Anvar Berdiev: Bunyodkorga boraman deb o'ylamagandim
11 iyu 2013 11:28
Yangiliklar
Anvar Berdiev: Bunyodkorga boraman deb o'ylamagandim
Bunyodkor jamoasining hujum chizig'ida ayrim muammolar ko'zga tashlanib qolgandi.
Ko'pincha oldingi chiziq vakillari imkoniyatlardan samarali foydalana olmayaptilar. Masalan, Kamol Murzoevga murabbiylar har qancha ishonch bildirishmasin u kutilgan natijani bermadi. Natijada u Qozog'istonning Irtish klubiga ijaraga berildi. Lekin Bunyodkorga tajribali Anvar Berdiev qo'shildi. 13 yil davomida Neftchi sharafini munosib himoya qilib jamoaning muvaffaqiyatlariga katta hissasini qo'shgan hujumchi bir oy avval jonajon klubini tark etishga majbur bo'ldi. SHundan keyin futbolchiga ko'plab jamoalardan takliflar tushdi. Berdiev esa tabiiyki Bunyodkor variantini tanladi va jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnasha boshladi. Yaqinda esa klub bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. SHundan keyin Anvar bilan bog'lanib Neftchini tark etish sabablari va Bunyodkorga kelishi xususida keng qamrovli suhbat uyushtirdik.
- Sizga Bunyodkordan taklif tushgani va ushbu jamoa azosiga aylanishingiz kutilayotgandi. Nihoyat bu amalga oshdi. Dastlab Qaldirg'ochlar tarkibiga qo'shilishingiz sabablari xususida gapirib bersangiz?
- Neftchidan ketganimdan so'ng oradan 2-3 kun o'tgach menga Bunyodkor bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qo'ng'iroq qilib o'z jamoasiga taklif qildi. Menga bunga qadar boshqa klublardan ham takliflar bo'lgandi. Ammo Qosimovning chaqiruvidan keyin hech ikkilanmasdan Bunyodkorga bordim.
- Bu siz uchun kutilmagan taklif bo'lib tuyuldimi?
- To'g'risi, men uchun ham Bunyodkordan taklif bo'lishi kutilmagan bo'ldi deb aytsam bo'ladi. Birorta klubga ixtiyoriy borib o'ynagandan ko'ra o'rtamiyona klubdan taklif bo'lib o'sha erda to'p surgan yaxshi deb hisoblayman. Lekin Mirjalol Qo'shoqovich Bunyodkorga taklif qilgach hech nimaga qaramasdan rozilik berdim.
- Oxirgi paytlarda Bunyodkorning hujum chizig'ida muammolar paydo bo'ldi. Birgina Pishurni hisobga olmaganda boshqa hujumchilarda gol urish imkoniyati pasayib ketdi. SHu bois hujum chizig'ida sizni ko'rishni istagani bejiz emas.
- Avvalo shuni aytmoqchimanki, Bunyodkorda Aleksandr Pishur, Kamoliddin Murzoev, Bahodir Pardaev, Igor Taran, Anvar Soliev singari ajoyib hujumchilar yig'ilgan. Bu klubga o'tganimning sababi, shaxsan Qosimovning o'zi meni jamoaga kerakligimni aytganidan keyin kelaverdim. Nazarimda bu murabbiyga bog'liq savol deb o'ylayman.
- Neftchini tark etishingiz Yuriy Sarkisyan tufayli yuz berdi. Menimcha bundan boshqa sababi yo'q, shundaymi?
- Ha, to'g'ri. Bir kuni viloyat hokimligida yig'ilish bo'ldi. O'sha erda Yuriy Vazgenovichni ishdan bo'shatdik deb aytishgach, men jamoa nomidan Sarkisyanni shunchaki ketgizmaslik kerak, u nafaqat Farg'ona futboliga balki, O'zbek futboliga katta hissa qo'shdi, ko'plab natijalarga erishgan. SHu bois uni munosib kuzatib qo'yaylik degan gapni aytdim xolos. Aynan shu aytgan gaplarim jamoadan ketishimga sabab bo'ldi.
- Guliston bilan o'yinda gol urilgach jamoadoshingiz mahalliy gazetani yirtib yubordi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Men hamisha jurnalistlarni hurmat qilaman va ularning ishini qadrlayman. Bo'lib o'tgan voqeaga kelsak, o'sha gazeta viloyat hokimligiga tegishli bo'lmagan gazeta hisoblanadi. Guliston bilan o'yindan oldin o'sha gazetaga to'rtta inson intervyu berib, jamoadagi murabbiylarni, futbolchilarni almashtirish kerak, umuman yoqimsiz gaplar yozilgan. Ochig'ini aytsam, bu gaplarni aytgan insonlar futbol ichidagi shaxslar emas. Futbolni ham yaxshi tushunishmaydi. SHu bois ularning gaplari jamoamizdagi hammani ranjitdi. Gazetani yirtib yuborilishi ham aynan o'sha insonlar uchun qilindi. Ammo gazetani o'zi uchun qilingani yo'q. Agar gapirgan odamlar haqiqatdan futbolning mutaxassislari bo'lganida buni to'g'ri qabul qilgan bo'lardim. Biz faqat ularning gaplariga qarshilik sifatida shunday qildik. Lekin hamma aytayotganidek gazeta viloyat hokimligining gazetasi emas.
- Keyinchalik yana Neftchiga qaytishingiz haqida malumotlar paydo bo'ldi...
- To'g'ri, bu rost. Neftchiga Amet Memet kelganidan keyin meni chaqirtirib ketmasligimni, klubga kerak ekanligimni aytib ishonch bildirdi. Lekin men u paytga kelib o'zim uchun qaror qabul qilib bo'lgandim. SHu sababli Neftchida qolishim juda qiyin masalaga aylangan. Boz ustiga men haqimda viloyat hokimiga noto'g'ri malumot berishgan. Boya bo'lib o'tgan yig'ilishda aytgan gaplarimni rahbarga ntoo'g'ri etkazib, Anvar Berdiev qaroringizga qarshi chiqyapti deb aytishgan. Lekin aslida unday emas. Men viloyat hokimini hurmat qilaman. Uning aytgan birgina gapi viloyatda albatta qo'llaniladi. Xullas, haligi yig'ilishning ertasiga viloyat hokimining o'zi futbolchilar bilan majlis o'tkazdi. O'shanda kim jamoa sardori deb so'radi. Bilasiz, bizda kapitan Mansur Saidov. Keyin yana ikkinchi marta takrorlaganidan keyin Mansur Anvar aka, siz ichimizda kattamissiz, o'zingiz chiqing dedi va men o'rnimdan turdim. O'sha payt hokim yonidagi odamdan kim bu bola? deb so'raganida ular kechagi yig'ilishdagi gaplarni shu bola aytgan, deyishgach rahbar mening birorta gapimni eshitmasdan siz ham bo'shsiz keting dedi va men ikkilanmasdan tark etdim.
- Neftchidan bu tarzda ketaman deb sira o'ylamagandirsiz?
- Bo'lmasamchi! 13 yil shu erda o'ynab ozmi-ko'pmi jamoaga yordamim tegdi deb o'ylayman. Men uchun klubdan bunday holatda ketish juda achinarli. Lekin bu – hayot. Hayotda esa hamma narsaga tayyor turish kerak ekan. Bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. Neftchiga yangi kelgan murabbiylar jamoani hozirgi qiyin sharoitdan olib chiqib ketishlarini tilayman. Nima bo'lgan taqdirda ham men bu jamoa uchun befarq emasman. To'g'ri, klubning bu qadar pastga tushib ketishiga o'zimiz ham aybdormiz. Bu yil mavsumni omadsiz boshlaganimiz uchun farg'onaliklar muxlislardan uzr so'ramoqchiman. Biz ularning oldida xijolat bo'lib qoldik. Ammo Neftchidan ketgan bo'lsam-da, jamoada yaxshi o'yinchilar qolishgan. Ikkinchi davrada ular albatta vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirib yuqori o'rinlarni egallay oladilar.
- Aytingchi, Neftchini tark etishingizga Yuriy Sarkisyanning munosabati qanday bo'ldi?
- Bunyodkorga qo'shilgach Yuriy Vazgenovichga qo'ng'iroq qilib yangilikni aytsam, buni kutmaganini va bundan xursandligini aytib, menga omad tiladi.
- Umuman, sizning Bunyodkorga o'tishingiz ko'pchilik uchun kutilmagan yangilik bo'ldi. To'g'ri tajribali hujumchisiz. Ammo 35 yoshda har qanday futbolchi ham Bunyodkorga kelavermaydi. SHunday ekan, hozirgi holatingizda boshingizga baxt qushi qo'ndi desam mubolag'a qilmagan bo'lamanmi?
- Futbolda yosh shunchaki raqam xolos. 20 yoki 35 yoshda bo'lasizmi maydonga chiqqanda sizdan faqat yaxshi o'yin ko'rsatish talab etiladi. Muxlislar stadionga sizning yoshingiz uchun tashrif buyurishmaydi. Xar qanday sharoitda ham faqat yaxshi o'yinni kutishadi. Yana bir bor qaytaraman: bu raqamlar xolos. Aytmoqchimanki, hali bemalol yuqori saviyada o'ynashga kuchim etadi.
- 13 yil davomida bitta klubda o'ynab birdaniga muhitni o'zgartirib yangi jamoaga moslashish qiyin bo'lmasmikin?
- Men ham boshida qiyin bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Lekin Bunyodkorga kelib ichki muhitini va futbolchilarga bo'lgan munosabatni ko'rib chindan ham professional klub ekanligiga amin bo'ldim. U erda nafaqat murabbiy va futbolchilar balki, klubning barcha ishchi-xodimlari ham meni iliq kutib olishdi. Meni xursandchilik bilan qarshi olishganidan xursand bo'ldim. Ochig'i, bunday bo'lishini kutmagandim.
- Neftchi bilan solishtirganda farqlar darhol ko'zga tashlangandir?
- Albatta farq bor. Ammo Neftchida ham ichki muhit juda yaxshi edi. O'yinchilarning bir-biriga bo'lgan munosabati alo darajada. Bunyodkorda ham xuddi shunday manzarani ko'rdim. Baribir bu erda barchasi yuqori darajada ekan.
- Neftchidan ketganingizdan so'ng sizga qiziquvchilar juda ko'p bo'ldi. Bunyodkordan tashqari Paxtakor ham sizga taklif bilan chiqdi. Bu sizni ikkilantirib qo'ymadimi?
- Men Bunyodkor va Paxtakordan tashqari yana bir qancha klublardan taklif oldim. To'g'ri, Paxtakor ham yurtimizning ko'zga ko'ringan jamoasi. Yoshligimda dadam bilan Paxtakorning o'yinlarini ko'rib ularga muxlislik qilardik. Ana shu jamoadan taklif tushgach uyga dadamga qo'ng'iroq qilib aytsam, xursand bo'ldi. Lekin men undan avval Bunyodkorga so'z berib qo'yganman. SHunday holatda ham Paxtakor bilan til topshisam unda to'g'ri ish qilmagan bo'lardim. SHu sababli Paxtakor rahbariyatiga borib jamoani hurmat qilishimni va meni taklif qilishgani uchun minnatdorlik bildirdim. Biroq ularga ham Bunyodkor jamoasiga so'z berib qo'yganimni aytdim va paxtakordagilar bilan iliq munosabatda xayrlashdik.
- Bunyodkor libosida birinchi o'yiningizni o'tkazishni intiqlik bilan kutyapsizmi?
- Hozir jamoa bilan mashg'ulotlarda jiddiy ishlayapmiz. Barcha yigitlar zo'r berib ishlamoqdalar. Imkoni qadar tezroq maydonga tushib o'ynashimni kutyapman.
- Neftchida etakchi hujumchi siz edingiz. Bunyodkorda esa etakchilardan bir nechtasi bor. Klubda o'z o'rningizni topish uchun yana qattiq mehnat qilishingiz talab qilinadi.
- Qaysi jamoada o'ynashingizdan qatiy nazar doimo qattiq mehnat qilmasangiz bo'lmaydi. Bunyodkorda har bir futbolchining o'rni bor va etakchi sanaladi. Men ham qo'limdan kelganicha harakat qilaman. Hammasi futbolchining o'ziga bog'liq. Dastlabki o'yinlarimdanoq yordam berish uchun kurashaman.
- Bunyodkor hujumchisi Kamoliddin Murzoev Irtish klubiga ijaraga berildi. Bu esa sizning kelishingiz bilan bog'liqdir?
- Kim kelishi, kim ketishini bosh murabbiy hal qiladi.
- Bir so'z bilan aytganda Neftchini tark etganingiz uchun xafa bo'ldingizmi?
- Ketganimga xafa bo'lmadim. Baribir viloyat hokimiga rahmat aytaman. Yil boshida bizga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishdi. BAAda va Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishimizda hokim yordam berdi. Muxlislarning va rahbarning jamoamizdan umidi katta edi. Afsuski, kutilgan o'yinlarini ko'rsata olmadik. Hamma rahbar sharoit yaratib berganidan keyin albatta natijani kutadi. Afsuski, viloyat hokimining ishonchini oqlay olmadik. Buning uchun barchasidan uzr so'rayman.
Neftchining bundan keyingi o'yinlariga omad tilayman. Hayotda hamma narsa bo'ladi. Kimdir keladi, kimdir ketadi. Doim bandani emas, yaratganni aytgani bo'ladi. Peshonamizda yozilgan ekan, shuni ko'ramiz. Bo'lib o'tgan ishlar uchun odam afsus qilib yurmasligi kerak. Har qanday sharoitda ham u oldinga qarab intilishi lozim.
- Neftchidan Sarkisyan va siz ketganingizdan keyin faqat yutqazyapti. Borgan sari jamoa kuchsiz, autsayder klubga o'xshab qolyapti. Sizga ham bilinyaptimi?
- Ha, bilinyapti. Lekin yangi kelgan odam hammasini birdaniga o'zgartirib yuborishi qiyin. Ochig'ini aytsam, Neftchini chetdan kuzatib unga achinyapman. Farg'onada shuncha yil umrim o'tdi. Tabiyiki, ularga befarq bo'la olmayman. Jamoada kim ishlamasin tezroq chuqurlikdan olib chiqib ketishini tilayapman.
- Muxlislar hali ham o'tgan yilgi to'purarligingizni eslab yuribdilar. Neftchida bir necha bor qiyin vaziyatlarda gol urib jamoaga hissa qo'shdingiz. Bunyodkorda esa hujumchilarga engillik tomoni shundaki, ularga golli imkoniyatlar yaxshiroq yaratib beriladi. Demak, yangi jamoangizda imkoniyatingiz yanada oshishini taxmin qilsa bo'ladi.
- O'ylaymanki, Bunyodkorda to'p surish oson bo'lmaydi. Neftchi uzoq yildan beri deyarli bitta tarkib o'ynayapti. Xattoki, bazi futbolchilar bilan 10-12 yildan beri to'p surib keldik. SHuning uchun maydonda ular bilan ko'zimizga qarab tushunardik. O'tgan yili to'purarlikka erishganim birgina meni emas, butun jamoaning mehnati bo'ldi. Bunyodkorga kelib moslashish kerak va o'yin ham biroz boshqacharoq. To'g'ri aytdingiz, bu erda gol urish uchun imkoniyatlar ko'proq bo'ladi. Har qanday haolatda ham harakat qilaman. Boya aytganimdek, barchasi futbolchining o'ziga bog'liq.
SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.

Fikrlar