xususida suhbat tashkil etdik.

- Anvar aka, "Istiqlol" jamoasini mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday kechmoqda?
- Avvalambor barcha futbol muxlislarini kirib kelgan yangi yil, yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman. Ochig'ini aytish kerak, o'tgan mavsumda yuzaga kelgan pandemiya sabab biz ham, muxlislar ham futbol havosidan to'la bahramand bo'la olmadik. Umid qilaman yangi futbol mavsumida biz avvalgi davrlar kabi futbol uchrashuvlarini o'tkazamiz, ilohim barchasi ortda qolgani rost bo'lsin.

Jamoamizning mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida aytadigan bo'lsam, rejaga ko'ra biz 3-yanvar sanasidan mashg'ulotlarni boshlashimiz lozim edi. Lekin yuzaga kelgan turli sabablar tufayli biz yig'inni kechroq boshladik. Ko'pchilikni xabari bor, o'tgan mavsumda tarkibimizda harakat qilgan aksariyat futbolchilar boshqa jamoalarga o'tib ketishdi. Hozirdagi tarkibimiz deyarli yangilangan. Mana hozir hamma shu haqida aytayapti, biz "Neftchi"da o'ynagan ayrim futbolchilarni tarkibimizga jalb etdik. Bizga ular kerak, ularning tajribasidan foydalanishni maqsad qilganmiz. Yaqinda "Hokim kubogi" musobaqasi boshlanadi, mana shu turnir davomida biz optimal tarkibni aniqlaymiz, kim qolishi yoki kimdir ketishi shundan so'ng aniq bo'ladi.

- "Istiqlol"ning bugungi mashg'ulotlarida tajribali mutaxassis, jamoaning sobiq bosh murabbiyi Sergey Lebedev ham ishtirok etmoqda. Aytingchi, Lebedev jamoaga qaytdimi?

- Ha, Sergey Lebedev jamoamizga qaytdi. Bizni taklifimizni inobatga olib ushbu tajribali mutaxassisni jamoamizga qaytarganliklari uchun klubimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Endilikda yana Sergey Lebedev bilan birga ishlaymiz, murabbiylar shtabida bizga yaqindan yordam beradi.

- Anvar aka, ayni damda "Istiqlol" mashg'ulotlarida Mansur Saidov, Dilyor Irmatov, Farrux Turdaliev kabi futbolchilar ishtirok etishmoqda. Futbolchilik davringizda bu futbolchilar bilan birga o'ynagansiz, ular bilan ishlash siz uchun qiyin emasmi?

- Yo'q, albatta qiyin emas. Men ushbu futbolchilarni imkoniyatlarini, maydonda nimalarga qodir ekanliklarini yaxshi bilaman. SHu sababdan ular bilan ishlash men uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. Hozirda bundan tashqari Pavel Smolyachenko ham jamoamiz mashg'ulotlariga qo'shildi.

Klubimiz rahbariyati bizga yangi mavsum uchun jiddiy vazifalarni qo'ymoqda. "Istiqlol" PRO-Ligada chempion bo'lishi uchun barchamiz birgalikda astoydil harakat qilamiz. Bilasizlar, viloyatimiz hokimi Xayrullo Bozorovning futbolga bo'lgan qiziqishi yuqori. SHu sababdan ayni damda Farg'onadagi futbol klublariga bo'lgan etibor kuchli. Biz ham albatta yaratib berilayotgan sharoitlarni, ishonchni oqlashga astoydil harakat qilamiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика