So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  19 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Anvar Berdiev: "Keraksiz vaziyatlarda ochko yo'qotganimiz bizga pand berdi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Keraksiz vaziyatlarda ochko yo'qotganimiz bizga pand berdi"

A PRO-Liga 27-turidan o'rin olgan “Istiqlol” – “Oq-tepa” (5:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Anvar Berdiev saytmizga intervyu berdi.

- Anvar aka, 27-tur uchrashuvlari yakuniga ko'ra, “Istiqlol” jamoasi A PRO-Ligada 2-o'rinni qo'lga kiritishi aniq bo'lib ulgurdi. Ushbu natija bilan tabriklaymiz...
- Avvalambor, tabrik uchun rahmat! Joriy mavsum biz uchun og'ir o'tdi. Bizni oxirgi turda “SHo'rtan”ga qarshi qiyin uchrashuv kutib turibdi. Ochig'i bugun “Xorazm” o'z maydonida “SHo'rtan”ni mag'lub etganini sizdan eshitdim. A PRO-Ligada ikkinchi o'rin yomon natija emas. Hammaga malum A PRO-Ligada kuchli jamoalar jam bo'lgan.

Ushbu natija bilan jamoamizning barcha azolari va muxlislarimizni tabriklayman. SHuningdek jamoamizni muntazam ravishda qo'llab-quvvatlab kelayotgan xomiyimizga, jamoamiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Mavsum avvalida jamoamizga A PRO-Ligada g'olib chiqib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan edi. Afsuski, bu vazifani uddalay olmadik. O'sha ikkinchi davra boshida “Oq-tepa”ga o'z maydonimizda mag'lub bo'lganimiz, shuningdek uy uchrashuvimizda “Mashal” jamoasiga yutqazganimiz bizga yakunda 1-o'rinni olishimizga to'sqinlik qildi. Keraksiz vaziyatlarda ochko yo'qotganligimiz bizga pand berdi.

Yana bir bor jamoamiz rahbariyati va xomiylarimizga, jamoamiz muxlislariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, – deydi Anvar Berdiev.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика