So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  2 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Anvar Berdiev: "G'alabani muxlislar va klubimiz rahbariyatiga bag'ishlaymiz" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "G'alabani muxlislar va klubimiz rahbariyatiga bag'ishlaymiz"

Pro-liganing 12-turidan o'rin olgan "Turon" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- "Buxoro" jamoasi ustidan qozonilgan g'alabani jonkuyar muxlislarimizga va bizni hamisha qo'llab-quvvatlab kelayotgan klubimiz rahbariyatiga bag'ishlaymiz. Futbolchilarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman, ular bugun maydonda borlarini berib harakat qilishdi. "Buxoro" jamoasiga navbatdagi uchrashuvlarda omad yor bo'lishini tilab qolaman.

- Bugun jamoangiz himoya chizig'i vakillari "Buxoro" jamoasi to'purari Ro'zimboy Ahmedovga gol urish imkonini berishmadi. Bu bo'yicha alohida tayyorgarlik ko'rilganmidi?

- Bizning oldimizda o'z maqsadimiz bor. Har bir o'yinga ana shu maqsad asosida tayyorgarlik ko'ramiz. Masalan "Buxoro"ga boshqa, "Aral Samali" yoki "Xorazm"ga boshqacha tayyorgarlik ko'rmaymiz. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushish. Albatta, Ro'zimboy Ahmedov hozirda Pro-liga to'purarlari safida bormoqda. Bu borada u jamoamiz hujumchisi Xumoyun Murtozaev bilan raqobat olib bormoqda. SHu bois o'yinga tayyorgarlik vaqtida bu jihatlarni ham inobatga olganmiz.

- Yozgi tanaffus vaqtida jamoaning qaysi chiziqlariga yangi futbolchilarni jalb etmoqchisiz?

- Hozir tanaffusga qadar yana bitta tur uchrashuvini o'tkazamiz. SHundan so'ng selekciya ishlari haqida o'ylab ko'rishga fursatimiz bo'ladi. Bu borada klubimiz rahbariyati bilan kelishgan xolda qaror qabul qilamiz. Bizda yozgi transferlar oynasi vaqtida yangi futbolchilarni tarkibga jalb etish rejasi bor.

- Jamoada yaxshi o'yin namoyish etayotgan futbolchilarga Superligadan taklif tushsa qo'yib yuborishlaring mumkinmi?

- Biz tarkibni mavsum avvalida tuzganmiz. Hozirda har bir futbolchimiz jamoamiz uchun zarur. Bizda barcha futbolchilarimiz bilan shartnomalar mavjud. SHundan kelib chiqsak, hozir biz yaxshi o'yin ko'rsatayotgan futbolchilarni qo'yib yubora olmaymiz.

- "Buxoro" jamoasi haqida fikringiz qanday?

- "Buxoro" jamoasi bugun yomon o'yin namoyish etgani yo'q. Jamoaning g'alabali onlari hali oldinda. "Buxoro" tarkibida kuchli futbolchilar jam bo'lgan kuchli jamoa. Navbatdagi o'yinlarga "Buxoro"ga omad bo'lishini tilab qolaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика