So’nggi yangiliklar

12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  0 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  2 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  7 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  7 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0

Anvar Berdiev: "Hujumchi bitta himoyachini aldab o'ta olmasa, u hujumchi hisoblanmaydi. Isoqov, Hamidullaevlar yana chiqadi. Faqat..." Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Hujumchi bitta himoyachini aldab o'ta olmasa, u hujumchi hisoblanmaydi. Isoqov, Hamidullaevlar yana chiqadi. Faqat..."

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Nasaf" (1:4) uchrashuvidan so'ng g'uzorliklar bosh murabbiyi Anvar Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin haqida nima deyish mumkin, O'zbekistonning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik. "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman

- "Sho'rtan" jamoasi oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish. Bu yil bizga juda qiyin bo'lishini bilamiz. Shunga qaramasdan harakat qilamiz. Futbolchilarimizning ko'pi Pro ligada o'ynagan. O'ylaymanki, ular o'yindan-o'yinga o'zlarini ko'rsatib borishadi.

- Qishda tarkibga bir necha nafar futbolchilar taklif qilindi. Mazkur transferlardan ko'nlingiz to'lyaptimi?

- Biz imkon darajasida vaziyatimizdan kelib chiqib futbolchi tanladik. Istaymizmi yoki yo'q Superligada futbolchilarning mahorati o'yin natijasini hal qilib ketmoqda. Tarkibimizga jalb qilingan futbolchilarga ishonaman. "Nasaf" jamoasida boshqacha vazifa. Ko'p yosh futbolchilar ishonchni oqlashga harakat qilishsa bundan ham kuchliroq o'ynay olishadi. 

- Qaysi chiziqlar qoniqtirmayapti?

- To'g'risini aytsam bizning oqsayotgan chizig'imiz hujum nuqtasi bo'lib turibdi, qishda ham yaxshi hujumchi topishga harakat qildik. 

- "Sho'rtan"ning Superligadagi imkoniyatlarini necha foizga baholaysiz?

- Oldindan biror narsani bashorat qila olmayman. O'zimizning maydonga qaytsak g'uzorlik muxlislar oldida kuchliroq o'ynashga harakat qilamiz. Uyda futbolchilar ham boshqacha ishtiyoq bilan to'p tepadi. 

- Jamoa 4 ta o'yinda 1 ochko ishladi. Ko'p ochko yo'qotyapti. Keyingi o'yin "Navbahor"ga qarshi bo'ladi. Bu o'yinda himoyaviy o'yin taktikasida va natija uchun o'ynaladimi? Balki rotaciyalar qilishga harakat qilasizmi?

- Bu o'yingacha kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz. Himoyaviy taktika har doim ish berishi qiyin. O'zim hujumkor o'yin tarafdoriman. Agar oldindagi futbolchilar vaziyatlarni golga aylantira olmasa juda qiyin. Eng yaxshi himoya hujum degani. 

- Siz o'ynagan davrda yaqqol hujumchi ajralib turardi. Anvar Berdiev gol urishini oldindan hamma bilardi. Hozir nima uchun  hujumchilar chiqmayapti? 

- To'g'risini aytsam individual kuchli futbolchilar kamayib ketdi, chunki ko'plar jamoviy o'yinga etibor qaratmoqda. O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko'p. Agar ular bilan ishlashsa yana vaqti kelib Isoqov, Hamidullaevga o'xshagan futbolchilar etishib chiqadi. Agarda hujumchi bitta himoyachini aldab o'ta olmasa u hujumchi hisoblanmaydi. Bu mening shaxsiy fikrim. Necha yildan beri Superligada legioner futbolchilar to'purar bo'lib kelyapti. 

- Muhriddin Zoirov jamoa bilan Superligaga chiqdi. Uning o'rnini qanday to'ldirmoqchisiz?

- Zoirovni jamoada olib qolmoqchi edik. Lekin bizning taklif qilgan shartlarimiz maqul kelmadi shekilli boshqa jamoaga yo'l oldi. Hozir tarkibdagi bor futbolchilardan foydalanib turamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика