Anvar Berdiev: "Hakamning hushtagi bilan boshlangan o'yin uning hushtagi bilan yakunlanadi"
25 apr 2021 21:34
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Hakamning hushtagi bilan boshlangan o'yin uning hushtagi bilan yakunlanadi"
"Barchaga assalomu alaykum, Sizlarni bu erda ko'rib turganimdan xursandman. Avvalo "Surxon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, bugun meni qo'l ostimda jamoa birinchi uchrashuvini o'tkazdi. Albatta debyutimda jamoa yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashi yoqimsiz holat bo'ldi. Futbolchilar hisob 0:2 bo'lganidan so'ng, bilmayman negadir juda xotirjamlikka berilib, o'yinni qo'yib yuborishdi, balki osongina g'alaba qozonamiz deb o'ylashgandir. Lekin bu juda katta xato, hakamning hushtagi bilan boshlangan o'yin uning hushtagi bilan yakunlanadi. Bu orada futbol o'ynash kerak, xotirjamlikka berilish yaramaydi, diqqatni bir joyga jamlay ololmasangiz raqib sizni har bir vaziyatda jazolashi mumkin. Bugungi uchrashuv bunga misol.
Muxlislarimiz oldida bugungi o'yin uchun xijolatdaman. O'yinni qayta ko'rib chiqib, xatolar ustida ishlab keyingi o'yinga tayyorlanamiz", - deydi Anvar Berdiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar